Ma’ruza 9. O’ZBEKISTONDA ARXEOLOGIK VA XALQARO ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR O’TKAZISh TARTIBI
O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar o’tkazish tartibi
O’zbekistonda xalqaro arxeologik tadqiqotlar o’tkazish tartibi
TAYaNCh SO’ZLAR VA IBORALAR
Qonun, qoidalar, modda, arxeologik tadqiqotlar,. “Ruxsatnoma” (Otkro’to’y list) va h. k.
O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi “O’zbekistonda tarixiy - arxeologik yodgorliklarni saqlash” bo’yicha qonunning qabul qilinishi. Qonunning moddalari bilan talabalarni tanishtirish. O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar o’tkazish qoidalari. “Ruxsatnoma” (Otkro’to’y list) olish tartibi. Arxeologik tadqiqot o’tkazish tartib va qoidalari.
O’ZBEKISTONDA ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR O’TKAZISh TARTIBI
O’zbekiston hududida joylashgan arxeologik yodgorlikni o’rganish uchun birinchi navbatda ilmiy muassasa O’zbekiston FA Arxeologiya instituti qoshidagi Arxeologik dala qo’mitasiga murojaat qiladi. Arxeologik dala qo’mitasiga xat bilan birga arxeologik tadqiqot o’tkazishning ilmiy asosnomasi ilova qilinadi. Asosnomada arxeologik tadqiqot o’tkazishning maqsadi, qazishma turi, ish ko’lami, otryadning ilmiy tarkibi, finans masalalari, arxeologik tadqiqotning ish boshlash va tugallash vaqti aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Ijobiy xulosa (Ruxsatnoma) olingandan so’ng, professional arxeolog rahbarligida otryad shakllantiriladi. Otryadga arxeologlardan tashqari paleobotanik, paleozoolog, antropolog, numizmat, o’lkashunos kabi mutaxassislarning jalb etilishi maqsadga muofiqdir.
Tadqiqot boshlayotgan ilmiy muassasaning arxeologik sharoiti (instrumentlar bilan taminlanganlik darajasi) quyidagicha bo’lishi kerak: otryad xo’jaligi bo’yicha - arxeologik baza, avtomashina, otryad a’zolarining ovqatlanishi, dam olishi, ishlashi uchun sharoit (stol, stul), arxeologik tadqiqot uchun - nivelir, teodolit, JPS, kompyuter jamlanmasi, fotoapparat, ruletkalar (1m, 2m, 5m, 10m, 50m), kompaslar, millimetrovka qog’ozlari, arxeologik pichoqlar, teshalar, reykalar, qoziqlar, bel, cho’t, chyotkalar, yozuv va chizuv jihozlari va boshqalar.
Arxeologik ekspeditsiya – Bir tarixiy hududda arxeologik ilmiy tadqiqot olib boradigan, bir necha arxeologik otryadlarni o’z tarkibiga birlashtirgan ilmiy jamlanma. Masalan: Qadimgi Xorazm Ekspeditsiyasi. Boshlig’i S.P. Tolstov bo’lgan. Ekspeditsiyaning tarkibida har xil davr yodgorliklarini tadqiq etgan otryadlar bo’lgan.
Hozir ko’p xollarda otryad va ekspeditsiya an’anasiga amal qilinmaydi. Ikkita arxeolog ham bir ekspeditsiya bo’lib ishlashmoqda. Bu ilmiy jihatdan noqulayliklarga olib kelmoqda. Otryadlarning ilmiy
tadqiqotlarini koordinatsiya qilish, mutaxassislarni tahsimlash, ilmiy hisobotlar tayyorlash borasida kamchilliklar sezilmoqda. Masalan, ekspeditsiyada bir nafar antropolog yoki paleozoolog mutaxassisi bo’lsa, uning ish tartibini ekspeditsiya rahbari tasdiqlamasi, qaysi vaqtda qaysi otryadda ishlashini rejalashtirolmasligi mumkin.
Arxeologik tadqiqotlarga “Ruxsatnoma” masalasida ham anglashilmovchilik bo’lmaydi. “Ruxsatnoma” ekspeditsiya rahbari nomiga olinsa tashkiliy ishlar kamaygan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |