MA‘RUZA № 4
MAVZU: KARST HODISASI, UNING HOSIL BO‘LISH SHAROITI.
EROZIYA JARAYONI. DARYO VODIYLARINING HOSIL BO‘LISHI
Reja:
1. Karst hodisasi
2. Karst turlari va unga qarshi chora- tadbirlar.
3. Eroziya jarayoni, turlari.
4. Daryo vodiylarining hosil bo‘lishi va ahamiyati.
Tayanch so‘z va iboralar: karst hodisasi, turlari va unga qarshi choratadbirlar, eroziya jarayoni, tag va yon eroziya, meandra, daryo vodiylarining
hosil bo‘lishi va ahamiyati, eroziya jarayoni, tag va yon eroziya, meandra,daryo
vodiylarining hosil bo‘lishi va ahamiyati.
Yer qobig‘ida va uning ustida ba‘zi bir tog‘ jinslari uning suvda erishi
natijasida o‘pirilishlar hosil bo‘ladi, bu hodisaga karst hodisasi deyiladi. Karst
so‘zi Bolqon yarim orolidagi Karst tog‘idan olingan bo‘lib, o‘pirilish degan
ma‘noni anglatadi. Karst hodisasi kimyo cho‘kindi tog‘ jinslari- dolomit, gips,
angidrid va suvda erigan tuzlari bo‘lgan boshqa tog‘ jinslarida ro‘y beradi. Karst
hodisasi ro‘y berishi uchun quydagi sharoit bo‘lishi kerak:
1)Suvda eruvchi tog‘ jinslari qatlamlarining qalin bo‘lishi.
2)Tog‘ jinslarida har xil chuqurlikdagi kenglikdagi yoriqlarning mavjudligi.
3)Suvning yoriqlar orqali singishi uchun tekis yoki bir oz qiya maydonning
bo‘lishi.
4)Tog‘ jinsiga ta‘sir etuvchi suvlarning mavjudligi va ularning kimyo tarkibi.
Tog‘ jinslarida yoriqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning suv o‘tkazuvchanligi
shunchalik ko‘p bo‘ladi.Agarda suvda eruvchi tog‘ jinslarining qalinligi
qanchalik kichik bo‘lsa, ularda katta bo‘shliqlar hosil bo‘lmaydi. Karst hodisasi
2 turga bo‘linadi:
1)Ochiq karst – qachonki karstlnuvchi tog‘ jinsi yer yuzida joylashgan bo‘lsa,
hosil bo‘ladi.
- 18 -
2)Yopiq karst – qachonki karstlanuvchi tog‘ jinsi ustida suvda erimaydigan
tog‘ jinslari joylashganda ro‘y beradi.
Inshootlarni loyihalashda, qurilishda eng havflisi yopiq karst hisoblanadi.
Karst hodisasi natijasida hosil bo‘ladigan bo‘shliqlarning shakllari turlicha
bo‘lishi mumkin.
1)Varonkalar
2)Gorizontal, vertikal jo‘lklar
3)Turli o‘lchamdagi o‘pirilishlar
4)G‘orlar
G.F.BellEngineering Geology, 113-bet
- 19 -
Karst hodisasiga uchragan tog‘ jinslarida bir necha g‘orlar bo‘lishi mumkin,
bular o‘z navbatida, bir-birlari bilan yoriqlar, yo‘llar orqali birlashgan bo‘ladi.
Ko‘pgina g‘orlarda ko‘llarni hamda yer osti daryolarini uchratish mumkin. Nam
iqlimli joylarda yer osti bo‘shliqlari hosil bo‘lishi natijasida vujudga kelgan
cho‘kmalar suv bilan to‘lib, o‘pirilma yoki botqoqliklar hosil qiladi.Karst
hodisasi natijasida vujudga kelgan cho‘kmalar suv bilan to‘lib, o‘pirilma ko‘llar
yoki botqoqliklar hosil bo‘ladi. Karst hodisasi natijasida hosil bo‘lgan kattakatta bo‘shliqlar tufayli ko‘pgina daryo, ko‘llar yer yuzasida yo‘qolib, ma‘lum
masofadan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin.
Masalan,
|
Boshqirdistondagi
|
Oq
|
daryo
|
|
|
yo‘nalishi davomida bir necha marta yo‘qolib,
yana oqim bo‘ylab bir necha masofadan so‘ng
|
|
|
|
|
|
paydo
|
bo‘ladi,
|
yana
|
yo‘qoladi
|
va
|
h.k.
|
O‘zbekiston hududida ham juda ko‘p karst
|
|
|
|
|
|
bo‘shliqlarini
|
uchratish
|
mumkin.
|
Masalan,
|
|
|
Zarafshon tog‘ tizmasidagi Qirqtog‘ tog‘ida ko‘p karst shakllari uchraydi. Bularkarrlar, voronkalar. Bu yerlarda voronkalar soni 3000 dan ko‘p. Qirqtog‘da karst
quduqlari ham uchraydi. Kiyev nomi bilan yuritiluvchi karst chuqurligining
uzunligi 2 km, kengligi 0.6 km ga teng. Kiyev chuqurligida bir necha quduqlar
bo‘lib, umumiy chuqurligi 10 m bo‘lgan ko‘l hosil bo‘lgan.
Zarafshon vodiysida Chaqirkolon tog‘ tizmasida uzunligi 67 m bo‘lgan
g‘or bo‘lib, u bir necha bo‘limlardan iborat. Ana shu vodiyda yana Yerkamer
g‘ori va boshqa ko‘pgina g‘orlar mavjud. Qashqadaryo vodiysida ham juda ko‘p
karst hodisasi hosil bo‘lgan bo‘shliqlar uchraydi. Masalan, Sovuq buloq g‘ori.
- 20 -
Bedodsoy vodiysida joylashgan 1-Kaptarxona, 2-Kaptarxona g‘orlari. Ularning
uzunligi 10-15 m ni tashkil etadi.
Janubiy O‘zbekiston tizmalarining Boysuntog‘ hamda Nurota tog‘larida
ham juda ko‘p g‘orlar uchraydi. Ularni ―Mingchuqur‖ deb ham ataydilar.Karst
g‘orlarini Chirchiq daryosining irmoqlari bo‘lgan Ugam, Chotqol daryolari
vodiylarida ham uchratish mumkin. Karst hodisasi tarqalgan joylarda qurilish
ishlari olib borish uchun o‘sha joyning karst hodisasiga uchragan
maydonlarining ko‘p yoki ozligini va bu hodisa sabablarini aniqlash kerak
bo‘ladi. Agar karst hodisasiga uchragan maydonlar ko‘p bo‘lsa, inshoot
qurilishini boshqa yerga olib o‘tish kerak. Karst hodisasi kam tarqalgan joylarda
ularning rivojlanmasligi uchun chora-tadbirlar qo‘llash lozim bo‘ladi. Karst
hodisasi qurilish ishlarini qiyinlashtiradi, yer osti
qazuv ishlari olib boriladigan joylarga yer osti suvlari
oqib kelishi hamda ko‘pincha, bu joylarda
inshootlarning cho‘kishi kuzatiladi. Ba‘zi joylarda
karst hodisasi tez rivojlanishi sababli xalq xo‘jaligiga
juda katta zarar keltiradi.
1943 yilda Moskva – Gorkiy temir yo‘lining bir qismida, ko‘tarmaning
tag qismida o‘pirilish ro‘y bergan. 1953 yil avgust oyida esa mana shu yo‘lning
boshqa bir qismida ham o‘pirilish ro‘y berdi. Natijada diametri 25 m bo‘lgan
voronka hosil bo‘lgan. 1966 yilning noyabr oyida esa uchinchi bir qismida
o‘pirilish sodir bo‘ldi. O‘pirilishlar 1965 yili yo‘lning boshqa qismlarida ham
ro‘y berdi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Yer osti inshootlarini,
ayniqsa, yer osti yo‘llarini qurishda, ko‘pincha, karst g‘orlariga hamda karst yer
osti suvlariga duch keladi. Bu esa gohida o‘sha qurilishning to‘xtatishiga, bu esa
ba‘zida juda katta moddiy xarajatlarga olib keladi. Shu sababli karst hodisasi
tarqalgan joylarda inshootlarni loyihalash uchun maxsus muhandis-geologik
qidiruv ishlarini olib borish zarur.
Muhandis-geologik qidiruv ishlarida joylarning karstlanuvchanligini baholash
katta ahamiyatga ega. Chunki inshootlarni loyihalashda ularning mustahkamligi
- 21 -
karstlanish jarayonining tezligiga bog‘liq. Bu ishlarda karst shakllarining
joylashish zichligini hamda relyefi, geologik tuzilishi, yer osti va yer usti
suvlarining tog‘ jinslariga ta‘siri aniqlanadi.
Joylarning karstlanuvchanligi 1 km yuzada hosil bo‘lgan karst
bo‘shliqlarining soni bilan aniqlanadi. Shuningdek, bu karst bo‘shliqlarining
yoshini aniqlash ham muhandis-geologik ahamiyatga ega. Chunki bu orqali
karstlanish jarayonining rivojlanishini oldindan bilishga imkon beradi.
Karstning yoshini aniqlash uchun karst hosil bo‘lish jarayonining vaqtini
bilish kerak. Buning uchun karst bo‘shliqlarining tashqi tuzilishini, morfologik
belgilarini aniqlash lozim. Joylarning karstlanuvchanligini baholashda karst
bo‘shliqlarining kengligi, uzunligi hisobga olinadi. Shuningdek, joyning tabiiy
sharoiti, geologik tuzilishi, geomorfologik va gidrogeologik va iqlim sharoitlari
birgalikda o‘rganiladi.
Karst tarqalgan joylarning muhandis-geologik sharoitini o‘rganishda
hududning tektonikasi, ya‘ni joydagi tektonik harakatlar, ular natijasida hosil
bo‘lgan tektonik yoriqlar ham batafsil o‘rganiladi. Chunki bu yoriqlar orqali
suvlarning harakat qilishi tezlashadi va karst hodisasiga sharoit yaratiladi. Karst
hodisasini o‘rganishda gidrologik sharoit, ya‘ni yer usti suvlarining miqdorining
o‘zgarishini aniqlash lozim. Shuningdek joyda tarqalgan tog‘ jinslarining suv
o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining maydon bo‘yicha o‘zgarishi aniqlanadi.
Karstlangan tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik koeffisiyenti miqdori katta
bo‘ladi. Gidrogelogik sharoitni aniqlashda yer osti suvlarining sathi, miqdori,
harorati, ularning harakati hamda kimyoviy tarkibi o‘rganiladi.
Shunday qilib, karstlanish jarayoni har tomonlama o‘rganilib, uning
tarqalishi va rivojlanishini oldindan aytib berish va bu ma‘lumotlardan bu
joylarga quriladigan inshootlarga uning ta‘sirini aniqlashda foydalaniladi.Karst
tarqalgan joylarning mustahkamlik darajasini aniqlashda Z. A. Makeyev
tasnifidan foydalanish mumkin. Z. A. Makeyev tasnifi bo‘yicha joylarning
mustahkamlik darajasi 3 turkumga bo‘linadi:
- 22 -
1. Juda mustahkam bo‘lmagan maydon – har yili 5-10 tagacha karst
bo‘shliqlari hosil bo‘ladi;
2. Mustahkam bo‘lmagan maydon - 1km2 yuzada har yili 5 ta chuqurlik
hosil bo‘ladi;
3. Mustahkam maydon - 1km2 yuzada 20-50 yil mobaynida bitta chuqurlik
hosil bo‘ladi.
Inshootlarni loyihalashda, qurilishda karst hodisasiga duch kelish
mumkinligini hisobga olish va uni rivojlanish tezligini, tarqalish maydononi
aniqlash zarur. Biznig Respublikamizda karst hodisasi Zarafshon, Qashqadaryo
vodiysida, shuningdek Chotqol daryo va vodiylarida ko‘plab uchraydi. Agar
karst hodisasi tarqalgan maydon umumiy maydonning 50% va undan ko‘pni
tashkil etsa, bu joylarda inshootlarni qurish man etiladi.
Karst hodisasi tarqalgan joylarda inshootlarni qurish uchun quyidagi choratadbirlar qo‘llaniladi:
1. Suvda tez eruvchi tog‘ jinsi tarqalgan maydonlarni yer osti va yer usti
suvlaridan muhofaza qilish. Buning uchun yer usti suvlarini boshqa joyga
yo‘naltirish, zovurlar qurish va h.k;
2. Tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanligini kamaytirish maqsadida ularning
yoriqlarini, darzliklarini sementlash, suyuq shisha va qatron yordamida
mahkamlash ishlari
Karst hodisasiga qarshi chora- tadbirlar qo‘llaganda karst bo‘shliqlari
yoshini aniqlash ham muhim geologik ahamiyatga ega. Karstlanish jarayonini
rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin. Karst yoshini aniqlash uchun karst
hosil bo‘lish vaqtini, karst bo‘shliqlarini tahqi tuzilishini, yani geomorfologik
belgilariga qarab belgilanadi.
Eroziya(lotincha erosio - ―yemirish") yer qobig‗ini tashkil etadigan
qoyalarni oqar suv, shamol va boshqa tashqi ta‘sirlardan yemirilib, joyidan
qo‗porilishi yoki bir yerdan boshqa bir yerga tashilish jarayonidir. Tabiatda
eroziya jarayonining quyidagi turlari mavjud:
- 23 -
a) Tuproq eroziyasi- tuproqni nurashi natijasida taqirlar hosil bo‗ladi.
b) Shamol eroziyasi- mustahkam tog‗ jinslarini shamol yordamida emirilishiga
aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |