Ma’ruza №6. 6-mavzu. Turar joy xududi va jamoat markazini tashkil etish



Download 14,01 Mb.
bet1/11
Sana04.06.2022
Hajmi14,01 Mb.
#634215
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маруза6


MA’RUZA №6.
6-mavzu. Turar joy xududi va jamoat markazini tashkil etish.
Ma’ruza rejasi:

  1. Turar-joy tumani tuzilishining asosiy tamoyillari.

  2. Turar joy xududini tabiiy va situatsiyali sharoitlardan kelib chikkan xolda kismlarga ajratish tamoyillari, shaxar turar joy xududining arxitekturaviy rejaviy tuzilishi.

  3. Turar joy xududining tarkibi va elementlari: shaxarning umumiy markazi, rejalashtiriluvchi tumanlar, turar joy tumanlari, kichik tumanlar, tuman jamoat markazlari, yo’l kommunikatsiyalari tizimi, umumjamoat ko’kalamzorlari tizimi, manzilga transport va piyoda borshining me’yoriy talablari.

Tayanch so’zlar:
Turar-joy tumani - bir nechta kichik turar-joy tumanidan iborat shahar aholi yashaydigan qismi tarkibining asosiy elementi.
Tumanni rejalashtirish — iqtisodiy yoki ma'muriy tumanni kompleks shaharsozlik-xo'jalik tuzilishini loyihalash bilan shug'ullanuvchi shaharsozlikning tarmog'i.
Turar-joy kichik tumani — shahar aholi yashaydigan qismi tarxiy (tarkibining birlamchi elementi bo'lib, bunda aholi uy-joy va «kundalik xizmal ko'rsatish muassasalarign piyoda yetish darajasi ta'minlanadi.
Tumanni rejalashtirish - iqtisodiy yoki ma'muriy tumanni kompleks hududiy-xo'jalik tuzilishini loyihalash va uning xalq xo'jaligi tarmoqlarini, shaharlar va qishloqlarni optimal joylashuvini hamda aholi mehnati va «dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni ta'minlovchi tarxiy tarkibini shakllantirish.
Turar-joy tumani tuzilishining asosiy tamoyillari.
Ma’lumki, odamlarning turmushi, ularning yashash, bolalarni tarbiyalash, ta’lim olish, dam olish, madaniy darajasini oshirish, sog’liqni saqlash, savdo-sotiq va boshqa maishiy xizmatlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan ethiyojlarni qondirish jarayoni shaharlarning aholi yashovchi qismlarida mujassamlangandir.
Hozirgi zamonda uy-joy tushunchasining chegarasi ancha kengaygan bo’lib, u hozir aholiga zarur xizmat ko’rsatish tashkilotlarining to’liq majmuasini o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda xonadon ichidagi qulay yashash sharoitlarini yaratish shartlari aholi yashash tumanlaridagi ijtimoiy-madaniy va maishiy ehtiyojlarni yuqori darajada qondirish shartlari bilan qo’shilib ketadi. Bunday keng ko’lamda aholi uchun qulay yashash sharoitini yaratish uy-joy binolarining turli ijtimoiy xizmat ko’rsatish tashkilotlari bilan uzviy qo’shilib ketishini taqozo etadi. Uy-joy binolarining ijtimoiy xizmat ko’rsatish tashkilotlari bilan uzviy bog’lanishi Respublikamiz shaharlari aholi yashovchi qismlarining ijtimoiy va tarkibiy tuzilishini shakllantirishning asosiy taomili hisoblanadi.
Uy-joylarning ijtimoiy xizmat ko’rsatish tashkilotlari bilan uzviy bog’lanishidagi asosiy qoidalardan biri, bu aholining xizmat ko’rsatish tashkilotlaridan foydalanish tezligiga bog’liq holda ularni uy-joylarga yaqinlashtirishdir, ya’ni aholining qaysi tashkilotga qatnash ehtiyoji tez va ko’proq bo’lsa, o’sha tashkilot uy-joyga shunchalik yaqin joylashtirilishi lozim. Aksincha, aholi kamroq foydalanadigan tashkilotlarning xizmat ko’rsatish doirasi kengroq bo’ladi. Hozirgi zamon shaharsozligi asosida yotgan bu ijtimoiy talab xizmat ko’rsatish tashkilotlarini ulardan aholining foydalanish tezligiga qarab guruhlarga bo’lishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda olib borilgan ilmiy tadqiqodlar Respublika va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribalarini umumlashtirish natijasida turar-joy qurilishi va xizmat ko’rsatish tashkilotlari tizimini tashkil qilishda barcha madaniy-oqartuv, savdo, tibbiy va xo’jalik tashkilotlarini to’rt bosqichga bo’lish qulay ekanligi aniqlandi. Xizmat ko’rsatish tashkilotlarining bu bosqichlarini aniqlashda aholining ularga qatnash tezligi, piyoda borish uzoqligi, bitta tashkilot xizmat ko’rsatishi mumkin bo’lgan minimal aholi soni, tashkilotlarning rentabel ishlashi, xizmat qilishi va boshqalar hisobiga olingan.
Birinchi bosqichga aholi har kuni foydalanadigan korxona va tashkilotlar, ya’ni oshxona, qahvaxona, bolalar bog’chalari, umum ta’lim maktablari, eng zarur mahsulotlar do’koni, maishiy hizmat ko’rsatish atelesi va madaniy-oqartuv xonalari kiradi. Bu tashkilotlarni turar-joy binolaridan 500 metrgacha uzoqlikda joylashtirish mumkin;
Ikkinchi bosqichga aholi davriy qatnaydigan madaniy-maishiy tashkilotlar va korxonalar kiradi: kinoteatrlar, kutubxonalar, restoranlar, sport zallari, poliklinikalar, tug’ruqhonalar, tuman kasalxonalari va boshqalar. Bularni turar-joy binolaridan 1-1.5 km gacha uzoqlikda joylashtirish lozim;
Uchinchi bosqichga aholi onda-sonda epizodik qatnaydigan umumshahar ahamiyatidagi tashkilot va korxonalar kiradi. Ma’muriy tashkilotlar, teatrlar, muzeylar, ko’rgazmalar, mehmonxonalar, savdo, ilmiy, sport va kasalxona markazlari va boshqalar. Bu binolar shahar markazi majmuasiga borish qulay bo’lgan hududlarda joylashtiriladi;
To’rtinchi bosqich shahar yonida joylashgan va aholining ommaviy dam olishiga mo’ljallangan tashkilotlar va qurilmalardan tashkil topadi. Pansionatlar, sayyohlar markazlari, o’rmon bog’lari, memorial bog’lar va h.k.
Hamma madaniy-maishiy tashkilotlarning bosqichlarga bo’linishi shahar aholi yashash joylari tuzilmalari birliklarini shakllantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.






Download 14,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish