3.2.Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari
Fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat
XVII–XVIII asrlarda to`la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni
aytish mumkinki, bu I.N’yuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta`riflab,
shu tariqa tabiatshunoslikning bo`limi– asoslari asrlar mobaynida shakllangan,
bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley
tomonidan ta`riflangan klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan
keyin yuz berdi.
1.
Miloddan avvalgi III-I ming yillikdan XVI asrgacha bo`lgan davr ilk fan
davridir.
Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hayot tajribasi
va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda
umumiy va mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega
bo`lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela
boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida
10
shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni echishda
foydala-niladigan ma`lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan falsafada
tegishli bo`limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim
fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqqan. Jumladan,
Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya,
geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin.
Qadimgi Gretsiya fani tabiat, jamiyat va tafakkur qonuniyatlarining ilk
tavsiflarini berdi. Qadimgi Gretsiyada tarixan birinchi naturfalsafa maktabi miloddan
avvalgi VII-VI asrlar oralig’ida Miletda - greklarning Kichik Osiyodagi yirik
koloniyasida vujudga keldi. Fales (mil.av. VII asrning oxiri - VI asrning birinchi
yarmi), Anaksimen (mil.av. 528-524 yillar atrofida vafot etgan), Anaksimandr
(taxminan mil.av. 610 yilda tug’ilgan) Milet maktabining vakillari edi.
Fales o`z ijodida amaliy ko`nikmalarni tabiatni chuqur o`rganish bilan
birlashtirdi. U savdogar va sayohatchi bo`lib, SHarq mamlakatlarining bilimlar tizimi
bilan yaxshi tanish edi. Fales barcha mavjudotlar qandaydir birlamchi namlikdan yoki
suvdan bino bo`lgan deb faraz qilar edi. Falesning qarashlari - sodda materializmdir.
Antik dunyoqarashda mil.av. V asrgacha sodda materializm etakchilik qildi.
Platon (mil.av. 427-347 asrlar) o`z dunyoni tushunishini materializmga qarshi qo`ydi.
Buning asoslarini ustozi Suqrotdan olgan edi. Platonga ko`ra, hissiy narsalar olami
chinakam borliq olami emas: hissiy narsalar tinimsiz vujudga keladi va halok bo`ladi,
harakatlanadi va o`zgaradi, ularda mustahkam va haqiqiy hech narsa yo`q. Aql bilan
idrok etiladigan tanasiz sezgisiz shakllar - narsalarning asl mohiyati, ularning
sabablaridir. Bu sabablarni Platon turlar («eydoslar») deb atadi. eydoslar deganda
hissiy narsalarning sabablari va namunalari, hissiy idrok etiladigan olamdagi
mavjudotlar intiladigan maqsadlar, narsalarning umumiy asosi haqidagi tushunchalar,
g’oyalar tushuniladi.
Platonning bilish nazariyasi juda qiziqarlidir. Uning fikricha, bilim eslatish
demakdir: o`lmas ruh tana qobig’iga kirib joylashgunga qadar chinakam borliqni
kuzatadi, ammo tana qobig’iga kirib joylashganidan so`ng bilgan hamma narsasini
11
unutadi, shundan keyingi bilish ilgari bilingan, ammo unutilgan narsalarni eslash
demakdir.
Platonning fikricha, kundalik tasavvurlarda yoki qarashlarda zohir
ziddiyatlarni aniqlash orqali ijodiy fikrlash san`ati «dialektika» san`atidir.
Antik davrning buyuk mutafakkiri Aristotel (mil.av. 384-322 yillar) o`z ustozi
Platonning qarashlari va ta`limotlarini ijodiy rivojlantirdi. Inson ijodini yangi bilim
olish sharti sifatida o`rgangan Aristotel’ fikrlash, xulosa chiqarishning to`g’ri,
haqqoniy metodlari va usullari haqidagi fan - mantiq haqida ta`limot yaratdi.
Mantiqni Aristotel’ «organon» - haqqoniy bilimning universal quroli deb atadi.
Aristotelning falsafiy tizimi uning o`zi va shogirdlari tomonidan amalga
oshirilgan tabiiy ilmiy va ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlar bilan uzviy aloqada shakllandi.
Aristotelning qiziqishlari doirasiga mantiq, psixologiya, bilish nazariyasi, ontologiya,
kosmologiya, fizika, zoologiya, siyosat, etika, iqtisod, pedagogika, estetika, ritorika
masalalari kiradi.
Aristotelning fikricha, har bir real narsa qotib qolgan, passiv, o`ziga nisbatan
befarq materiya bilan faol, harakatchan, tirik shaklning birligi demakdir. Shakl,
ijodiy, faol negiz sifatida, qotib qolgan, inert materiyaga ta`sir ko`rsatadi, uni
shakllantiradi, rasmiylashtiradi, materiyaga tegishli tus beradi, eng yuksak shakl yoki
shakllar shakli, borliqning etakchisi esa - Xudodir. Shuning uchun ham Aristotelning
falsafasi ob`ektiv idealizmdir. Aristotelning fikricha, insonni qurshagan olam uning
bilish, o`rganish, tadqiq qilish ob`ektidir.
Miloddan avvalgi III–II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik mexanika,
gidrostatika, geometrik optika (xususan, ko`zgular haqidagi alohida fan– «ka-
toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy (783-850) matematika, al-
Farg’oniy (797-865) astranomiya va matematika, al-Beruniy (973-1048) matematika,
mineralogiya va geografiya, ibn Sino (980-1037) tibbiyot, Mirzo Ulug’bek (1394-
1449)
astranomiya, matemaika, Alisher Navoiy (1441-1501) adabiyot ilmi rivojiga
munosib hissa qo`shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini
yo`qotgani yo`q.
12
Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma`lumotlari
umumlashtiriladi-yu, lekin eksperimental metodlar hali qo`llanilmaydi, aksariyat
nazariy qoidalar esa asossiz va tekshirib bo`lmaydigan spekulyatsiyalar mahsuli
hisoblanadi. Ammo ko`rib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr
mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan. Shu narsa
diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton o`zining fizika asoslarini
yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan asarini e`lon
qilgan. Shunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud
bo`lmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy bilim-larning boshqa manbai– hayot
amaliyoti va hunarmandchilik san`ati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada
rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda «Platon akademiyasi» ( 2013 yilda
Platon akademiyasiga 2400 yil to`lishi bilan XXIII Jahon Falsafa Kongressi
Gretsiyaning Afina shahrida o`tkazildi), Markaziy Osiyoda «Ma`mun akademiyasi»
tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan yutuqlarga erishilgan bo`lsada,
madaniyatning alohida shakli sifatida fan paydo bo`lishidan oldingi«embrional»
davri hisoblanadi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |