Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a’zoalri o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularnnig darajasini o‘lchashda qo‘llanadi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan.
Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumolar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumolar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. SHuning uchun hozir YA.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometrining yosh davri psixologiyasiga moslab o‘zgartirilagan turlari ishlab chiqilgan. Bu shaxslarning bir birini tanlashi motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning YA.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to‘laroq axborot beradi. SHu bilan birga guruhlardagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazar, guruhbozlik, og‘machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg‘uning zo‘riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning motivlari, qurilishi, jinslar o‘rdasidagi muloqotlarning zamini hamda sehri manna shu kalit bilan ochiladi.
Umuman ayganda, sotsiometrii metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlardagi psixologik qonunlarni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin.
So‘rov. So‘rov – tadkikotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita uzaro alokasi davomida birlamchi verbal axborot yigishga yunaltirilgan metod surov anketa yoki intervyu shaklida utkazilishi mumkin. Anketa yordamida surov utkazilganda sinaluvchi yozma savollarga, intervyuda esa ogzaki savollarga javob kaytaradi.
Surov kuyidagi boskichlarga ega buladi:
1. «Epigraf». Bunda sinaluvchining fikrlari muayyan yunalishga solinadi, sinaluvchilar savollarga javob berishga undaladi.
2. «Kursatma». Bunda sinaluvchiga surov jarayonida savollarga kanday javob kaytarish mumkinligini, surov maksadi, uning kim tomonidan utkazilayotgani, undan olingan ma’lumotlar nima maksadda ishlatilishi xakida ma’lumot beriladi.
3. «Surovga moslashish». Bunda sinaluvchi savollarga javob berishga yunaltiriladi, unda uziga nisbatan ishonch xosil kilinadi, u bilan uzaro ishonchga asoslangan munosabat urnatiladi, unda savollarga xar kanday javob kaytarish mumkin, degan taassurot xosil kiladi. Buning uchun surovda dastlab emotsional-neytral, oson, umumiy savollarberiladi.
4. «Makcadga erishish». Bunda zarur bulgan asosiy ma’lumotlar kulga kiritiladi. Bunin g uchun ushbu boskichda tadkikotchi uchun xam, sinaluvchi uchun xam muxim bulgan savollar beriladi.
5. «3urikish bartaraf etish». Bunda surovdagi masalalar va savollar xususida, butun surov jarayoni xakida yigilgan xissiyotlar bartaraf etiladi. Buning uchun surov sungida nisbatan oson, ijobiy emotsional savollar berilishi, masalan, sinaluvchining ijtimoiy demografik xususiyatlari xakidagi savollar berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |