Ma’ruza №8
R, C zanjirida o'tkinchi jarayonlar
5 .8-rasmda R, C elementlari o'zaro ketma-ket ulangan zanjirni da EYuK manbaiga ulash sxemasi keltirilgan. vaqt uchun zanjirning muvozanat tenglamasini Kirxgofning ikkinchi qonuni asosida tuzamiz:
,
bu yerda - sig'imdagi kuchlanish bo'lib, izlanayotgan kattalik hisoblanadi.
ekanligini hisobga olsak, yuqoridagi tenglama quyidagi ko'rinishda bo'ladi:
.
Uning xarakteristik tenglamasi , ildizi esa bo'ladi.
Sig'imdagi kuchlanishning erkin tashkil etuvchisi:
,
bu yerda - vaqt doimiysi, .
Sig'imdagi o'tkinchi kuchlanish turg'un va erkin tashkil etuvchilarning yig'indisidan iborat:
. (5.14)
O'z navbatida konturdagi tok
. (5.15)
Amaliyotda ko'p uchraydigan quyidagi uchta holatni ko'rib chiqamiz:
1. R, C zanjirning o'zgarmas EYuK manbaiga ulanishi.
2. R, C zanjirda qisqa tutashuv.
3. R, C zanjirning sinusoidal EYuK manbaiga ulanishi.
1. R, C zanjirning o'zgarmas EYuK manbaiga ulanishi
R, C elementlari o'zaro ketma-ket ulangan zanjir o'zgarmas EYuK E manbaiga da ulanayotgan paytda sig'imda kuchlanish mavjud bo'lgan bo'lsin. Sig'imdagi turg'un kuchlanish E ga teng, shuning uchun (5.14) tenglama quyidagicha yoziladi:
. (5.16)
Integrallash doimiysini topish uchun kommutatsiyaning ikkinchi qonunidan foydalanamiz:
yoki , bundan .
Kondensatordagi o'tkinchi kuchlanish:
. (5.17)
(5.15) tenglamaga ko'ra konturdagi o'tkinchi tok:
.
R qarshilikdagi kuchlanish esa:
. (5.18)
K ommutatsiyadan keyin vaqt o'tishi bilan sig'imdagi kuchlanish boshlang'ich qiymatdan turg'un E qiymatgacha ortib boradi, R qarshilikda esa kuchlanish da noldan qiymatga sakrab o'zgarib, vaqt o'tishi bilan nol qiymatgacha kamayib boradi. Konturdagi tok da noldan qiymatga sakrab o'zgarib, da nolgacha kamayadi (5.9-rasm).
O'tkinchi tok va kuchlanishlar egri chiziqlarining tahlili shuni ko'rsatdiki, vaqt doimiysi qancha katta bo'lsa, o'tkinchi jarayon shuncha sekin o'tadi. Vaqt doimiysi ni grafik usulda o'tkinchi jarayon (tok, kuchlanish) grafigining istalgan nuqtasiga urinma o'tkazish yo'li bilan hisoblab topish mumkin. R, C zanjiridagi o'tkinchi jarayon nazariy jihatdan cheksiz vaqt davom etsada, amalda u vaqtda deyarli tugaydi, masalan da ga teng bo'ladi.
R, C zanjirda qisqa tutashuv
R, C zanjirda qisqa tutashuv rejimida (5.10 a- rasm) da konturda EYuK manbaining ta'siri nolga teng bo'ladi. (5.14) tenglamada bo'lganligi sababli u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:
.
Kommutatsiyaning ikkinchi qonunidan ni hosil qilamiz. U holda sig'imdagi o'tkinchi kuchlanish:
.
R, C konturdagi tok esa:
.
R qarshilikdagi kuchlanish:
.
Bu rejimda kondensatorning razryadlanishi natijasida hosil bo'lgan va kommutatsiyaga qadar tok yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishda o'tkinchi tok o'tadi. Shuning uchun ham o'tkinchi tok ifodasida "-" ishora olingan.
Sig'imdagi kuchlanishdan farqli ravishda R, C konturdagi tok kommutatsiya payti da o'z qiymatini sakrab o'zgartiradi (5.10 b-rasm).
Kommutatsiyaga qadar sig'im elementida to'plangan elektr maydoni energiyasi o'tkinchi jarayon mobaynida aktiv qarshilik R da to'liq issiqlik energiyasiga aylanadi:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |