Matnni о ‘qilishga mo ‘Ijallangan segment qismlarga taqsimlash (qismlarga ajratish qoidalari erkin)
irikishidan iborat tuzilishni ishi fransuz semiotigini unchalik qiziqtirmaydi.
Matnning umumiy ijtimoiy-madaniy kontekstdan о ’rin olish ii i i ki iza tisl i.
Mazmun yuzaga kelish sharoitini о'rganish, ikkilamchi та’no, turli ko’rinishidagi та’no munosabatlarini aniqlash.
R.Bait matn talililni quyidagi bosqiclilaridan iborat bo’lishini taklif qiladi:
Bu yo‘sindagi tahlil, so‘zsiz, matnning semiotik belgi sifatida qabul qilish, uning tabiatiga xos mundarijaviy belgilarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Zotan, matn mazmunining mohiyati ko’pincha uning boshqa matnlar, madaniy hodisalar bilan bo’lgan aloqasida namoyon bo‘ladi. «Matnning asosini, deb yozadi R.Bart, - uning bevosita tahlilga tortiladigan ichki yopiq tuzilish emas, balki boshqa matnlar, kodlar, belgilar bilan bog’liqligi tashkil qiladi».
Bundan ko’rinadiki, olim mazmunning struktur tuzilishini matnlar umumlashuvi, o’zaro birikuvi g’oyasi bilan bog’lash niyatida. Ammo fransuz semiotigining yaxlitni qismlarga ajratib tashlash a’anasidan butunlay forig’ bo’la olmagani aniq ko’rinib turibdi. Bu esa mazmunning asl mohiyatini buzib talqin qilishdan boshqa narsa emas.
«
Badiiyatda estetik vazifa yetakchilik qiladi, boshqa vazifalar aynan shu yetakchi funksiya doirasida faollashadilar.
Global semiotika» oqimining yana bir vakili Yu.Kristeva diqqatni badiiy matn statik tuzilishidan mazmun yaratilishi jarayonlariga ko’chirish tarafdori. Uning e’tiroficha, tayyor yoki tugallangan strukturalarni o’rganishdan ko’ra «ma’no kvantlari»ning hosil bo’lish jarayonini tadqiq qilish ma’qulroq. Bu olima ham xuddi R.Bart kabi matn mazmuni boshqalardan ajralgan holda mavjud bo’lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. Uningcha, mazmunlar ko’chib yuradi va bir-biriga ta’sir qiladi. Shuning uchun ham uning matn tahliliga eng to’g’ri yondashuv - transformatsiya amallaridan foydalanishdir.
Olim semiologik yondashuvni badiiy asar matnining ichki tuzilishini tahlil qilishga tatbiq etadi hamda uning har bir unsurining ma’lum bir xususiy ma’noga ega ekanligini hamda ushbu ma’nolar matn umumiy mazmunini shakllantirishda o’z o’rniga ega bo’lishini e’tirof etadi. Badiiy matnning semiologik belgi, hodisa sifatida e’tirof etilishida «o’rindoshlik» mezonidan ko’ra, uning timsollik va estetik qiymatlarini inobatga olish va alohida turdagi kommunikativ vazifani bajarishini unutmaslik talab qilinadi.
3-reja ►
Mos manbalarni topish.
Talabalar uchun istalgan kursda muvofiq manbani tez topish va tushuna olish muhim hisoblanadi.
Bu bo‘lim:
Akademik ishlar uchun eng mos matn turlarini tanishtiradi
Kutubxonalardagi muvofiq materiallarni topish уo‘llarini о ‘rganadi;
Elektron resurslarning ishlatilishini tushuntiradi.
Akademik matnlar. Siz veb sayt yoki jurnal maqolalari kabi matn turlarini o'qishingiz kerak . Demak, eng mos matnlarni aniqlash va ularning qiymatini baholashga yordam beradigan xususiyatlari bilan tanishish muhim sanaladi.
Adabiyotlardan foydalanish. Sizning o'qituvchinigiz qog'ozda chiqarilgan ro'yxatni berishi mumkin yoki u kutubxona veb sayti orqali onlaynda mavjud bo'lishi mumkin. Ro'yxat odatda darslik, jurnal maqolalari va veb saytlardan tashkil topadi. Agar ro'yxat elektron bo'lsa, materialning mavjudligini tekshirish uchun kutubxona katalogiga ishora beriladi. Agar ro'yxat qog'ozda chiqarilgan bo'lsa, siz matnni topish uchun kutubxona katalogidan foydalanishingizga to'g'ri keladi. Siz kitobning barcha so'zini o'qishingiz shart emas, chunki o'qiydigan joyingiz ro'yxatda berilgan. O'qituvchingiz qaysi betni o'qishingizni va qaysi qism muhimligini aytar. Adabiyotlar ro'yxatida quyidagi formatlarni ko 'rasiz:
Kitoblar Miles T.R.Dyslexia: a hundred yearson /T. R. Miles and Elaine Miles, 2nded. Open University Press, 1999.
-Jurnal maqolalari Paulesu E. etal.Dyslexia: madaniy xilma-xillik va biologic birlik. Science, 2001, 291, betlar2165-2167.
Vebsaytlar:www.well.ox.ac.uk/monaco/dyslexia.shtml
Kutubxona katalogidan foydalanish. Universitet va kollej kutubxonalarida odatda onlayn kataloglar bo‘ladi. Bular talabalarga istalgan materiallarni qidirishga imkon yaratadi. Agar siz kitobning nomi va muallifini bilsangiz kitobning mavjudligini tekshirish oson bo ‘ladi, agar siz alohida mavzuda material qidirsangiz, siz turli xil qidiruv natijalariga ega bo ‘lasiz. Masalan, sizga esse mavzusi berilgan bo ‘lsin:
“Baland binolar balandligiga amaliy chegara bormi? Javobingizni yaqinda qurilgan bir necha osmono'par binolar misolida keltiring".
Siz harakat qilishingiz mumkin:
Osmono'par dizayn
Osmono'par konstruksiya
Baland bino dizayni
Baland bino konstruksiyasi
Agar siz maxsus fraza ishlatsangiz, siz bir necha sarlavhalarni topishingiz mumkin. Masalan, “Osmono'par konstruksiya”ga bitta kutubxona katalogida 3 ta narsa bor, lekin “osmono'parlar” kabi umumiyroq so'zda 57 ta topiladi.
■ Siz kutubxona katalogiga “osmonopar” so‘zini kiritdingiz va quyida dastlabki 10 ta natija berilgan. Yuqoridagi esse mavzusiga javob berish uchun, qaysi birini tanlagan bo ‘lardingiz? Sababingizni keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |