Ma’ruza 6: To’ldiruvchilarning kimyoviy xossalari.
Reja:
6.1. Beton to’ldiruvchilarining tsement ishqori bilan reaktsiyasi 6.2. Aralashmalarning umumiy reaktsiyasi
6.3. Ishqor karbonat bilan reaktsiyasi
Tayanch iboralar: to’ldirgich,shlakli shag’al, donador shlak, beton, chaqiqtosh, quyma shlak, shlakli pemza, shlakli beton, serg’ovak beton, issiqlikka chidamli beton.
6.1. Beton to’ldiruvchilarining tsement ishqori bilan reaktsiyasi
Oxirgi 20 yil ichida to’ldiruvchilar va tsement toshi orasida nurashga olib keluvchi kimyoviy reaktsiyalar aniqlandi. Eng ko’p tarqal-gani bu to’ldiruvchining aktiv kremnizem tashkil etuvchisi va tsement ishqorlari orasidagi reaktsiyalar hisoblanadi. Kremnezemning reaktsiyaga kirishuvchi modifikatsiyalari quyidagilar: opal (amorf), xaltsedon (yopiq kristall, tolali) va tridimit (kristall).
Bu reaktsiyaga kirishuvchi minerallar opal va xaltsedondan iborat
kremniyli slantslarda, kremniyli oxaktoshlarda, riolitlarda, riolitli
tuflarda, datsitlarda va datsitli tuflarda, andezit va andezitli tuflarda va illitlarda keng uchraydi. Bu reaktsiyalar gidrooksid ishqorlari (Na2O va K2O) va to’ldiruvchining kremnezem minerallari orasida boradi. Buning natijasida gelsimon modda hosil bo’ladi, hamda ishqorli metal-larning silikatlaridan tashkil topadi, oqibatda to’ldiruvchilarning haj-mini ortishi kuzatiladi.
Gel shishish xususiyatiga ega bo’ladi. U o’ziga suvni tortib olishi
tufayli o’z hajmini oshiradi. Gel uni o’rab turuvchi tsement toshi bilan bog’liq bo’lib, natijada ichki bosimni yuzaga keltiradi, oxir-oqibatda tsement toshida yoriqlar paydo bo’lib, uni nurashiga olib keladi. Bu kengayish gidravlik osmotik bosim tufayli sodir bo’ladi, bu bosim boshqa tarafdan qattiq maxsulotlarning kremnezem ishqorlari bilan o’zaro reaktsiyaga kirishishi natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Beton uchun eng katta nurash sababi bu to’ldiruvchi qattiq donalarining shishi xisoblanadi. Yumshoq gelning bir qancha qismi suvda ishqorlanib eriydi va to’ldiruvchining shishi natijasida yuzaga kelgan yoriqlarga singiydi.
SHuni ta’kidlash lozimki, ma’lum materiallarni ishlatish natijasida
tsement ishqori bilar to’ldiruvchi orasida reaktsiya boradi, biroq bu jarayon-ni nurovchi ta’sir ko’rsatishini baxolashni iloji yo’q, shu sababli reaktsiyaga kirishuvchi materiallardan tashkil topganligi inobatga olinadi. Masalan, to’ldiruvchining faktik reaktsiyaga kirishish xususiyatiga uning donalari o’lchami va g’ovakligi ta’sir ko’rsatadi, bu esa to’ldiruvchining tashqi yuzasiga bog’liq bo’ladi, hamda uning yuzasida reaktsiyalar boradi. Biroq ishqoriy tarkib tsementning turidan kelib chiqadi, to’ldiruvchi tashqi yuzasida ularning reaktsiyaga kirishish kontsentratsiyasi bu yuzaning kattaligi bilan aniqlanadi.
Kengayish reaktsiyasini yuzaga keltiruvchi tsement ishqorining mi-nimal miqdori 0,6% ni tashkil etadi. Kaliy tuzining tarkibi Na2O miqdoriga ekvivalent bo’lib, klinkerdaga K2O ga hamda koefitsient 0,658 ga ko’paytmasiga teng bo’ladi. Ma’lumki, tsement tarkibida hattoki oz miqdordagi ishqorlar ham uni kengayishiga olib keladi. Ma’lum diapazonda reaktsiyaga kirishuvchi to’ldiruvchilar asosida tayyorlangan betonning kengayishi ishqor tarkibli tsementga nisbatan katta bo’ladi.
To’ldiruvchilarning tsement ishqorlari bilan reaktsiyaga kirishishiga
ta’sir etuvchi asosiy faktorlardan biri bu, tsement toshidagi bug’lan-magan suvlarning mavjudligi yoki tsement toshining suv o’tkazuvchanligi darajasi hisoblanadi. Mavsumiy namlanish va qurish natijasida reak-tsiyaning tezlanishi kuzatiladi. Haroratning 10-400S atrofida o’zgari-shida, hamda haroratning ko’tarilishida bu reaktsiya tezlashadi. SHunday qilib, turli xil fizikaviy va kimyoviy faktorlarning ta’siri natijasida to’ldiruvchilarning tsement toshi bilan reaktsiyaga kirishishi yanada tezla-shadi. Demak, suv shimuvchanligi tufayli gel o’zining strukturasini o’zgartiradi, natijada bosim ortadi, bu vaqtda yopiq bo’shliqda gel diffu-ziyasi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |