6.2. Aralashmalarning umumiy reaktsiyasi
Bizga ma’lumki bir qancha turdagi to’ldiruvchilar reaktsiyaga kiri-shish xususiyatiga ega, biroq ularning tsement ishqori bilan reaktsiyaga kirishib kengayishini aniqlashning sodda usuli mavjud emas. Ko’pincha ekspluatatsiyajarayonida olinadigan natijalarga tayaniladi. Agar sizda bunday natijalar bo’lmasa, u holda faqat to’ldiruvchining potentsial reaktsiyaga kirishish qobiliyatini ASTM C295-08 ga ko’ra aniqlash mum-kin, biroq uning bu reaktsiyaga kirishish oqibatini aniqlash iloji yo’q.
ASTM C289-07 Texnik shartlariga ko’ra kimyoviy tadqiq etishning
tezlashtirilgan usuli keltirilgan. Bu tadqiqot orqali normal qorish-ma NaOH ning ishqoriy tarkibini kamayishi aniqlanadi, bunda mayda tuyilgan to’ldiruvchi 80°C (176 °F) haroratda NaOH ga kiritiladi, natijada kremnezem qorishmasi miqdori o’lchanadi.
AQSHda to’ldiruvchilarning reaktsiyaga kirishish qobiliyatini aniq-lashning turlaridan biri bu tsement qorishmasidan iborat tayoqchalarni
tadqiq etishdan iborat. Tadqiq etilayotgan to’ldiruvchining ma’lum
fraktsiyasidan foydalanib ishqoriy tarkibi 0,8% dan kam bo’lgan tsement bilan
aralashtirib, bu qorishmadan maxsus balochkalar tayyorlanadi. Bu tayoq-chalar 37,80S li haroratli suvda saqlanadi. Bunday haroratda kengayish past haroratga nisbatan aktiv boradi. Reaktsiyani tezlashuviga yuqori suv-tsement nisbati ham ta’sir ko’rsatadi. Bu tadqiqot metodikasi ASTM C 289-07 Texnik shartlarida keltirilib o’tilgan.
Tadqiq etilayotgan to’ldiruvchi quyidagi hollarda beton tayyorlashda
yaroqsiz bo’ladi, ya’ni agar 6 oyda kengayish 0,05% dan ortsa, hamda 1 yillik qotishi jarayonida 0,1% dan ortsa. Agar faqat 6 oydagina kengayish kuzatilsa, u holda bu to’ldiruvchini betonda qo’llash orqali buzuvchi kenga-yishni keltirib chiqarmaydi.
Tadqiqot orqali olingan natijalar eksplutatsiya jarayonida kuzatiladi,
shu sababli ham bu to’ldiruvchini beton tayyorlash uchun zararsiz ekanli-gini aniqlada bir muncha vaqt talab etiladi. Boshqa tarafdan kimyoviy tad-qiqotlar natijasi asosiy xal qiluvchi xisoblanmaydi. Petrografik tadqi-qotlar to’ldiruvchilarning mineralogik tarkibini aniqlash uchun zarur bo’lsada, biroq bu minerallarning to’ldiruvchini kengayishiga sababchi bo’lishi yoki yo’qligi to’g’risida ma’lumot bera olmaydi.
SHuni ta’kidlab o’tish lozimki, to’ldiruvchining reaktsiyaga kiri-shish qobiliyatini aniqlashning tezkor usulini ishlab chiqish zarur.
SHu narsa aniqlanganki, tsement ishqorlarining to’ldiruvchi bilan
reaktsiyaga kirshuvini kamaytirish yoki umuman reaktsiyaga kirishmasligi uchun qorishma tarkibiga mayda tuyilgan kremnezem kiritish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |