Xizmat ko’rsatishni tashkil etishni to’rtta bosqichda amalga oshirish.
A – kichik tuman, B – turar-joy guruhi: 1 – kichik tuman jamoat markazi; 2 – maktab; 3 – bolalar bog’chasi; 4 – birinchi bosqich xizmat ko’rsatish majmuasi; 5 – stadion va sport maydonchalari; 6 – garajlar; V – turar-joy tumani: 1 – klub va kutubxona; 2 – kinoteatr; 3 – savdo markazi; 4 – sportkompleks; 5 – poliklinika; 6 – turar-joy tumani bog’i;
G – shahar: 1 – shahar markazi, ma’muriy-jamoat muassasalari; 2 – tibbiyot markazi; 3 – sport markazi; 4 – yoshlar markazi; 5 – vokzal, mehmonxona va kommunal muassasalari; 6 – o’quv muassasalari va ilmiy tadqiqot institiutlari; 7 – sanoat tumani markazi; 8 – dam olish hududi muassasalari.
Aholi yashovchi va sanoat qismlari bo’lgan kompleks tuman xizmat ko’rsatish tarmoqlarining rejaviy tashkil etilish sxemasi:
1 – turar-joylar hududi; 2 – sanoat hududi; 3 – ko’kalamzorlar; 4 – jamoat markazlari; 5 – tuman markazi; 6 – sanoat korxonalari guruhi markazi; 7 – tsexlar guruhi markazi; 8 – kichik tuman markazi.
Turar-joy tumani jamoat markazining joylashuvi:
a – magistralning bir tomonida, loyihaviy tuman markazi bilan piyodalar bulvari orqali bog’lanadi; b – tuman magistrali bo’ylab, suv havzasi qirg’og’ida;
A
B
Turar-joy tumani jamoat markazining joylashuvi:
A – bog’ ichida;
B – zavod oldi maydonida turar-joy va sanoat qismlari orasida.
Xizmat ko’rsatish muassasalari va korxonalari guruhlarga quyidagilar kiradi:
shahar ma’muriy va jamoat muassasalari hamda tashkilotlari;
mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan madaniy-maishiy muassasalar (maktablar, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar va shunga o’xshashlar);
shahar davolash va sog’lomlashtirish muassasalari (shifoxonalar, poliklinikalar va hokazolar);
xo’jalik va uy-ro’zg’or jihozlarini ta’mirlash ustaxonalari, mahalliy joy miqyosida ahamiyatga ega bo’lgan korxona va muassasalar (non zavodlari, go’sht kombinatlari, restoranlar, tikuvchilik ustaxonalari, ta’mirlash ustaxonalari);
Aholi yashash joylarining tuzilmasi birligini shakllantirishning keyingi omillari, bu ularning yo’llar va ko’chalar tizimi va ommaviy transport tarmoqlari orqali rejaviy elementlarga-magistrallar oralig’i hududlariga (MOH) bo’linishidir.
«Magistrallar oralig’i hududi» - magistral ko’chalar bilan chegaralangan hudud.
Aholi yashash joylarida ko’chalar va ommaviy yo’lovchilar transporti tarmoqlarini shakllantirishning asosiy masalasi, bu qulay transport xizmati va aholi hayoti uchun xavfsiz bo’lgan sharoitni yaratishdir. Shu maqsadda transportdan holi bo’lgan va asosan piyodalar ixtiyoriga berilgan keng turar-joy maydonlari yaratiladi. Bu magistral ko’cha va yo’llar transport turini tashkil etadi. Uning yacheykalarida aholi yashash joylarining rejaviy elementlari magistrallar oralig’i hududi shakllantiriladi va ularda turar-joy va jamoat binolarining majmualari joylashtiriladi. Ko’cha-yo’l turlari aholi yashash joylari qismlarining magistrallar oralig’i hududi rejaviy chegaralari bo’lib hizmat qiladi.
Magistrallar oralig’i hududlarining o’lchamlari, jamoat transporti yuradigan va ularning bekatlari joylashgan magistral ko’chalar turlari, zichligi, ular oralig’idagi masofalar aholining eng yaqin transport bekatiga piyoda borishi uchun belgilangan vaqt miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Eng uzoqda joylashgan turar-joy binosidan transport bekatiga piyoda kelish uchun sarf qilinadigan vaqt 7-8 daqiqadan oshmasligi belgilangan. Bu transport bekatlari oralig’i 350-500 m dan va ulardan eng uzoq joylashgan turar-joy binosiga bo’lgan masofa 500 m dan oshmasligi belgilangan. Bunda aholi harakatlarining asosiy yo’nalishi bo’yicha boruvchi parallel ko’chalar oralig’i 600-800 m, ikkinchi darajali yo’nalishlar bo’yicha boruvchi ko’chalar oralig’i 1000-1200 m bo’lishi mumkin. Magistral ko’chalarning bunday oraliqlarida magistrallar oralig’i hududlarining maydonlari 60-100 ga, magistrallar zichligi esa 2.5-2.0 km/km kv. ni tashkil etadi.
Bunday magistrallar oralig’i hududlari ichida aholi yashash joylarining tarkibiy elementlari bo’lgan turar-joy tumanlari va kichik tumanlar (mikrorayonlar) joylashtiriladi. Turar-joy tumani va kichik tumanlar - bu turar-joy binolari, hamda aholi har kuni va kunaro foydalanadigan xizmat ko’rsatish tashkilotlaridan iboratdir.
Aholiga xizmat ko’rsatishning ikkinchi bosqichi asosida aholi yashash joylarning ikkinchi tarkibiy elementi – turar-joy tumani tashkil qilinadi.
Turar-joy tumani - shahar aholi joylashgan hududi rejaviy tuzilishining asosiy unsuri hisoblanadi. Uning funktsiyasi aholiga yuqori qulaylik yaratish, sanitariya-gigiena me’yorlariga amal qilgan holda qurilishning ifodali arxitekturaviy qiyofasini yaratish. Yuqori darajadagi qulaylik deganda, faqat turar-joy maydonlari bilan ta’minlashgina nazarda tutilmasdan, balki aholiga madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish tashkilotlarini (maktab, bolalar bog’chasi, yasli, do’konlar, kinoteatr, klub, sport inshootlari hamda transport xizmatini tashkil etish) qurish ham tushuniladi.
Turar-joy tumanini tashkil qilish aholi kunaro foydalanadigan tashkilotlarni qulay 1000-1500 m masofada joylashtirishga asoslangan. Xizmat ko’rsatish radiusi 1-1.2 km bo’lganda, turar-joy tumanining hududi taxminan 180-250 ga, eng kamida 120 ta bo’lishi mumkin. Quriladigan turar-joy binolarining o’rtacha balandligi 5 qavat bo’lganda, turar-joy tumani aholisining soni 25 mingdan 50 ming kishigacha bo’lishi mumkin. Agarda turar-joy binolarining o’rtacha balandligi 9 qavat bo’lsa, u holda aholining soni 40 mingdan 70 minggacha bo’lishi mumkin.
Umumshahar va tuman ahamiyatidagi ko’chalar turar-joy tumanlarining chegaralari bo’lib xizmat qiladi. Turar-joy tumani aholisining soni 4-5 qavatli uylar bilan qurilganda 25-30 ming kishi atrofida bo’ladi. Ko’p qavatli baland imoratlarning qurilishi turar-joy tumani aholisining sonini 40-60 ming kishiga ham ko’proqqa oshirishi mumkin.
Aholi yashash joylari tarkibiy birliklarining vujudga kelishi shahar kattaligi va uning aholisi soniga bog’liqdir. Bu ko’rsatkichlarning o’zgarishiga bog’liq holda turar-joy tumani va kichik tumanlarning paydo bo’lish zaruriyati ham o’zgarib boradi. Yirik shaharlarda turar-joy tumani va kichik tumanlari shakllantirish uchun etarlicha shart-sharoiti mavjuddir. Kichik shaharlarda, aksincha, bunday sharoitlar yo’q bo’lib, turar-joy tumani va kichik tuman funktsiyalari o’zaro qo’shilib ketadi.
Turar-joy tumanlarini shakllantirish shahar kattaligiga, uning aholi joylashgan (selitebnaya) hududi rejaviy tuzilishiga, uning shakliga, shaharda asosiy ish joylarini joylashtirishga, transport xizmati ko’rsatishiga, jamoat markazlari va ko’kalamzorlar tizimiga bog’likdir.
Aholi yashash tumanlarini loyihalash shahar bosh tarxi asosida amalga oshiriladi. O’z navbatida shahar bosh tarxida funktsional qismlarga ajratish tizimi hal qilingan bo’lishi, aholi joylashgan hududning o’rni, rejaviy tumanlarning chegaralari, magistral ko’chalar tizimi belgilangan bo’lishi, umumshahar markazini joylashtirish o’rni, ko’rinishining o’rtacha qavati ko’rsatilgan bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |