ma’ruza: G’arb alkimyosi Ajratilgan vaqt – soat O`quv mashg`ulоtining maqsadi



Download 31,52 Kb.
bet2/6
Sana13.08.2021
Hajmi31,52 Kb.
#146638
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-МАЪРУЗА 121120131711

YEvropada o’yg’onish
1096- yilda birinchi salb yurishi boshlandi: xristianlar musulmonlardan ular bosib olgan yerlarni qayta zabt qila boshladilar. 1099- yilda xristianlar Iyerusalim (Quddusi sharif) ni ishg’ol qildilar. Deyarli ikki yuz yil davomida Suriya bo’ylarida yashagan bir hovuch xristianlar Yevropa mamlakatlariga arab fanining yutuq va yangiliklnrini olib kela boshladi­lar. Madaniyatning biroz kuchayishi sodir bo’ldi va Evropaga qaytgan bir nechta xristianlar, evropaliklarni arab fanlarining yutuqlari bilan tanishtirdi. Shu vaqtning o’zida, arablar tomonidan VIII arsning boshlarida bosib olingan Ispaniyani, xristianlar o’zlariga asta-sekin qaytarib olishdi. Asta-sekin VIII asrda arablar bosib olgan Ispaniya yerlari xristianlar qo’liga o’ta boshladi. Shu janglar paytida xristianlarning YEvropasi ajoyib Mavritaniyaning sivilizatsiyasi haqida bilib olishdi. YEvropaliklar, arablar o’zlari tomonidan tarjima qilingan grek olimlari, masalan, Aristotel va o’zlarining olimlari, masalan, Ibn-Sinoning ilmiy asarlari kabi bebaho asarlar sohiblari ekanliklarini bilib qolishdi. Yevropaliklar arablarning boy kutubxonasi borligini va unda barcha yunon faylasuf va olimlari asarlarining tarjimasi, ularga yozilgan sharhlar va Sharq allomalarining asarlari saqlanayotganligini bilishdi.

O’zining ashaddiy dushmaniga bunchalik qimmatli asarlarni berishni hohlamagan arablarning qarshiligiga qaramasdan, bu asarlarni tortib olishdi va lotin tiliga tarjima qilishga urina boshlashdi. Bu ishlarga fransuz olimi Gerbert (940-1003 yy.) boshchilik qildi, unga cherkov 999- yildan boshlab papa Silvestr II degan ruhoniy nomini berdi.

Chesterlik ingliz olimi Robert 1144-yilda, keyinchalik italiyalik olim Gerard Kremonskiy (1114-1187- yy.) arab ilmiy adabiyotlarini lotin tiliga tarjima qilishni boshladi. U arab tilidan 92 traktatlarni tarjima qildi. Yevro­pa olimlari orasidan birinchi alkimyogar ko’proq Albertus Magnus (Buyuk Albert) nomi bilan mashhur bo’lgan Albert Bolshtedskiy (1193-1280-yy.) arab olimlari va Aristotel ishlarini qaytadan o’rganib chiqdi, alkimyoviy tajribalarning izohlarida mishyakni shunchalar aniq tavsifladiki, ba’zan olimlar bu element ochilishini shu olim nomi bilan bog’laydilar, holbuki mishyak to’g’risida arab alkimyogarlari ancha axborot to’plashgan va uning birikmalarini ham bilishar edi.

Ingliz rohibi va olimi Rodjer Bekon (1214-1294-yy.) o’zining “Alkimyo ko’zgusi” kitobida barcha murakkab tarkibli metallar va boshqa minerallar simob va oltingugurt birikmalaridan hosil bo’lgan deb yozgan edi. U ilmiy ishlar qilish va uni rivojlantirish uchun dastlab amaliy ishlarni yo’lga qo’yish va bajarilgan eksperimentlarning natijalarini hisoblash va tushuntirishda matematik usullarni qo’llash lozim deb hisoblaydi. Bekon butun bilimlar ensiklopediyasini yaratishga urindi va birinchi bo’lib poroxni tavsiflab berdi, lekin poroxni kashf qilmagan. Porox yaratilishi bilan qal’a va qasrlarni zabt qilish osonlashdi va piyoda askarlar mustahkam zirhli sovut kiygan otliqlardan ko’ra xavfliroq bo’lib qoldi. Villanovalik ispan vrachi Arnold (1240-1311-yy.) va Raymund Lulliy (1235-1313-yy.) larning asarlari asosan metallar transmutatsiyasiga bag’ishlangan. Hatto Lulliy inglizlarning serxarajat qiroli Eduard II uchun oltin tayyorlab bergan.

Ammo olimlar ularning faoliyatiga bilan qarashgan va ishonishmagan. XIV asr alkimyogarlaridan eng sermahsul ishlagan olim o’z nomini yashirgan va asarlariga Jobir deb imzo chekkan. Psevdo-Jobir bugungi kimyoning eng zarur birikmalaridan bo’lgan sulfat kislotasini, undan keyin nitrat kislotasini tavsiflagan, minerallardan olish yo’lini isbotlagan. Ilgari arab va yunon alkimyogarlari eng kuchli kislota deb sirka kislotani hisoblashgan va uni hayvonot dunyosi yoki o’simliklardan olishar edi. Ma’danlardan temir olish kashf etilgach, eng muhim yutuqlardan biri kuchli ma’dan (mineral) kislotalarining olinishi bo’ldi. Endi alkimyogarlar juda ko’p reaksiyalarni amalga oshirdilar, ilgari yunon va arab olimlari kuchli erituvchilarida erita olmagan birikma va qotishmalar uchun o’z erituvchilarini topdilar.

Alkimyogarlar orasida aldamchilik, tovlamachilik, kosibchilik yanada avj ola boshladi. Oltin olish shunchalar inson ongini og’uladiki, zamonaning yetuk allomalari ham shu yo’lga kirib ketdilar (hatto XVII asr namoyandalari Boyl va Nyuton ham). Tovlamachilikka yo’l qo’ymaslik va arzon oltin olish yo’lini to’sish maqsadida Diokletian davridagidek alkimyogarlik ta’qiqlandi va bu soha vakillari quvg’inga uchradi. Bundan haqiqiy fan fidoyilari ham jabr ko’rishdi va ular o’zlarining ishlarini yashirishga yoki undan voz kechishga majbur bo’ldilar.

Ko’p yillik tajribalar natijasida kimyo sohasidagi keyingi tadqiqotlarning “moddiy-texnik bazasi” yaratildi. XI-XII asrda etil spirtini haydash usuli bilan olina boshlandi, XIII asrda etil spirti asosan tibbiyotda ishlatilar edi. Uni “barcha dori-darmonlarning onasi, malikasi” deb hisoblashardi. Bundan tashqari XIII asrda temir kuporosi bi­lan oltingugurt yoki selitrani qizdirib sulfat kislotasi olindi. XV as­rda oltinni tozalash uchun ko’p miqdorda nitrat kislotasi uchun ehtiyoj tufayli dastlab 1270-yili Bonaventur “zar suvi” yoki “podshoh arogi”ni nitrat kislotasi bilan novshadil spirti eritmasining o’zaro aralashmasidan olish mumkinligini isbotlab berdi. Bu o’sha davrning eng muhim kashfiyoti - oltinni zar suvida eritish mumkinligini ochib berdi.

XVI asr oxirlariga kelib eritma tayyorlash, cho’ktirish, haydash, bug’lantirish, sublimatlash, kalsinatsiyalash (kuydirish), qayta kristallash, ekstraksiyalash kabi ishlar to’la o’rganildi. o’sha paytdagi barcha kimyoviy jarayonlarni nemis kimyogari va vrachi Andrey Libaviy (1560-1616-yy.) 1597- yilda yozgan “Alkimyogar” kitobida yig’ib tushuntiradi. Kislotalarning kashf etilishi ko’p minerallar tarkibini o’rganib, rudalardan turli kimyoviy reaksiyalar yordamida sof metallarga ajratish imkonini yaratdi. Kislota va ishqorlar tuzlar olish uchun xom ashyo bo’lib qoldi. Bu paytda ishqorylar uchuvchan (ammiak, ammoniy karbonat) va og’ir ishqorlar (soda, potash) ga ajratildi.

Yevropaliklar boshqa fanlar sohasida ham o’zlarining afzalliklarini isbotlashga urinishardi. "Buyuk kashfiyotlar" asrida nemis tadqiqotchisi Iogann Gutenberg (1397-1468-yy.) kitob chop qilish stanogini birinchi bo’lib yaratdi. Endi tarixda birinchi marta kerakli miqdorda arzon kitob chiqarish imkoniyati yaratildi. Dastavval Lukretsiyning poemasi bosib chiqarildi. 1543-yil boshlarida polyak astronomi Nikolay Kopernik (1473-1543- yy.) koinot markazi qadimgi astronomlar ta’kidlaganidek yer emas, balki quyosh deb e’tirof etgan va planetalarning geliosentrik tuzilishini isbotlab bergan kitobi va flamandiyalik tabib Andrey Vezaliy (1514-1564-yy.) odam anatomiyasini juda mohirlik bilan tushuntirgan va bu haqidagi qadimiy yunonliklar tushunchalarini o’zgartirib yuborgan kitoblar chop etildi. Frensis Bekon (1561-1626-yy.) 1620- yilda yozgan “Yangi organon” asarida “Alkimyogarlar va sehrgarlarning ishi hech qanday kashfiyot bo’lishi mumkin emas, u faqat kulgi va ko’z yoshiga arziydi”,- deb ularning ishlarini tanqid qiladi.

Yevropada olimlar o’zlarining kashfiyotlari va yaratgan yangiliklari uchun cherkov va uning inkvizisiyasi tomonidan qanday “mukofotlanganliklarini” haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud. O’rta asrlarda birgina Ispaniyaniyaning o’zida 30000 ko’proq kishi ilm-fan, taraqqiyot yo’lida qilgan xizmatlari, kashfiyotlari va hur fikrlari uchun o’tda kuydirilgan. 290000 kishi turli qiynoq, qamoq va surgun jazolariga duchor etilgan. Papa Adrian VI ning o’zigina besh yil ichida 1620 kishini tiriklayin o’tga tashlagan. XVI asrda yashagan alkimyo, fiziologiya, tibbiyot bilan shug’ullangan, fanga gaz tushunchasini kiritgan, gollandiyalik tabiatshunos Yan Baptist van Gelmont (1579-1644-yy.) ham ruhoniylar va hukmronlar tomonidan uzoq vaqt zindon qiynog’iga mahkum etildi.

Alkimyo davrining salbiy tomonlari bilan bir qatorda uning ijobiy tomonlari ham bo’ldi. Alkimyoga qiziqish XVI asr oxirlariga kelib susaydi. Alkimyogarlar o’z maqsadlariga erisha olmasalar ham yangi kimyoga qator moddalar, laboratoriya jarayonlari (moddani tozalash usullari -- filtrlash, bug’latish, sublimatsiya, haydash, qayta kristallash, cho’g’lantirish, eritish, aralashmalarni ajratish; bir erituvchidan boshqa erituvchiga o’tkazish kabi amaliy usullar topildi; nitrat, xlorid, sulfat, fosfat kislotalar va boshqa moddalar, idish va asboblarni meros qilib qoldirdilar, hatto, chinni ham kashf etildi.

Butun alkimyo davrida ilmiy xulosa qilinmadi. Metallurgiya, bo’yoqchilik va farmatsiya sohasidagi kashfiyotlar hunarmandlarga tegishlidir. Alkimyoning eng katta yutuqlari qatoriga 1669-yilda gamburglik savdogar X.Brandtning fosforni tasodifan kashf etganligini aytish mumkin.



Download 31,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish