maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


/ 1.1 - rasm. Yerning ichki tuzilishi (a) va yer qobig‘ining (b) sxemasi



Download 169,43 Kb.
bet78/120
Sana31.05.2022
Hajmi169,43 Kb.
#623883
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Bog'liq
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

/
1.1 - rasm. Yerning ichki tuzilishi (a) va yer qobig‘ining (b) sxemasi.
Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra yer qobig‘ining qalinligi 5-10 km dan 70 km gacha yetadi. Yer qobig‘ining pastki qismida mantiya joylashgan. Mantiya qalinligi 2900 km ga yaqin va u o‘z navbatida yuqori mantiya (yer sirtidan 40-200 km chuqurlikda), oraliq yoki o‘rta mantiya (yer sirtidan 200-1000 km chuqurlikda) va quyi mantiya (yer sirtidan 1000-2900 km chuqurlikda)lardan tarkib topgan. Mantiyadan keyingi chuqurlikda radiusi 3400 km ga yaqin bo‘lgan yadro joylashgan, yadro ichida radiusi taxminan 1260 km atrofida bo‘lgan yadrocha, yoki yerning ichki yadrosi joylashgan.
Yer qobig‘ining yuza sohasi quruqlik tog‘ jinslarining suv bilan yuvilishi natijasida hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslardan iborat. Bu soha cho‘kindi qatlam deyiladi. Bu qatlamning qalinligi materiklarda 35 km gacha yetadi va okeanlarda esa 8 – 2 km gacha kamayadi.
Granitlar – yer qa’rida yonuvchan suyuq magmaning kristallanishidan hosil bo‘ladi, metamorfik hosilotlar har xil jinslarni katta chuqurlikdagi yuqori harorat va bosim ta’sirida o‘zgarishidan yuzaga keladi. Uning qalinligi materiklarning ayrim joylarida 35 km dan ortiq, okeanlarda esa mutloqo mavjud emas.
Bazaltlar – vulqon otqindilarining mahsulotlari bo‘lib, lavaning qotishi natijasida hosil bo‘ladi. Bazalt qatlamining qalinligi materiklarda 40 km gacha yetadi. Okeanlarda cho‘kindi qatlamning ostidan 5 km dan oshmaydigan qalinlikda yotadi.
Litosferadan pastda 900 km gacha chuqurlikda yuqori mantiya, 2900 km gacha chuqurlikda quyi mantiya joylashgan. Undan quyida 6371 km gacha yerning tashqi va ichki yadrosi joylashgan.

Yer qobig‘ining bosimi va harorati

Qatlam sharoitida neft, gaz va suv doimiy ravishda bosim ostida bo‘ladi. Bu bosim qatlam bosimi deb ataladi. Qatlam energiyasining zahirasi, qatlam sharoitidagi neft va gazning hossalari qatlam bosimiga bog‘liq bo‘lib, bu bosimning kattaligi mahsuldor qatlamning joylashish chuqurligi va uning ustki qismidagi tog‘ jinslari tarkibi, tektonik kuchlar, harorat va shu uyumda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar mexanizmlari kabi omillarga bog‘liq.
Uyumda joylashgan neft va gazga tog‘ bosimi tog‘ jinslarining meneral tarkiblari orqali o‘zatiladi. Suyuqlik va gazlarni o‘tkazmaydigan bekituvchi tog‘ jinslari qatlamda anomal tog‘ bosimini hosil qiladi va bu bosim miqdori bo‘yicha gidrostatik bosimdan yuqori bo‘ladi. Gidrostatik bosim tektonik kuchlarga nisbatan taqqoslanganda, qatlam bosimining ko‘tarilishiga yoki pasayishiga olib kelishi mumkin.
Qatlam sharoitidagi harorat ta’sirida tarkibi neft va gazdan iborat bo‘lgan murakkab uglevodorodlarning parchalanishi natijasida juda ko‘p turdagi oddiy uglevodorodli molekulalar paydo bo‘ladi. Natijada suyuqlik va gazlarning hajmi kengayadi va bunga mos ravishda qatlam bosimi ham oshadi.
Haroratning o‘zgarishi turli tarkibdagi uglevodorodlarning o‘zaro kimyoviy reaksiyalarini sodir etadi va bu reaksiyalar natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar qatlamning sementlanishiga va tog‘ jinslari g‘ovakligi o‘lchamlarining kichrayishiga olib keladi. Bunga mos ravishda ajratilgan qatlamda bosimning o‘z-o‘zidan ko‘tarilishi yuzaga keladi.
Qatlamdagi suyuqlik va gazlarning zichliklari ma’lum bo‘lsa, qatlam bosimining qiymatini hisoblash yo‘li bilan aniqlash mumkin. Agar quduq suyuqlik bilan to‘ldirilgan va hech qayerga oqib ketmasa, unda qatlam bosimi gidrostatik bosim kabi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Download 169,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish