Termoelektr termometrni o`lchov asbobi bilan ulaydigan simlar shunday
materiallardan tayyorlanadiki, ular o`zaro juft bo`lib, o`zlari ulangan termoelektr
termometrlar hosil kiladigan
EYuK ni (o`sha temperaturalarda) hosil qiladi.
Bunday talab taxminan
100°C temperatura bilan chegaralanadi, bundan yuqori temperaturada termoelektr
termometr va ulaydigan simlarning xarakteristikalari biriridan farq qilishi
mumkin. Bunday bo`lishiga yo`l qo`yiladi, chunki ulaydigan simlarning
temperaturasi, odatda, yuqori bo`lmaydi. Ko`rsatilgan talablar bajarilganda
termokompensasion simlar termoelektr termometrii (termoparani)
ulaydigan
simlar uzunligi qadar uzaytiradi, termoparaning erkin uchlari esa TEYuK ni
o`lchashga mo`ljallangan asbobning klemmalarida bo`lib qoladi. Yuqorida
ko`rsatilgan talabga rioya qilmaslik termoparaning erkin uchlarini o`lchash
simlari bilan ulaydigan joylarda ulanmalarning paydo bo`lishi natijasida „parazit"
TEYuK hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin.
Agar uzaytiruvchi simlar
termometrniki kabi darajalash xarakteristikasiga ega bo`lsa, „parazit" TEYuK
hosil bo`lishidan xalos bo`lishadi.
Uzaytiruvchi termoelektr simlar bir va ko`p simli qilib, izolyasiyada va
tashqi qoplama yoki qobiqlik
qilib ishlab chiqariladi, bu montaj qilish va
yotqizishda qulay. Izolyasiyalash uchun polivinilxlorid, polietillentereftalat va
ftoroplast plyonkalardan foydalaniladi. Izolyasiyadan tashqari simlar ko`pincha
polivinilxlorid qobiq yoki lavsan ip yoxud shisha ip bilan chirmab o`raladi.
Agar tashqi elektr magnit maydondan va mexanik ta`sirdan saqlanish talab
etilsa, unda mis, po`lat simli qoplama yoki ekranlar qo`llaniladi.
Har bir sim materiali izolyasiyaning o`z rangiga yoki simlarning o`ramasida
va qoplamasi rangidagi simlarga ega bo`ladi. 2.3-jadvalda termoparalar, tavsiya
etiladigan uzaytiruvchi
termoelektrod simlar, ularning belgilari va ranglari
keltirilgan.
2.3- jadval
Tavsiya etiladigan uzaytiruvchi termoelektrod simlari
Termopara
Uzaytiruvchi termoelektrod simlari
belgilar
Juft — simlar
rangi
Mis- kopelli
MK
Mis-kopel
Qizil (pushti)- sariq
(to`q sariq)
Mis-misnikelli
Xromel-kopelli
M
XK
Mis-konstantan Qizil (pushti)- jigarrang
Xromel-kopel
binafsha (qora)- sariq
(to`q sariq)
Nikelxrom-nikel
alyuminiyli
Platinorodiy- platinali
M
MT-NM
P
mis-konstantan,
mis-titan — nikel
mis
Qizil (pushti)- jigarrang
Qizil-yashil qizil-ko`k
mis qotishma TP
Qizil (pushti)-yashil
Volframreniy-
volframreniyli
M-MN
mis-qotishma MN,
2,4
Qizil (pushti) —
ko`k(zangori)