3.Optimallashtirish masalalarini yechish usullari.
Kimyo texnologiyasining ko‘p ob’ektlarida optimallashtirish masalalarini yechishga to‘g‘ri keladi. Optimallik kriteriysining ko‘rinishi optimallashtirilayotgan ob’ekt xususiyatlariga va ishlab chiqarishag qo‘yilayotgan u yoki bu talablarga qarab, har xil bo‘lishi mumkin. Bu masalalarni yechish turli xil optimallashtirish usullaoini qo‘llashni talab qiladi. qaysi usulni tanlash, optimizatsiya masalasini qo‘yilishiga va optimallashtirishda ishlatilayotgan matematik model ko‘rinishiga bog‘liq. Optimallashtirish masalalarini yechishda asosan quyidagi usullar ishlatiladi:
Funksiyani klassik tahlil qilish bilan o‘rganish usuli;
Lagranj usuli;
Variatsion hisoblash usuli;
Dinamik dasturlash usuli;
Maksimum prinsipi;
Chiziqli dasturlash usuli:
Chiziqsiz dasturlash usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |