Ma’ruza №6. 6-mavzu. Turar joy xududi va jamoat markazini tashkil etish


Kichik tumanni erkin qurilish bilan loyihalashga misol



Download 14,01 Mb.
bet6/11
Sana04.06.2022
Hajmi14,01 Mb.
#634215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
маруза6

Kichik tumanni erkin qurilish bilan loyihalashga misol.


Erkin qurilmalar - imoratlarning har xil kompozitsiyada, bir necha usullarni aralashtirgan holda qo’llanilishi bilan xarakterlanadi. Insolyatsiya, shamollatish, shovqin va changdan himoya qilish masalalari yaxshi echiladi. Erkin qurilish qurilayotgan hudud bilan tashqi muhit o’rtasida organik bog’liqlikni yuzaga keltiradi. Hozirgi vaqtda bu usul juda keng tarqalgan.
Kombinatsiyalashgan sxema o’zida har xil usullar elementlarini jamlaydi va sanitar-gigienik talablarni hisobga olgan holda binolarni qulay joylashtirishga imkon beradi. Hozirgi kunda bunday qurilish ko’proq mos keladi va ayniqsa, tumanlar rekonstruktsiyasida juda qo’l keladi.
Kichik tuman qurilish kompozitsiyasi turar-joy qurilishining yuqorida keltirilgan barcha usullaridan foydalanadi. Murakkablashtirilgan guruh kompozitsiyalarini ham qo’llashadi.
Qurilish usulini tanlashga tabiiy-iqlimiy omillar: doimiy esadigan kuchli shamollarning mavjudligi,quyoshli kunlar miqdori va h.k. lar katta ta’sir ko’rsatadi.
Turar-joy binolari hamda turar-joy va jamoat binolari orasidagi masofani soya solayotgan imorat qavati bo’yicha qabul qilish lozim. Turar-joy binolarini magistral ko’chalar qizil chizig’idan kamida 6 m, mahalliy ko’chalar qizil chizig’idan kamida 3 m masofada joylashtirish lozim.
O’zbekiston aholisining tez ko’payib borishi va shaharlarning kengayishi uchun bo’sh maydonlarning nihoyatda kamligi tufayli hududlardan foydalanish serunumligi, samaradorligini oshirish maqsadida turar-joylar zichligini oshirish respublikamiz katta shaharlari uchun tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda, shahar hududlarini tejab sarflash zarurati kuchaymoqda.
Qizil chiziq - magistrallar, ko’chalar, maydonlar hududini qurilishga mo’ljallangan hududdan ajratib turuvchi shartli chegara.
Qurilish chizig’i - qurilayotgan hududning chegarasini belgilaydi. Ba’zan yuqorida keltirilgan chiziqlar mos tushishi mumkin, ammo odatda qurilish chizig’i kichik tuman va kvartallar ichiga (qizil chiziqdan kamida) 3 - 6 m ichkariga joylashtiriladi.
Qizil chiziq va qurilish chizigi orasidagi makon yashil himoya qismi chun foydalaniladi.
Tumanning me’moriy-makoniy kompozitsiyasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:

Shu kunlargacha turar-joy binolari aholiga xizmat ko’rsatish xonalaridan ajralgan holda qurib kelindi. Xizmat ko’rsatish xonalari belgilangan masofalarga rioya qilingan holda takror yoki bir joyga to’plangan holda joylashtirib kelindi. Shahar hududlaridan foydalanish samaradorligini oshirish muammosining yuzaga kelishi munosabati bilan aholiga xizmat ko’rsatish xonalarini o’z ichiga olgan turar-joy binolarini, ular majmuasini yaratish zarurati tug’ildi. Bu esa turar-joy binolari arxitekturasidagi yangi masaladir. Bu erda turar-joy binosi majmuasi aholisining optimal sonini topish talab qilinadi. Aholi soni xizmat ko’rsatish xonalarining rivojlangan darajasini va ularning rentabel ishlashini ta’minlashi lozim.
Shovqindan himoya qilingan turar- joy binolarini yaratish.
Avtomobil va shahar transporti turlarining ko’payishi, hamda ular harakati tezligining oshishi tufayli shaharda shovqin darajasi va uning ta’siri kuchayishiga olib keldi. Ayniqsa, shahar katta ko’chalari ta’siri ostidagi qismlarda aholi yashashi sanitariya-gigiena sharoitiniig yomonlashuvi yuz bermoqda. Bu esa turar-joy binolarini joylashtirish usullari bilan bir qatorda, binolarning rejaviy tuzilishini ham qayga ko’rib chiqishni taqozo qilmoqda, ularning shovqindan himoyalanganligini oshirish talab etilmoqda.




Download 14,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish