Nikelxrom-nikel
alyuminiyli
(
94% 𝑁𝑖 + 2% 𝐴𝑙 + 2,5 % 𝑀𝑛 +
1 % 𝑆𝑖 + 0,5%
qo`shilma) termometrlar turli muhit
temperaturalarini keng
chegaralarda o`lchash uchun qo`llaniladi. Ular avval xromel-alyumelli
termometrlar deb yuritilar edi. Nnkel-alyuminiy simdan tayyorlangan
termoelektrod oksidlanishga nikel-xromga nisbatan kamroq chidamli.
Qo`llanishning yuqorigi chegarasi termoelekgrod diametriga bog`liq. Diametri
3—5 mm bo`lgan termoelektrodlar uchun qo`llanishning
yuqorigi chegarasi
nikel-xrom-nikel-alyuminiyli termometrlarda 1000°C ni tashkil etadi. 0,2 — 0,3
mm diametr uchun 600°C dam ortiq emas.
Platinorodiy (90% platina 10% rodiy)-platinali termoelektr termometrlar
uzoq vaqt davomida 0 dan 1300°C temperatura oralig`ida, qisqa vakt davomida
1600°C gacha bo`lgan oraliqda ishlashi mumkin. Mazkur termometrlar
oksidlanadigan
va
neytral
muhitlarda
darajalash
xarakteristikasining
barqarorligini
saqlaydi.
Tiklanadigan
atmosferada
platinorodiy-platinali
termometrlar ishlay olmaydi, chunki termometr
termo EYuKining keskin
o`zgarishi yuz beradi. Bular ulardan foydalanish maksadiga qarab etalon, namuna
va ish termometrlari a bo`linadi. To`g`ri ishlatilganda darajalash uzok vaqt
davomida o`zgarmaydi. Kamchiliklariga termoelektr termometrlarning boshqa
turlarinikiga nisbatan TEYuK kamligini kiritsa bo`ladi. Termoelektrod simi
diametri 0,3 yoki 0,5 mm ni tashkil etadi.
Platinorodiy (30% rodiyli)-platinorodiyli (6% rodiyli)
termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida temperaturalarning +300° dan to 1600°C gacha
oralig`ida, qisqa vaqt davomida 1800°C gacha qo`llaniladi. Musbat elektrod —
30% rodiy va 70% platina qotishmasidan, manfiy elektrod —6% rodiy va 94%
platina kotishmasidan tashkil topgan. Mazkur termometrlar platinorodiy-platinali
termometrlarga
qaraganda
darajalash
xarakteristikalarining
barqarorligi
yuqoriligi bilan ajralib turadi, ammo bu termoelektrodlar ham tiklanadigan
muhitda yomon ishlaydi. Platinorodiy-platino-rodiyli termometrlarda termo
EYuK temperaturalarning
0. . . ± 3100℃ ± 1000℃
intervalida
ozgina hosil
bo`ladn, bu hol esa sovuq ulanmalar temperaturasiga tuzatish kiritishni talab
etmaydi.
Volframreniy-volframreniyli (TVR — 5/20 va TVR —10/20) termoelektr
termometrlar uzoq vaqt davomida 0° dan 2200°C gacha temperaturalarni va qisqa
vaqt davomida 2500°C gacha, shuningdek,
vakuumda, neytral va tiklanadigan
muhitlarda temperaturalarni o`lchashga mo`ljallangan. Musbat termoelektrod
95% volframdan va 5% reniydan yoki 90% volframdan va 10% reniydan tashkil
topgan qotishma, manfiy elektrod 80% volframdan va 20%
reniydan tashkil
topgan qotishma.
Termoparalarning ba`zi turlari (mis-kopelli, xromel kopelli, volframreniy-
volframreniyli BP 5/20 yoki BP 10/20) uchun avvalgi nomlari
va darajalash
xarakteristikalari ham qoldi. SEV standarti bu termoparalar uchun hech qanday
belgilashlar kiritmadi. Boshqa tur termoparalar
uchun yangi nomlar va
belgilashlar kirititildi: nikelxrom-nikelalyuminiyli termopara, K turi, avvalgi
nomi xromel-alyumelli va belgilanishi XA; darajalash xarakteristikasi o`zgarmay
qoldi. Platinorodiy-platinali va platinorodiy-platinorodiyli termoparalar uchun
belgilashlar o`zgaradi (PP o`rniga S, PR o`rniga V kiritiladi) va darajalash
xarakteristikasi o`zgaradi. Bundan tashqari, avvalda seriyali ishlab chiqarilmagan
qator yangi termoparalar joriy qilinadi:
Mis—mis-nikelli (mis-konstantan termoparasiga yaqin) T turi, temir-mis-
nikelli (temirkonstantan termoparasiga yaqin)
J
turi va nikal-xrom-mis nikelli, E
turi.
Turli muhitlar temperaturasini o`lchaydigan termoparaning sxemasi 2.6-
rasmda ko`rsatilgan. U g`ilof 1, qo`zg`almas yoki qo`zg`aluvchan shtucer
Do'stlaringiz bilan baham: