1895-1975
Mixail Baxtin aytganidek, matn «barcha gumanitar fanlarning birlamchi manbai, boshlang‘ich nuqtasidir» .
1922-1993
Yuriy Lotmanning qaydicha, «matn yagona mazmunga ega va shu jihatdan unga yaxlit belgi sifatida qarash mumkin.
atnni lisoniy belgi maqomiga ega bo‘lish imkoniyatini bunday qat’iy inkor etilishining sababi uni til tizimi birliklari guruhiga kiritmaslik an’anasi bilan bog’liq. Belgining idealligi uning ma’nosida. Ma’no, o’z navbatida, belgining harakati, rivoji asosida shakllanadi. Matnga doimiy harakat, dinamika xosdir. Uning mavjudligi materiyaning asosiy harakat shakllari bilan bog‘liq va ma’no-mazmuni ham shunday harakat davomida namoyon bo‘ladi.
Haqiqatdan ham, Moskva va Tartu shaharlarida to’plangan bir qator adabiyotchi olimlar alohida belgilardan tarkib topadigan matnni ikkilamchi belgilar tizimidan o’rin oladigan hodisa sifatida talqin qilmoqdalar, ammo bunday qarashda matn madaniy belgi maqomini oladi. Matnga madaniy vazifa xosligini inkor etmagan holda, uning ayni paytning o‘zida lisoniy hodisa ham ekanligini unutmaslik lozim. Matnni belgi sifatida o‘rganish g‘oyasi Tartu universitetida faoliyat ko‘rsatgan strukturalistlar maktabi tomonidan keng miqyosda targ‘ib qilinib
kelinmoqda.
O‘tgan asming 60-yillarida «global semiotika» oqimi vakillarining ishlarida matnning invariant xususiyatlarini aniqlash va matn lingvistik tadqiqini til estetikasi bilan bog’lash harakati ildamlashdi. Bu yo’nalishda bajarilgan ishlarning ba’zilari qo’llanilgan tahlil usullari bilan farq qilsalar-da, ularning barchasining mantiqiy asosini matnning «quyi» bosqichidagi birliklaridan «yuqori» pog’onalari sari yurish va oxirgi natijani yaxlitlikdan, umumiy kontekstdan izlash an’anasi tashkil qiladi. Shu oqim tarafdori R.Bart matn tilshunosligini «Translingvistika» deb atab, «matn» tushunchasini keng ma’noda talqin qiladi va har qanday nutqiy tuzilmani unga tenglashtiradi. Fransuz olimi badiiy matn mazmuni kontekstual xususiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi.
U
1915-1980
Rolan Bartning e’tiroficha, matn - alohida turdagi axborot tashuvchi vosita, chunki u faqat axborot uzatish bilan cheklanib qolmasdan, balki tashviqot, estetik ko ’ngil ochish hamda marosimiy faoliyat maqsadlari uchun ham xizmat qiladi.
matnning mavjudligini «harakatdagi ma’noda» va «bu harakatning o’zi ma’no yaratish jarayoni» ekanligini ko’radi. Bart ma’no yaratilishining kontekstga bog’liq omillarini qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning tasnifini ham beradi va kontekstlar qatoriga matnning o’kuvchi tomonidan idrok etilishi sharoitlaridan tashqari, matn mavjud bo’ladigan («hayot kechiradigan») ijtimoiy muhit, «vaziyat» kontekstlarini ham kiritadi.
T
Rolan Bart «sinchkov o‘qish»
g‘oyasini taklif qiladi. Uning yozishicha, «e’tibor bilan, shoshmasdan va lozim bo‘lganda, toXtab o‘qish kerak, chunki biror bir to ‘siq, cheklovning bo‘lmasligi ish samarasining asosiy omilidir».
ranslingvistikaning o‘rganish obyekti bo‘lgan badiiy matn bunday qo‘shimcha, ikkilamchi axborot manbasi bo‘layotib, madaniy hodisalar safidan o‘rin oladi. Shunga ko‘ra, uning o‘ziga xos ko’rinishda ifoda topgan va lisoniy hududda qayd etilgan, tilshunoslikning katta hajmdagi lisoniy tuzilmalar, madaniy shakllar haqidagi fan sifatida e’tirof etilishi tabiiydir.
Badiiy matn mazmuni tahlilida kontekstga bog‘liq omillardan tashqari, uning o‘quvchi tomonidan idrok etilishini ham e’tiborga olish lozim bo‘ladi.
Badiiy asarning «yagona ma’nosi»ni topish qiyin yoki uning umuman yo‘qligiga Bart ham ishora qilgan edi.
Bizningcha, olimning ushbu fikriga faqat qisman qo‘shilish mumkin. «Oxirgi ma’no - cheklangan ma’nodir», deb yozgan edi bir paytlar M.M.Baxtin.
Badiiy asarning mazmuni ma’lum ijtimoiy, madaniy muhitda o’zgacha ko’rinish olishi mumkinligini ham inkor etib bo’lmaydi.
Ammo har qanday ko’rinishdagi mazmun uni ifodalovchi birlikning imkoniyatlari zahirasida mavjud bo’lgandagina faol ko’rinishni olishi mumkin.
Badiiy matn mazmunini anglash o‘quvchidan ijodkorona yondashuvni talab qiladi va bunda asar matnining dialogik yaxlitlik tuzilishiga ega ekanligini his etish, uni «bir tomonlama o‘qish» mumkin emasligini unutmaslik lozim.
B
Ya.Muxarjovskiyning talqinicha, badiiy matn, eng avvalo, kommunikativ vazifani bajaradi va u axborot tashuvchi semiotik birlikdir. Shunga asosan matnning har bir qismi kommunikativ qiymatga ega bo ladi.
artning talqinicha esa, har bir ma’no o‘z-o‘zicha mavjud, bu ma’nolar hosil bo‘lishi va yo‘qolishi, boshqalariga o‘rin bo‘shatib berishi mumkin. U holda matn mazmuni qismlarining mexanik tarzdagi
b
Do'stlaringiz bilan baham: |