v) Suv eroziyasi- mustahkam tog‗ jinslarini suv yordamida yemirilishiga
aytiladi.
Ko‘pgina aholi yashaydigan joylar, Respublika hamda mamlakatlarning
poytaxtlari, shuningdek, sanoat markazlari daryo vodiylariga joylashgan. Daryo
qirg‘oqlari, o‘z navbatida, ko‘priklar bilan tutashtirilgan, qirg‘oqlarda esa
ko‘pgina inshootlar joylashgan bo‘lib, ular suv yo‘llariga xizmat qiladi. Daryo
vodiylari bo‘ylab uzoq masofadagi avtomobil va temir yo‘llari qurilgan.
Qisqa qilib aytganda, daryo vodiylari inson yashashi uchun qulay joylar
hisoblanadi. Shu sababli daryo qirg‘oqlarida hamda vodiy yonbag‘irlarida sodir
bo‘ladigan
|
va
|
uning
|
mustahkamligini
|
|
buzadigan geologik jarayonlar shu joyning
|
|
|
|
|
hamda u yerda
|
quriladigan
|
inshootlarning
|
|
|
mustahkamligiga,
|
shu
|
bilan
|
birga,
|
inson
|
hayotiga ham ta‘sir etadi. Bunday geologik
|
|
|
|
|
jarayonlarga
|
qirg‘oqlarning
|
yuvilishi
|
|
|
(buzilishi), ya‘ni eroziya jarayoni kiradi. Bu
jarayon natijasida daryo vodiylarining shakli,
tuzilishi o‘zgaradi. Shu sababli bu jarayonlar balki ilmiy ahamiyatga ham ega.
|
|
|
|
|
―Eroziya‖ so‘zi lotincha
|
―yuvaman‖ degan ma‘noni anglatadi. Daryo
|
|
|
|
suvlari o‘z o‘zanining tubini va yonlarini to‘xtovsiz yemiradi. Eroziya jarayoni
- 24 -
tufayli daryolarning chuqurligi, eni va yo‘nalishi o‘zgarib boradi. Har qanday
oqar suv quydagi geologik ishlarni bajaradi:
tog‗jinslarini yuvadi;
yuvilgan mahsulotni olib keladi va
yotqizadi(akkumulyasiya).
Tog‘li hududlarda daryo tor o‘zandan oqib,
vodiyning keng va nishabligi kichik bo‘lgan
joylarga yoyilib, ilon iziga o‘xshash tirsaklar hosil
bo‘ladi. Bu o‘sha joyda yotgan tog‘ jinslariga
bog‘liq jarayondir. Qumtosh, slanets, granit kabi
mustahkam tog‘ jinslaridan tuzilgan sohillar
yuvilishiga uzoq vaqt chidaydi. Yuz va ming yillar
davomida oqar suvlar shunday mustahkam
jinslarni ham asta-sekin kavlab va kesib o‘tadi. Ko‘pincha, qattiqqismlardan
tuzilgan tog‘li joylarda daryo va soylar tomonidan qazilgan chuqur vodiylarni
ko‘ramiz.
Yumshoq va bo‘sh tog‘ jinslaridan (tuproq, loy va shag‘allar) tashkil topgan
qirg‘oqlar esa juda yuvilib yemiriladi.
Tog‘ jinslarining yuvilishi ularning tashkil etuvchi donalarining yirikligiga
hamda ularning orasida bog‘liqliklar mavjudligiga bog‘liq. Tog‘ jinslarining suv
ta‘sirida yuvilishini o‘rganib G. S. Zolotaryov (1955), S. D. Voronkevich (1958)
hamda Ye. M. Sergeyev (1978) ularni quyidagi turlarga ajratganlar:
1. Juda tez yuviluvchi tog‘ jinslari, ularga ingichka, mayda va o‘rta donali
qumlar, supeslar kiradi.
2. Tez yuviluvchi tog‘ jinslari, ularga lyossimon tog‘ jinslari kiradi. Bu tog‘
jinslari tinch turgan suvda ham buzilib ketadi.
3. O‘rtacha yuviluvchan tog‘ jinslari (petrografik tarkibi jihatdan har xil).
Ularga yirik silliqlangan shag‘al tosh, bo‘sh bog‘langan qumtoshlar, gilli
tog‘ jinslari kiradi.
4. Qiyin yuviluvchan tog‘ jinslari. Ularga yirik silliqlangan shag‘al toshlar
va qadimgi gilli tog‘ jinslarini kiritish mumkin.
- 25 -
5. Juda qiyin yuviluvchan tog‘ jinslari. Ularga opoka, argillit, qumtoshlar,
mergellar, gilli mergellar va boshqalar kiradi.
6. O‘ta qiyin yuviluvchan yoki yuvilmaydigan tog‘ jinslari. Ularga
qiyaliklarni to‘la qoplab yotuvchi magmatik, metomorfik tog‘ jinslari
misol bo‘la oladi. Ular juda kam yuviladi.
Ko‘pincha, yuvish jarayoni bahorgi suv toshqinlarida, shuningdek, yoz va
kuz fasllarida kuchli yomg‘irdan so‘ng, daryolarning suvi ko‘payib,
qirg‘oqlarning ancha qismini suv bosganda yuz beradi. Bulardan tashqari,
daryolardagi suvning ko‘payishi oqimning tezlanishiga va bu o‘z navbatida,
eroziya jarayonining jadallanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |