Quduqdagi suyuqlikning dinamik sathi – bu quduq ishlayotgan paytdagi barqarorlashgan suyuqlik sathidir.
Qatlamni o‘rtacha bosimi qatlamning holati, undan neft va gazni olish imkoniyati, hamda geologik-texnologik tadbirlarni o‘tkazishdagi samaradorlik, hamda uyumni tejamkor ishlatishga ko‘maklashuvchi imkoniyatlar hakida ma’lumot beradi.
O‘rtacha qatlam bosimi Po‘r alohida quduqlardagi statik bosimni o‘lchash bo‘yicha aniqlanadi. Uyum bo‘yicha o‘rtacha muallaq qatlam bosimi quyidagicha formula yordamida aniqlanadi:
(3.16)
bu yerda: – i- ta quduqqa to‘g‘ri keluvchi maydon;
- i- ta quduqning statik bosimi;
n- quduqlar soni.
O‘rta muallaq hajm bo‘yicha qatlam bosimida faqat maydon hisobga olinmasdan, har bir quduqga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha qatlam qalinligi ham hisobga olinadi va quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
(3.17)
O‘rtacha qatlam bosimi izobar haritasi bo‘yicha aniqlanadi.
Boshlang‘ich qatlam bosimi – bir gurux qidiruv quduqlarini sinov ishlatish davrida aniqlangan o‘rtacha qatlam bosimi.
Uyumlar ishlatish jarayonida qatlamga ta’sir etuvchi ishchi agentlarni haydash kuchaytirilganda yoki chegaralanganda qatlam bosimi o‘zgaradi. Shuning uchun konni ishlatish vaqtida aniq holatiga baho berish uchun o‘rtacha qatlam bosimi aniqlanadi va vaqt bo‘yicha bosimni o‘zgarish grafigi quriladi. Aniqlanib boriladigan bosim qatlam joriy bosimi deyiladi.
Bundan tashqari yuqorida sanab o‘tilgan bosimlardan boshqa uyumlarni ishlatish davrida haydash tizimidagi bosim va qatlamdan suyuqlik olish tizimidagi bosimlar tushunchasi kiritiladi.
Neft konlarini ishlatish jarayonida qatlam bosimi holati to‘g‘risida tizimli nazorat olib boriladi, natijalar bo‘yicha qatlam bosimi holati muhokama qilinadi, zaruriy hollarda qatlamga haydaladigan ta’sir etuvchi agentlar hajmini kuchaytirish yoki kamaytirish bo‘yicha tuzatishlar kiritiladi hamda kon alohida uchastkasi yoki butun kon bo‘yicha ishlatish jarayonini boshqarish uchun boshqa choralar qo‘llaniladi. Quduqlardagi qatlam bosimi qirg‘ich simda quduq tushirilgan chuqurlik manometrlari yordamida o‘lchanadi.
Yer usti yuzasidagi harorat har xil bo‘lib, katta qiymat chegarasida o‘zgaradi. U quyosh nurlarining yoritishiga bog‘liq. Yer yuzasida harorat tebranishi uncha katta bo‘lmagan chuqurlikda haroratning o‘zgarishiga olib keladi. Kunlik haroratning tebranishi bir metr chuqurlikda so‘nadi, yillik esa taxminan 15 metr chuqurlikda so‘nadi. Bunday sath neytral qatlam deb ataladi, undan pastdagi qatlamlarda harorat yerning chuqurligidan keluvchi issiqlik oqimi ta’sirida doimiy va bir tekisda o‘sadi. Yer qobig‘ining yuzasida haroratni ajratish chegarasi quyoshdan keladigan va maydonning ichki issiqligiga bog‘liq bo‘lib, qatlam doimiy musbat yoki manfiy haroratli hisoblanadi. Pastki qatlamlarda doimiy manfiy haroratlar ko‘p yillik muzli tog‘ jinslarida joylashadi. Pastki qatlamlarda chuqurlik o‘sishi bilan musbat harorat oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |