Arxeologik tadqiqotlar davomida ilohiyatga oid juda ko’plab manbalar (haykal, terrakota, altarlar), ibodatxonalar topiladiki, bu manbalar asosida insonlarning ibtidoiy diniy qarashlari va dinlari tarixi yoritiladi.
Ilohiy predmetlar asosida (kunlik ijtimoiy hayotda zarur bo’lmagan ashyoviy manbalar) diniy qarashlarning xilma xil turlari o’rganiladi. O’rta Osiyo xalqlari arxeologiyasida bu soha bo’yicha nihoyatda katta manbalar to’plangan. Teshiktosh g’oridan topilgan neondertal bolaning ustiga qizil oxrining sepilishi, qabr ustiga tog’ echkisining shohlarini aylana shaklida qadab chiqilishi, minglab qoya tosh suratlari, eneolit davriga oid ayollarning terrakot haykallari, altarlar, ilohiy kulxonalar shular jumlasiga kiradi. O’rta Osiyo xalqlarining ibtidoiy diniy qarashlari tarixi birorta ham mutaxassis tomonidan jamlanmagan, alohida, monografik tadqiqot ishlari olib borilmagan.
Arxeologiya va Harbiy san’at tarixi
O’rta Osiyo arxeologiyasida ibtidoiy davrlardan boshlab harbiy san’at uchun manbalar mavjud. Bu ibtidoiy tosh qurollari, qoya tosh suratlaridagi qurollarning tasvirlari, madaniy qatlamlardan ko’plab paykon uchlari, nayzalarning topilishi, eneolit davridan boshlab qishloqlarning devorlar bilan o’ralishi, bronza davridan boshlab mudofaa devorlarning paydo bo’lishi, turli xildagi qurollarning topilishi, mudofaa qalqonlari, sovutlarning arxeologik izlanishlar davomida topilishi harbiy san’t tarixi uchun manbadir.
Shaharlarning paydo bo’lishida mudofaa inshootlarining bo’lishi bosh faktor sifatida e’tirof etilgan
Arxeologiya va epigrafika
Epigrafika (yun. epigrahe - bitik) — qattiq jismlar — tosh, metall, sopol va boshqalardagi, asosan, qadimgi va o’rta asrlarga oid yozuvlar (bitiklar)ni to’plash, nashr etish va sharhlash bilann shug’ullanuvchi yordamchi tarix fani. Adabiyotda epigrafik yodgorliklar deb qadimgi bitiklar aytiladi. Uyg’onish davrida, antik va sharq tarixiga umumiy qiziqish kuchayishi munosabati bilan vujudga kelgan. Dastlab epinarfika faqat Italiya, Gretsiya, Shimoliy Afrika va Falastinda topilgan qadimgi
yozuvlarni o’rgangan (q. Paleografiya). Qadimgi turkiy tillarga oid yozma yodgorliklar ham noyob epigrafik yodgorlik sanaladi (q. Urxun-Enisey yoeuvlari).
Tarixiy manbalar orasida epigrafik ma’lumotlar alohida o’rin egallaydi. Ular boshqa manbalarga nisbatan ko’proq informativligi bilan ajralib turadi. Epigrafik ma’lumotlar tarixiy manbashunoslik bilan aloqador tarixiy fan bo’lib, epigrafik ma’lumotlar eng aniq tarixiy manba sifatidagi ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |