3. O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
2017 yilda aholi bandligi dasturi qabul qilingan bo‘lib, Dastur parametrlari keyingi yilga belgilangan makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari, budjet, soliq va investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.
Dasturga muvofiq kelgusi yilda 389,3 ming nafar fuqaroning yangidan tashkil etiladigan barqaror ish o‘rinlarida bandligi ta’minlanadi.2
Bunda investitsiya, mahalliylashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hisobiga - 345 308 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Shundan:
sanoatda 10102 ta loyihada 131,1 mingta yaratilishi belgilanmoqda.
Jizzax shahridagi “Yelegans Teks” qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 25 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan ip-kalava hamda mato ishlab chiqarish loyihasida 1000 ta, “Guandong Bohua Keramiks” xorijiy korxonasi tomonidan 40 mln. AQSh dollarga teng bo‘lgan keramik plitalar va keromagranit ishlab chiqarish loyihasida 800 ta;
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Shangfeng Bridj of frendship” qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 26,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sement ishlab chiqarish loyihasida 400 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishda 16 814 ta loyihada 69, 5 mingtani tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida 10 058 ta loyihada 55,8 mingta, bunda asosan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni maqbullashtirish orqali chorvachilikda 2992ta loyihada 18550ta, parrandachilikda 792ta loyihada 4756ta, bog‘dorchilik, yangi turdagi ko‘chatchilikda 1126ta loyihada 7174ta, baliqchilikda 821ta loyihada 3079 ta,uzumchilikda 891ta loyihada 4366ta, intensiv bog‘lar, issiqxonalar, muzlatgichlarni tashkil etish bo‘yicha 1 249 ta loyiha hisobiga 7 480 tani tashkil etadi.
Qurilish va infratuzilma loyihalarida 88,9 mingta;
Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish va ijaraga berish hisobiga 44,0 mingta yaratilishi belgilangan.
Ayni paytda, 2017 yilgi asosiy vazifalarimiz sifatida:3
bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalanish;
bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish, 2017 yilda 24 mingdan ortiq bitiruvchiga 350 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyul PF-4232-sonli «Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni, «2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qaroriga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, ish bilan band xodimlarning o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan ko‘pi bilan 20 foiz oshirilgan hollarda, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar ularda saqlanib qoladi.
2017 yil 7 fevral kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmonidagi to‘rtinchi “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish-lari”ning 4.1-bandiga ko‘ra “Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish” bo‘lib, unda:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;
yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq to‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tauyorlash, qayta tauyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish hal qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor masalalar sifatida qaralgan.
Shuningdek, ushbu farmonning 4.4-bandida esa “kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tauyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish” masalasiga alohida e’tibor berilgan.4
Do'stlaringiz bilan baham: |