4. Pog‘onali vallarga ishlov berish
Turli diametr va uzunlikdagi bir nechta uchastkalardan tashkil topgan
vallar pog‘onali vallar deb ataladi. Pog‘onali vallarga ishlov berish uchun har bir pog‘ona uchun keskich namunaviy o‘tishlar yordamida rostlanadi. Har
bir pog‘ona diametriga mos keluvchi limb bo‘linmasi eslab qolinadi yoki yozib
olinadi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha zagotovkalarning barcha partiyasi namunaviy
o‘tishlarsiz ishlanadi.
Pog‘onalarning uzunligi chuqurlik o‘lchagichi chiqariladigan
shtangensirkul (SHS- 1tipdagi), shtangen chuqurlik o‘lchagich, chizg‘ich yoki
shablon bilan o‘lchanadi. (26-rasm, a-g). 16K20, 1K62, 1K65, 1I411 va boshqa
tokalrlik dastgohlari bo‘ylama surish limbiga ega. Limbning bir bo‘linmaga
buralishi supporting 1mm surilishiga to‘g‘ri keladi. Bo‘ylama surish limbi
bo‘yicha keskichning bo‘ylama surilishini kontrol qilish va kerakli uzunlikdagi pog‘ona olingach, keskichni chetga surish mumkin.
Pog‘onali vallarga ishlov berish unumdorligi ishlov berishning sxemasini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq.
Pog‘onali val pog‘onalarining uzunligini tekshirish:
a - shtangensirkul bilan, b – shtangenchuqurlik o‘lchagich bilan, c-chizg‘ich bilan, e – shablon bilan
Pog‘onali valni yo‘nish sxemasi:
a – bitta o‘tishda qoldirilgan qo‘yimni uchastkalar uzunligi bo‘yicha ajratib,
b – qoldirilgan qo‘yimni uchastkalar chuqurligi bo‘yicha ajratib uchta o‘tishda
Qoldirilgan qo‘yimning hammasi keskichning bir martta o‘tishda
yo‘nilsa, yo‘nishning bunday sxemasi eng unumli hisoblanadi. Bunda
kekichning umumiy surilish yo‘li pog‘onalar uzunliklarining yig‘indisiga,
ya’ni zagotovkaning umumiy uzunligiga teng. (27- rasm, a).
L=mm. Agarda zagotovkaning bikrligi katta chuqur kesib yunishga imkon
bermasa, boshqa sxema qabul qilinadi. (27- rasm, b), bunda keskichning umumiy
surilish qo‘li quyidagicha bo‘ladi bo‘ladi:
L=(l3 + l2+l1 ) + (l3 +l2 ) +l1 = + + mm. Ikkinchi sxema bilan ishlash
birinchi sxemaga qaraganda unumsiz.
Pog‘onali zagotovkalarning katta partiyasini staninaning
yo‘naltiruvchisiga mahkamlangan va supporting surilishini cheklaydigan
tirakdan foydalanib yo‘nish maqsadga muvofiq bo‘ladi. (28- rasm). Birinchi
namuna zagotovkani kerakli uzunlikda yo‘ngach, dastgoh o‘chiriladi, supportni
ketinga surmasdan, tirakni support karetkasining chap yon tomoniga tegadigan
qilib mahkamlanadi. Keyingi zagotovkalar supportni tirakkacha surib
ishlanganda bir hil o‘lchamli bo‘lib chiqadi. Mexanikaviy surish support
tirakka 1-2mm yetmasdan to‘xtatilib, support qo‘lda surib tirakka yetkaziladi.
16K20 Tokarlik dastgohida qo‘llaniladigan qo‘zg‘almas bo‘ylama
tirak:
1 - tirak 2- kesish plankasi, 3 – qisish vinti. 4 – rostlash vinti
Bir necha pog‘onali zagotovkalar o‘lchovli uzunlik cheklagichlarida
yo‘niladi; bu cheklagichlar sifatida o‘lchov plitalari to‘plamidan yoki maxsus
shablonlardan foydalanish mumkin.
29- rasmdan ko‘rinib turibdiki, birinchi pog‘ona l1 o‘lchamga uzunlik
cheklagichsiz supportni tirakkacha bevosita surib yo‘niladi. Ikkinchi pog‘ona l2
uzunlikka, uzunlik cheklagichga qadar yo‘niladi, bu uchastkaning uzunligi l1 – l2 ga teng, uchinchi pog‘ona l3 uzunlik cheklagichga qadar yo‘niladi, uning
uzunligi l1 – l3 ga teng, to‘rtinchi pog‘ona uzunligi l1 – l4 ga eng bo‘lgan uzunlik o‘lchagichga qadar yo‘niladi.
Zagotovkalardagi markaz teshiklarining chuqurligi absolyut bir xil bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun zagotovkalarni markazlarga o‘rnatishda markaz teshiklari chuqur bo‘lgan zagotovkalar oldingi babkaga yaqinroq, teshiklari yuzaroq bo‘lganlarga esa uzoqroq o‘rnatiladi.
Tirak bo‘yicha ishlov berishda markaz teshiklarining chuqurligi har xil
bo‘lishi naijasida partiyadagi turli detallarda pog‘ona uzunliklari turlicha
bo‘ladi.
Pog‘onali valni uzunlik cheklagich tirak bo‘yicha yo‘nish (a),
belgilanish sxemasi (b):
1 – tirak, 2 – rostlash vinti, 3 – o‘lchov plitasi – uzunlik cheklagich
Suzuvchi markaz.
a - qurilma, b – qo‘llanilishi (suzuvchi markaz yordamida zagotovkaning chap toretsi bo‘yicha bazalash), b- belgilanish sxemasi; 1- tirak vint, 2-prujina, 3-korpus, 4 – vint stopor, 5 - markaz, 6 – vint shponka.
Markazlarga mahkamlanadigan pog‘onali vallarning partiyasidagi barcha detallar uchun bir hil pog‘ona uzunligini ta’minlash maqsadida suzuvchi markazlar ishlatiladi (30- rasm, a-b). Bu markaz shpindelning konussimon yo‘nilgan qismiga o‘rnatiladigan konussimon korpus 3, korpusning o‘q teshigida erkin suriladigan markaz 5, prujina 2 va tirak vint 1 dan tashkil
topgan. Vint 6 shponka, vint 4 esa stopor rolini bajaradi.
30- rasm, b da ketingi markaz bilan qisib qo‘yilgan zagotovka suzuvchi markaz
korpusining toretsiga qanday tiralishi, suzuvchi markazning ish konusi zagotovkani qanday markazlashi hamda markaz teshigining chuqurligiga qarab korpusga chuqurroq kiritish yoki undan chiqarish ko‘rsatilgan.Kalta zagotovkalar partiyasini patronga siqib, bo‘ylama surilishining
oldini olish uchun zagotovka patronlar kulachoklarining chiqiqlariga (31-rasm, a-b) yoki ichki tirakning toretsiga tiralishi kerak (32- rasm). Ichki tirak vintining ish toretsi kontrgayka tortilgan holatda bevosita dastgohda
yo‘niladi: bu uning shpindel’ o‘qiga perpendikulyarligini ta’minlaydi 31-
Kulachoklardan tirak sifatida foydalanish:
a-kulachokka tiralish, b – kulachok chiqig‘iga tiralish, v – o‘yiqqa tiralish
(toblanmagan kulachoklarda), g – belgilanish sxemasi
Ichki tirak:
shpindel, 2 – konus vtulka. 3 – tirak vinti, 4 - kontrgayka,
5 – patron
Partiyadagi pog‘onali vallar diametrlarining bir hilligiga ko‘ndalang
tiraklar vositasida erishiladi: qo‘zg‘almas ko‘ndalang tirak support
karetkasiga, qo‘zg‘aluvchan tirak esa ko‘ndalang salazkalarga mahkamlanadi (33-
rasm). Tokarlik dastgohini pog‘onali zagotovkaga ko‘ndalang tirak va
uzunlik cheklagichi bilan ishlov berish uchun sozlash namunasi 34- rasm, a-g da
keltirilgan.
16K20 dastgohining ko‘ndalang tiraklari:
1- karetkada qo‘zg‘almas, 2 – supportning ko‘ndalang salazkalarida
Pog‘onali valikka o‘lchovli diametr cheklagichli ko‘ndalang
tirak bo‘yicha ishlov berish:
Tashqi silindrik sirtlarni yo‘nishda uchraydigan nuqsonlar, ularning
sabablari va ularga qarshi kurash choralari
Nuqsoning sababi
|
Oldini olish choralari
|
Egarsimonlik (ketingi babka tomondah tayyorlanma diametri kichkina
|
Pinol ko`oroq chiqib turganligidan va puxta maxkamlanmaganligidan keskich ta`siridan tayyorlanma suriladi
|
Pinolning chiqib turishini kamaytirish kerak
|
Ishlov berilgan sirt ortiqcha g`adir-budurlikka ega
|
Keskich noto`g`ri charxlangan
Ishlanuvchanligi past(qovushqoq yoki toblangan po`lat va h.k.)
Keskich dastgoh markazining o`qidan past o`rnatilgan
|
Keskichni charxlash va qirrasini o`lchamiga yetkazish lozim
Ishlanuvchanligini oshirish maqsadida tayyorlanmaga termik ishlov berish lozim
Keskichni dastgoh o`qi bo`ylab o`rnatish kerak
|
Agar nuqson tuzatilishi mumkin bo‘lsa, tashqi zagotovkada qo‘yim uchun
qoldirilgan qatlamning bir qismi qolgan bo‘lsa, ma’lum rostlashlardan so‘ng
tozalab yo‘niladi. Zagotovkalar partiyasiga ishlov berishda namuna detal
ishlangach, u tekshiriladi, nuqsoni aniqlanadi va uni yo‘qotish chorasi
ko‘riladi, shundan so‘ng partiyadagi detallarga ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |