Ma’ruza C++ tili sintaksisi va uning leksik asosi. C++ tili dasturining tuzilishi va shakli Reja



Download 335,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana27.01.2023
Hajmi335,51 Kb.
#903607
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma’ruza 1 (1)

1.2. C++ tilidagi sodda programma. 
Quyida C++ tilidagi sodda programma matni keltirilgan.


#include
// sarlavha faylni qo‘shish
using namespace std;
// std nomlar fazosini ishlatish
int main ()
// bosh funksiya tavsifi
{ // blok boshlanishi
cout << “Salom Olam! \n”;
// satrni chop etish
return 0
; // funksiya qaytaradigan qiymat
}
// blok tugashi
Programma bajarilishi natijasida ekranga "Salom Olam!" satri chop etiladi.
Programmaning 1-satrida #include – preprotsessor direktivasi bo‘lib, 
programma kodiga oqimli o‘qish/yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni 
joylashgan «iostream» sarlavha faylini qo‘shadi. Keyingi qatorlarda programmaning 
yagona, asosiy funksiyasi - main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish 
kerakki, C++ programmasida albatta main() funksiyasi bo‘lishi shart va programma 
shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi.
C++ tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. 
Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma 
matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» bo‘ladi. Keyingi bosqichda 
programma matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada 
xatoliklar bo‘lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali ob’ekt modul faylini hosil 
qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig‘uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali 
bajariluvchi fayl programma hosil bo‘ladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning 
nomlari boshlang‘ich matn faylining nomi bilan bir xil bo‘ladi.
Kompilyatsiya jarayonining o‘zi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. 
Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, 
xususan #include direktivasi bo‘yicha ko‘rsatilgan kutubxonalardan C++ tilida 
yozilgan modullarni programma tarkibiga kiritadi. Shundan so‘ng kengaytirilgan 
programma matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator o‘zi ham programma 
bo‘lib, uning uchun kiruvchi ma’lumot bo‘lib, C++ tilida yozilgan programma matni 
hisoblanadi. Kompilyator programma matnini leksema (atomar) elementlarga 
ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u 
matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel 
ajratuvchisiga - probel belgisi (' '), '\t' - tabulyatsiya belgisi, '\n'- keyingi qatorga 
o‘tish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar (kommentariylar) kiradi.

Download 335,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish