8
darajasini ko`rsatadi. Olim faoliyatining e`tirof etilishi unga ilmiy daraja va
unvonlar berilishi bilan bog’liq. Fanda eng nufuzli
mukofot Nobel mukofoti
hisoblanadi.
Fan va texnika taraqqiyoti davrida fanning o`rni va ahamiyati tinimsiz o`sib
bordi. Natijada uni ichki differentsiatsiyalashning yangi shkalasiga ehtiyoj tug’ildi.
Katta fanda ayrim olimlar evristik izlanish faoliyatiga– yangi g’oyalarni ilgari
surishga, ayrim olimlar analitik va eksplikatsion faoliyatga– mavjud g’oyalarni
asoslashga, ba`zi olimlar– ularni tekshirishga, yana bir toifa olimlar esa– olingan
ilmiy bilimni amalga tatbiq etishga ko`proq moyil ekanligi ayon bo`lib qoldi.
Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko`ra, fan bilan aholining faqat 6-8%
shug’ullanishga qodir. Ba`zan tadqiqotchilik faoliyati va oliy ta`limni qo`shib olib
borish fanning asosiy va empirik jihatdan aniq belgisi hisoblanadi.
Bu fan kasbiy
faoliyatga aylanib borayotgan sharoitda juda o`rinlidir. Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati
zarur va barqaror ijtimoiy-madaniy an`ana sifatida e`tirof etiladi. Bu faoliyatsiz
jamiyat normal mavjud bo`lishi va rivojlanishi mumkin emas. Fan har qanday
ma`rifatli davlat faoliyatining ustuvor yo`nalishlaridan birini tashkil etadi.
Fanning bunyodkor kuch funktsiyasi
jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlarini
qondirish uchun o`z imkoniyatlarini bevosita ro`yobga chiqaradi. Bunda u odamlar
xo`jalik-madaniy rivojlanishining muhim omili sifatida amal qiladi. XVIII–XIX
asrlardagi sanoat to`ntarishi natijasida yuzaga kelgan yirik mashinali ishlab
chiqarish fanning bevosita bunyodkor kuchga aylanishi uchun moddiy negiz bo`lib
xizmat qildi. Har bir yangi kashfiyot ixtiro uchun asosga aylanadi.
Ishlab
chiqarishning rang-barang tarmoqlari fanning turli tarmoqlari ma`lumotlarining
bevosita texnologik qo`llanilishi sifatida rivojlana boshlamoqda. Bu tarmoqlarga
tijorat keng kirib kelmoqda. Boshqa erkin kasblardan farqli o`laroq, fan bir
lahzada iqtisodiy foyda keltirmaydi va bevosita naf ko`rish bilan to`g’ridan-to`g’ri
bog’liq emas, shu sababli tirikchilik uchun mablag’lar topish muammosi olim uchun
har doim juda muhim bo`lgan. Hozirgi zamon fanining rivojlanishiga ko`p miqdorda
mablag’lar kiritish va bunda ular o`zini tez oqlashiga umid qilmaslik talab etiladi.
9
Fanning siyosat vositasidagi funktsiyasi jamiyatning mafkuraviy
ehtiyojlariga javob berishda amal qiladi. Rasmiy fan jamiyatning
asosiy mafkuraviy
mo`ljallarini qo`llab-quvvatlash, mavjud hokimiyat va mafkura o`zining imtiyozli
mavqeini saqlashiga yordam beruvchi intellektual dalillar va amaliy vositalar
taqdim etishga doimo majburdir. Bu jihatdan fan mafkuradan«ruhlanishi», uni o`zida
mujassamlashtirishi lozim. T.Kun ta`biri bilan aytganda, «olimlar boshqotirmalarni
echishni o`rganadilar va buning orqasida katta mafkura turadi». SHu sababli fanning
betarafligi haqidagi xulosa doimo qizg’in munozaraga sabab bo`ladi.
Fanning ijtimoiy funktsiyasi
fan metodlari va uning ma`lumotlaridan
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning keng ko`lamli
rejalarini tuzish uchun
foydalanilishini nazarda tutadi. Fan o`zini ijtimoiy kuch funktsiyasida
davrimizning olamshumul muammolarini(tabiiy resurslarning kamayishi,
atmosferaning ifloslanishi, ekologik xavf miqyosini aniqlash) hal qilish chog’ida
namoyon etadi. O`zining bu funktsiyasida fan ijtimoiy boshqaruv bilan bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: