Pechning havo, kislorod va suv bilan ta’minlanishi
Metallurgiya pechlari ko‘p miqdorda siqilgan havo, kislorod va sanoat suvlarini
iste’mol qiladi. Siqilgan havo va kislorod pechlarda oksidlovchi texnologik jarayonlar uchun,
yoqilg‘ini yoqish uchun va ba’zida pechlarning elementlarini sovitish uchun sarf qilinadi. Pech
elementlarini sovitish uchun (barcha talab qilinadigan miqdorning 95% gacha) va turli sanoat
ehtiyojlari uchun asosan sanoat suvi ishlatiladi. Siqilgan havo va kislorodni asosan - shaxtali,
yallig‘ erituvchi, kuydiruvchi pechlar va konverterlar ishlatadi. Ushbu pechlar uchun talab
qilinadigan havo miqdori quyidagicha
m
3
/min
: shaxtali pechlar 400—1500; yallig‘ qaytaruvchi
pechlar 400—1000; kuydirish pechlari 100—600; konverterlar 200—1000. Havoli purkashni
boyitish uchun kislorod iste’moli rangli metallurgiya pechlarining havo iste’molining umumiy
hajmidan 0,5 dan 21% gacha tashkil qiladi. Pechlar iste’mol qilayotgan havoning ortiqchalik
bosimi odatda 0,02-1,5 at oralig‘ida bo‘lib, ba’zida 6-10 at gacha etadi. Pechlarni sovutish uchun
suv iste’moli quyidagicha,
m
3
/s:
shaxtali pechlar 100—1000; yallig‘ erituvchi va rafinirlovchi
pechlar 50—250; qizdiruvchi pechlar 50—400; elektr pechlar 50—200. Pechlarni sovitish
sistemasida suv bosimi 2—12
at.
Pechlarni havo bilan ta’minlash.
Pechlarga havo havouzatgich mashinalar yordamida
uzatiladi. Ushbu mashinalar uzatilayotgan havo bosimini ortiqchaligiga bog‘liq bo‘lib, quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: 1) ventilyatorlar 1000 mm suv.ust.; 2) havopurkagichlar, 0,1-3 kG/sm
2
; 3)
kompressorlar 3 kG/sm
2
dan ortiq.
Havouzatgich mashinalar harakat prinsipiga nisbatan porshenli va markazdan qochma
turlariga bo‘linadi. Metallurgiya pechlarini ta’minlash uchun odatda porshenliga qaraganda
yuqori ishlab chiqarishga ega bo‘lgan markazdan qochma mashinalar ishlatiladi.
Metallurgiya zavodlari havouzatgich mashinalar odatda maxsus havopurkovchi
stansiyalarga joylashtiriladi, u erda ular ekspluatatsiyasi uchun ratsional rejim va malakaviy
xizmat ko‘rsatiladi. Ba’zi hollarda, ayniqsa past bosimli mashinalar uchun (ventilyatorlar,
havopurkovchilar), ular pechlarnining bevosita yonida joylashtiriladi, bu havo quvurlarini qurish
uchun ketadigan harajatlarni kamaytiradi va tarmoqda bosimning yo‘qolishini oldini oladi.
Havopurkovchi stansiyalarni siqilgan havoni iste’mol qiluvchi metallurgiya sexlarining
yoniga qurish maqsadga muvofiq. Tarkibida bir-biridan uzoqda joylashgan bir nechta
metallurgiya sexlari bor yirik zavodlar uchun havopurkovchi stansiyalarni umumiy zavod uchun
satnsiya qo‘yib emas, balki sexlarning o‘zida joylashtirish ma’qulroq. Havo havopurkovchi
stansiyadan pechlarga parallel sxema bo‘yicha uzatilishi mumkin, unda barcha havopurkovchi
mashinalar parallel ishlaydi va havoni umumiy havoquvuriga yo‘naltiradi, shuningdek
havopurkagich maxsus havoquvuri orqali faqat aniq bir pechga ishlaydi.
Har bir sxema o‘zining avzalliklari va kamchiliklariga ega. Parallel sxemada
mashinalarning umumiy ishlab chiqarish quvvati pasayadi, ammo sistemaning ancha
moslashuvchi ishi ta’minlanadi va mashinalarning qo‘shimcha quvvati kamayishi talab qilinadi.
Individual sxemada ishlaydigan mashinalar ishlab chiqarish quvvati ancha to‘liq ishlatiladi,
kerakli qo‘shimcha mashinalar quvvati 100% ga etishi mumkin. Bundan tashqari, havoquvurlari
tarmog‘i uzunligi sezilarli uzayadi. Parallel sxema ancha keng tarqalgan. Havo havoquvuriga
kelib tushishidan oldin maxsus filtrlarda changdan tozalanadi. Havouzatuvchi sistema nazorat
qilinuvchi va kesib qo‘yuvchi
zadvijka
lar bilan jihozlangan, shuningdek pechlar vaqtincha
havoquvurlari tarmog‘idan qisqa vaqtga o‘chirilganda ortiqcha havoni chiqarib yuborish uchun
qurilmalar bo‘lib, ular pechlar yonidagi stansiyalarda joylashgan.
Havoquvurlari mos keluvchi bosimga hisoblangan, diametri 0,1 dan 1,5 m gacha bo‘lgan
po‘lat quvurlardan yig‘iladi. Sarfni nazorat qilish uchun gazli
zadvijka
lar qo‘llaniladi.
Havoquvurlar tarmog‘i odatda er yuzasidan yuqorida maxsus kolonnalarda joylashadi yoki sex
kollonalariga qotiriladi. Ba’zida havoquvurlari er ichiga ko‘rik va remont uchun mos bo‘lgan
kanallarga joylashtiriladi. Pechning barcha havo iste’mol qiluvchi tugunlarini bir me’yorda
ta’minlash uchun havo odatda aylanma havoquvuri orqali uzatiladi.
Kislorodni ishlab chiqarish uchun metallurgiya zavodlarida odatda tarkibida 95-98%O
2
bor texnik kislorod ishlab chiqariluvchi maxsus kislorod stansiyalar quriladi. Bir guruh
metallurgiya zavodlarini bitta yirik markazlashtirilgan kislorod stansiyasi orqali yuqori bosimli
kislorod quvurlari sistemasi orqali ta’minlash hollari ma’lum. Kislorod cheklangan ravishda
iste’mol qilinsa suyuq kislorod uchun sisternalar va bug‘lovchi qurilmalar bilan jihozlangan
maxsus mashinalar yordamida zavodga etkazib beriladi. Kislorod olish uchun xom ashyo bo‘lib
hajm bo‘yicha tarkibida 20,93% miqdorda bog‘lanmagan atmosfera havosi hizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda ma’lum uslublardan eng iqtisodiy samara beradigan havo bo‘linish usuli –
suyuqlangan gazlar qaynash haroratlaridagi farqni ishlatishga asoslangan past haroratli
rektifikatsiyadir.
Havodan kislorod olish sxemasi ikki asosiy operatsiyadan tashkil topgan – havoni
suyuqlantirish va undan keyin alohida gazli tashkil etuvchilarga bo‘lish. Havoni suyuqlantirish
uchun uni oldin 70-200 at gacha siqib, keyin kengaytirish vaqtida havoni chuqur sovitilishi uni
suyuqlanishiga olib keladi. Olingan suyuqlashgan havo rektifikatsiya kolonnalariga keladi, u
erda bug‘lanish vaqtida u kislorod, azot va boshqa gazli tashkil etuvchilarga bo‘linadi. Kislorod
olish sxemasida bo‘linishga kelib tushadigan siqilgan havo sovitiladigan va bo‘linishning oxirgi
mahsulotlari qiziydigan issiqlik almashuvchi qurilmalar katta ahamiyatga ega.
Kislorod ishlab chiqarishga kelib tushayotgan havo changdan tozalanadi va undan namlik
va uglerodkislotasi chiqarib yuboriladi. Kislorod ishlab chiqarish katta miqdorda elektr
energiyasi sarfini talab qiladi, yirik va mukammal qurilmalarda elektr sarfi 0,45 kvt
.
s/m
3
tashkil
qiladi. Yirik kislorod stansiyalarida ishlab chiqarilayotgan kislorodning narxi elektr
energiyasining narxiga bog‘liq.
Kislorod stansiyalarini metallurgiya zavodlarining territoriyasida asosiy zavod
binolaridan texnika xavfsizligi talablariga mos ravishda kerakli uzoqlikda quriladi. Ba’zida
kislorodni saqlash uchun 400 mm suv.ust. bosimida ishlaydigan gazgolderlar quriladi. Kislorod
pechga po‘lat quvurlaridan yig‘ilgan kislorod quvurlari orqali uzatiladi. Kislorod quvurlari er
ostida va er ustida o‘tkazilishi qo‘llaniladi. Kislorod quvurlari tashqi tarafdan albatta havorangga
bo‘yaladi. Kislorod quvurlarining diametri 10-20 m/sek tezlikka qarab topiladi. Kislorod
quvurlari germetiklangan nazorat qiluvchi va
zapornoy
armatura bilan jihozlanadi.
Metallurgiya pechlariga kislorod uzatishning eng havfsiz sistemasi – uni mustaqil
kislorod quvurlari orqali pechlarning havouzatish sistemasiga aralashtirmagan holda pechning
o‘ziga uzatish, bu sistemada o‘t chiqish va portlashning oldini oladi. Shuning uchun zavodda bir
yoki bir nechta magistral kislorod quvuri quriladi, undan esa alohida pechlarga chiqarib yuborish
qurilmasi qo‘yiladi. Pechga kislorodni havo va yoqilg‘idan alohida pechning yoqilg‘i yonish
qurilmasi hajmida yoki gorelkalar va furmalardan chiqishda aralashishi uchun uzatish ham
tavsiya qilinadi. Shuning uchun gorelkalar va forsunkalarga kislorod alohida izolyasiyalangan
kanal bo‘yicha yoqilg‘i oqimi ostiga yoki atrofiga olib kelinadi va ular chiqishda aralashadi.
Furmalarda kislorodni havo kanalidan izolyasiyalangan mustaqil trubka orqali furmadan chiqish
joyigacha uzatish mumkin. Kislorod bilan ehtiyot bo‘lib muomala qilinmasa yong‘in va portlash
kelib chiqishi mumkin. SHuning uchun agar zavodda kislorod xo‘jaligi mavjud bo‘lsa maxsus
ehtiyot choralarini hamda texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘llash lozim. Kislorodning yog‘lar,
emulsiyalar va yog‘langan yuzalarga tegib ketishini oldini olish kerak. Kislorod sistemalari va
kislorod quvurlarini ishga tushirganda albatta ularni yog‘dan tozalash uchun dixloretan bilan
yuvish va inert gazlar bilan purkash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |