Hududiy ishsizlik muauyan hududdagi tarixiy, demogra-fik, madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator
omillar ta’siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band bo‘lmaslik xos. Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxonaegalari o‘z ishchilarini birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning ma’lum qismi rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy natijalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilish natijasida ham paydo bo‘ladi.
2. Ishsizlik darajasini aniqlash
Turg‘un ishsizlik mehnatga layoqatli ishchilarning ish joyini yo‘qotgan, ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismini qamrab oladi.
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi. Iqtisodchilar friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishini tabiiy deb hisoblaydilar, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi. Siklik ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko‘rsatadi. To‘la bandlik yoki ishsizlikning tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo‘sh ishchi o‘rinlari soniga teng kelganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friksion» ishsizlarga mos keluvchi ish o‘rinlarini topish, «tarkibiy ishsizlarga» ham yangi kasbni o‘zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.
«Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi. Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko`rincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindoshlik ishlarida band bo‘lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o‘z-o‘zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o‘zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o‘zgarishlar) oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQShda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asrning 60-yillari o‘rtalarida 4,5% deb belgilangan bo‘lsa, 70-yillarning boshiga kelib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gachao‘sdi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyingi davrda Ispaniyada 2012 yil ohiriga kelib ishsizlik darajasi 24,44% gacha o‘sdi, ishsizlarning umumiy soni 5,6 mln kishiga yetib bordi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |