Ma'ruza № 2 Ферментларнинг тузулиши, ta’sir etish mexanizmi va faolligini boshgarilishi. Vitaminlar fermentlarning kofermentlari sifatida.
Reja:
2.1.Fermentlar тўғрисида умумий тушунча
2.2.Fermentlarning anorganik katalizatorlarga o`xshashlik va farqlari
2.3.Fermentlarning tasnifi
2.4.Fermentlarning struktura-funktsional tuzilishi
2.5.Oddiy fermentlar
2.6.Murakkab fermentlar
2.7.Ferment ta’sir etishining molekulyar mexanizmlari
2.8.Fermentlarning o`ziga xosligi
Fermentlar (lot. fermentum – achish, bijg`ish ma’bosini bildiradi)- bular biologik katalizatorlar bo`lib, organizm hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiruvchi moddalar.
Fermentlar –globulyar oqsillar Fermentning bir necha yuz zvenodan iborat polimer zanjirlari globula shaklida o`ralgan bo`ladi.
Fermentlarning ishtirokida tirik organizmlardagi modda va energiya alamshinuvi jarayonlari amalga oshadi.
Fermentlarning anorganik katalizatorlarga o`xshashlik va farqlari
Fermentlar va ferment bo`lmagan katalizatorlar katalizning umumiy qonuniyatlariga bo`ysungan holda quyidagi o`xshashliklarga ega:
Fermentlar faqat energetik imkoniyati bor reaktsiyalarni katalizlaydi.
Ular hech qachon reaktsiya yo`nalishini o`zgartirmaydi.
Fermentlar qaytar reaktsiya muvozanat holatini o`zgartirmasdan reaktsiyani tezlatadi.
Ular reaktsiya jarayonida sarf bo`lmaydilar. Shu sababli hujayradagi ferment biror bir parchalanish ta’siriga uchramaguncha ishlayveradi.
Ammo ferment biologik bo`lmagan katalizatordan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Bunday farqlar fermentlarning murakkab oqsil molekulasi ekanligi va tuzilishining o`ziga xosligiga bog`liq.
Fermentativ kataliz tezligi biologik bo`lmagan katalizatorlarga nisbatan ancha yuqori.
Fermentlar yuqori darajadagi spesifiklikka ega, ya’ni ularning katalitik ta’siri ma’lum turdagi kimyoviy reaktsiya bilan chegaralanadi.
Fermentlar kimyoviy reaktsiyalarni “yumshoq” sharoitda, ya’ni odatdagi bosim, yuqori bo`lmagan harorat (37°C atrofida) va muhit pH i neytralga yaqin bo`lgan sharoitda katalizlaydi.
Fermentlar faolligini boshqarish mumkin bo`lib, bu xususiyat biologik bo`lmagan katalizatorlar uchun xos emas
Fermentativ reaktsiya tezligi ferment miqdoriga to`g`ri proporsional
Fermentlar faqat tirik organizmlarda sintezlanadi.
Enargiya
Reaktsiyaning borishi
reagentlar
Mahsulot
fermentsiz
Ferment bilan
“Erkin” substratni faollash energiyasi
Ferment bilan bog`langan
substratni energiyasi
Substrat reaktsiyaga kirishi uchun faollanish energiyasi deb ataluvchi energiya kerak bo`ladi. Talab etiladigan faollanish energiyasi miqdori qancha ko`p bo`lsa, shu haroratdagi reaktsiya tezligi ham shuncha past bo`ladi. Fermentlar katalizator sifatida ta’sir etib, faollanish energiyasini pasaytiradi. Ular haroratni deyarli o`zgartirmasdan reaktsiyaning umumiy tezligini oshiradi.
Fermentlarning struktura-funktsional tuzilishi
Fermentlar uchun oqsil strukturasiga tegishli hamma xossalar tegishli. Xuddi boshqa funktsional oqsillar singari ular ham oddiy (protein-fermentlar) va murakkab (ferment-proteid) ga bo`linadi.
Murakkab fementlarning oqsil qismi - apoferment va oqsil bo`lmagan qismi – kofaktor deb aytiladi.
Fermentlarning kofaktorlari metall ionlari va kofermentlar.
Ferment
Murakkab
Oddiy
Aminokislotalar
Oqsil qismi
(apofement)
Oqsil bo`lmagan
qismi (kofaktor)
Metall ionlari
Kofermentlar
Vitaminli
Vitamin
bo`lmagan
Fermentning funktsional tuzilishi
Ferment molekulasida faol markaz mavjud bo`lib, S-substrat (ferment ta’sirida o`zgaradigan modda) bilan bog`lanuvchi qismdir.
Oddiy fermentlarda faol markazning aloqa va katalitik qismlarining funksional guruhlari vazifasini aminokislotalarning faqat yon radikallari bajaradi.
Murakkab fermentlarda esa bu jarayonlardagi asosiy vazifani kofaktorlar bajaradi.
Faol markazda substratga yaqinlikni, ya’ni spesifik bog`lanishni ta’minlaydigan kontakt yoki aloqa qismi hamda substratni kimyoviy o`zgarishini ta’minlaydigan katalitik faol markaz farq qilinadi. Odatda ferment faol markazini polipeptid zanjirning 12-16 ta aminokislota qoldiqlari tashkil qiladi.
Faol markazda substratga yaqinlikni, ya’ni spesifik bog`lanishni ta’minlaydigan kontakt yoki aloqa qismi hamda substratni kimyoviy o`zgarishini ta’minlaydigan katalitik faol markaz farq qilinadi. Odatda ferment faol markazini polipeptid zanjirning 12-16 ta aminokislota qoldiqlari tashkil qiladi.
Kataliz jarayonida fermentlarning quyidagi funksional guruhlari ishtirok etadilar:
dikarbon aminokislotalarning COOH va polipeptid zanjirning COOH guruhlari;
lizin va polipeptid zanjirning NH2 guruhi;
argininning guanidin guruhi;
triptofanning indol guruhi;
gistidinning imidazol guruhi;
serin va treoninning OH guruhi;
sisteinning SH va sistinning disulfid guruhi;
metioninning tioefir guruhi;
tirozinning fenol guruhi;
alifatik aminokislotalarning gidrofob zanjiri va fenilalaninning aromatik halqasi.
Fermentning birlamchi strukturasida
faol markazni tashkil etuvchi
aminokislotalar qoldiqlarining joy-
lashishi.
Ferment faol markazining fazoviy tuzilishi.
Ferment –substrat kompleksining
sxematik tasviri
Субстрат
3
4
5
20
24
25
26
43
Murakkab ferment molekulasida faol markazdan tashqari allosterik ( grekcha allos – boshqa, yot; steros – fazoviy, strukturaga oid) markaz ham bo`lib, u ferment molekulasida fazoviy jihatdan faol markazdan ajralgan. Allosterik markaz bilan bog`lanuvchi molekulalar tuzilishiga ko`ra substratga o`xshamaydi, lekin faol markaz konfiguratsiyasini o`zgartirgan holda substratni faol markaz bilan bog`lanishiga va o`zgarishiga ta’sir etadi.
Har bir ferment molekulasi bir nechta allosterik markazlarga ega bo`lishi mumkin. Allosterik markaz bilan bog`lanuvchi moddalar allosterik effekrorlar deb ataladi. Effektorlarni allosterik markazga birikishi ferment molekulasining uchlamchi, ba’zan to`rtlamchi strukturasini va unga muvofiq faol markaz konfigurasiyasini o`zgartirib, enzimatik faollikni kuchayishi yoki pasayishiga olib keladi. Shunga mos ravishda allosterik effektorlar ijobiy (aktivatorlar) yoki salbiy (ingibitorlar) deb ataladi. Gormonlar va ularning unumlari, turli xil metabolitlar (modda almashinuvining mahsulotlari), mediatorlar va boshqalar allosterik effektorlar bo`lishi mumkin.
Har bir ferment molekulasi bir nechta allosterik markazlarga ega bo`lishi mumkin. Allosterik markaz bilan bog`lanuvchi moddalar allosterik effekrorlar deb ataladi. Effektorlarni allosterik markazga birikishi ferment molekulasining uchlamchi, ba’zan to`rtlamchi strukturasini va unga muvofiq faol markaz konfigurasiyasini o`zgartirib, enzimatik faollikni kuchayishi yoki pasayishiga olib keladi. Shunga mos ravishda allosterik effektorlar ijobiy (aktivatorlar) yoki salbiy (ingibitorlar) deb ataladi. Gormonlar va ularning unumlari, turli xil metabolitlar (modda almashinuvining mahsulotlari), mediatorlar va boshqalar allosterik effektorlar bo`lishi mumkin.
Allosterik fermentlar odatda oligomer tuzilishida strukturasida bir-biridan ma’lum masofada joylashgan bir nechta faol markaz va bir nechta allosterik boshqaruvchi markazlari borligi aniqlangan.
Substrat molekulasi bilan ferment faol markazi o`rtasidadagi bog` yetarli darajada kuchsiz bo`lishi kerak. Chunki reaktsiya tugaganidan so`ng hosil bo`lgan mahsulot faol markazdan osonlik bilan ajralishi kerak.
Faol markazdagi substrat molekulalari vodorod bog`lari yoki ion guruhlarining o`zaro ta’siri natijasida ushlab turliadi.
Hosil bo`lgan mahsulotlar shakli jihatidan faol markazga mos kelmaydi. Shu sababli ular faol markazdan ajraladilar, faol markaz esa boshqa substrat molekulalarini qabul qilishga tayyor bo`ladi.
Substrat
va ferment
faol markazining
o`zaro ta'siri
Mixaelis-Menten fikri bo`yicha fermentativ kataliz jarayonining borishi:
Fermentativ kataliz jarayonini shartli ravishda o`ziga xos 3 bosqichga bo`lish mumkin:
Substratni fermentga diffuziyalanishi va uni fermentni faol markazi bilan bog`lanib, ferment-substrat kompleksi – ES ni hosil bo`lishi.
Birlamchi ferment-substrat komplekslaridan bir yoki bir nechta faollashgan ferment-substrat komplekslari – ES* va ES** ni hosil bo`lishi.
Fermentning faol markazidan reaktsiya mahsulotini ajralishi va muhitga tarqalishi – EM kompleksi E va M (mahsulot) ga ajraladi.
1894 yilda nemis kimyogari Fisher fermentning o`ziga xosligi uning shakliga bog`liq bo`lib, shakli substrat molekulasi bilan aniq darajada mos keladi.
Bu farazni “qulf va kalit” farazi deyiladi: bunda substrat “kalit”ga o`xhsatilib, shakli jihatidan “qulf”, ya’ni fermentga aniq mos keladi.
Fisher modeli
1959 yilda Koshlend “qulf va kalit” gipotezasiga o`zgartirish kiritdi. U ferment va substrat o`rtasida dinamik o`zgarish bo`lishini ko`rsatib berdi.
Substrat ferment bilan bog`langanda ferment molekulasida qandaydir o`zgarishlar yuzaga keladi.
Fermentning faol markazini tashkil etgan amiunokislotalar ma’lum shaklni egallaydi va ferment o`z vazifasini bajarishiga yordam beradi.
Qo`lga qo`lqop kiyganda shaklning o`zgarishi bu hodisaga analogi holat hisoblanadi.
Koshlend modeli.
Koshlendning fikriga ko`ra ferment molekulasi qattiq emas, aksincha yumshoq, cho`ziluvchan bo`lib, fermentning konfiguratsiyasi va uning faol markazi substratlar yoki boshqa ligandlar birikishi jarayonida o`zgaradi. Faol markaz –substratni yopishtiruvchi emas, balki substrat unga birikish vaqtida mos keluvchi shaklni qabul qilishga majburlaydi (shuning uchun ham “majburiy moslik” deb nomlanadi).
“Majburiy moslik” farazi bir qator fermentlarning substratga birikishidan keyin faol markazning funktsional guruhlarining joylashishini o`zgarishi qayd etilgandan so`ng tajribada o`z tasdig`ini topdi.
"Majburiy moslik"
Koshlend gipotezasini namoyish etuvchi sxema. Substrat ferment bilan bog`lanib, uni o`zgartiradi, natijada fermentning faol guruhlari yaqinlashadi. Hajmi yirikroq yoki kichikroq bo`lgan molekulalar ferment bilan o`zaro ta’sirlasha olmaydilar.
АТФ АДФ + Ф
Энергия
Ход реакции
Аденозинтрифосфорная кислота
Аденозиндифосфорная кислота
Остаток фосфорной кислоты
Н2О
Substratlar orasida bog`lar hosil bo`lishi uchun ular bir-biri bilan yaqin joylashgan bo`lishi kerak.
Bunda qulf va kalit mexanizmi bo`yicha boradi, lekin bir fermentga ikkita substrat to`gri keladi.
Birikish reaktsiyalari
Fermentlar ta’sirining o`ziga xosligi.
1. Stereokimyoviy substrat spetsifiklik.
2. Mutlaq spetsifiklik.
3. Mutlaq guruhli spetsifiklik
4. Nisbiy guruhli spetsifiklik
5. Nisbiy substratli spetsifiklik
1. Stereokimyoviy substrat spetsifiklik. Organizmda sintezlanadigan yoki metabolik almashinuvlarda parchalanadigan moddalar aksari qismi optik faoliyatga ega bo`lib, stereoizomer shaklida faqat tabiiy moddalarda uchraydi va barcha jarayonlarda qatnashadi. Masalan, yuqori darajadagi organizmlarda qandlarni asosan D-qator, aminokislotalarni esa L-qator izomerlari tarqalgan va metabolik o`zgarishlarga beriladi. Shuning uchun ham fermentlarning ko`pchiligi ikkita optik izomerdan faqat bittasiga ta’sir ko`rsatishi tabiiy. Bu hodisaga stereokimyoviy spetsifiklik deyiladi. Masalan fumaratgidrataza faqat fumarat kislotaning trans-izomeriga ta’sir etib, uning stereoizomeri malat kislota(sis-izomer)ga ta’sir etmaydi.
CH – C ООH C H – CООH
HООC – C H C H – CООH
fumarat malat kislota
2. Mutlaq spetsifiklik.
Spetsifiklikning eng qat’iy va eng ko`p tarqalgan turi mutlaq spetsifiklikdir. Bu turdagi spetsifiklikka ega bo`lgan ferment faqat bittagina substratga ta’sir etadi va substrat molekulasidagi ozgina o`zgarish ham uning faolligini yo`qolishiga olib keladi. Bunga misol qilib jigarda uchraydigan arginaza fermentini keltirish mumkin. Shuningdek, ureaza fermenti faqat mоchevinani o’zgarishini katalizlaydi
ureaza
H2 N – CО – NH2 NH3 + CО2
mochevina
3. Mutlaq guruhli spetsifiklik
faqat o`xshash substrat guruhlarini katalizlaydi. Masalan, alkogoldegidrogenaza faqat etanolga emas, har xil tezlikda bo`lsa ham boshqa alifatik spirtlarga ham ta’sir etadi.
О
//
CH3 – CH2 – ОH alkоgоldegidrоgenaza CH3 – C
etanоl
-H2 H
atsetat (sirka) aldegidi
4. Nisbiy guruhli spetsifiklik
ferment substrat molekulasining spetsifik guruhlariga ta’sir ko`rsatmay, substrat guruhlarining ma’lum bir kimyoviy bog`lariga ta’sir qiladi. Masalan, ovqat hazm qilish fermentlari – pepsin, tripsin turli oqsillardagi aminokislotalardan hosil bo`lgan peptid bog`iga spetsifik uzadi.
5. Nisbiy substratli spetsifiklik
ferment turli xil guruhlariga tegishli bo`lgan kimyoviy birikmalarni katalizlaydi. Masalan, sitoxrom P450 fermenti 7000 ga yaqin turli xil moddalarning gidroksillanishida ishtirok etadi. Bu spetsifiklikka ega bo`lgan fermentli sistema tabiiy moddalar, dori va zaharlarning o`zgarishlarida, metabolizmida katta ahamiyatga ega.
Vitaminlar tasnifi
Vitaminlar oziq-ovqatning turli komponentlariga bog’liq bo’lishiga qarab, eruvchanligi asosida, ikki katta guruhga:
1) Suvda eruvchi vitaminlar - ularga B guruh vitaminlar va C vitaminlar kiradi.
2) Yog’da eruvchi vitaminlar - A,D,E,K vitaminlari kiradi.
Vitaminlar klassifikatsiyasi
Harflardagi ko’rinishi
|
Kimyoviy nomi
|
Kimyoviy formasi
|
|
|
Fiziologik nomlanishi
|
|
|
Biologik nofaol
|
Biologik faol
|
|
|
|
|
|
unumlari
|
kofermentlar
|
|
|
Suvda eruvchan vitaminlar
|
|
|
|
|
B1
|
Tiamin
|
Tiamin
|
Tiamin difosfat,tiamin trifosfat
|
|
Antinevrit
|
B2
|
Riboflavin
|
Riboflavin
|
|
FMH, FMH·H2, FAD, FAD·H2
|
Bo’y o’stiruvchi vitamin
|
B3
|
Pantoten kislotasi
|
Pantotenat
|
|
Pantetein-4-fosfat, KoA, defosfo-KoA
|
|
B5 (PP)
|
Niasin
|
Nikotinamid, nikotin kislotasi
|
|
NAD+, NAD·H, NADFH2
|
Antepellargik
|
B6
|
Pirodoksin
|
Pirodoksin, piridoksamin, piridoksal
|
|
PALF, PAMF
|
Antidermatit
|
B9 (Bs)
|
Folasin (Fol kislotasi)
|
Folasin
|
|
Tetragidrofol kislota
|
Bo’y o’stiruvchi faktor
|
B12
|
Sianokobalamin
|
Sianokobalamin oksokobalamin, nitritkobolamin
|
|
Metilkobolamindezoksiadenozilkobolamin
|
Antianimek
|
H
|
Biotin
|
Biotin
|
|
Karboksibiotin
|
Antiseboriyni
|
C
|
Askorbin kislotasi
|
Degidroaskorbin kislota
|
Askorbin kislota
|
|
Antisingotniy
|
Vitaminlarning organizmdagi metabolizmi
1) Ayrim vitaminlar organizmga provitamin holida tushib, to’qimalarda biologik faol vitaminlarga aylanadi.
2) Yog’da eruvchi vitaminlar xilomikronlar tarkibida so’rilib, to’qimalarda to’planadi va biokimyoviy jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi.
Vitaminlarning organizmdagi balansi
Gipovitaminoz-vitaminlarning organizmda qisman yetishmasligi.
Monogipovitaminoz-bitta vitaminnig organizmda yetishmasligi.
Poligipovitaminoz-bir vaqtning o’zida bir necha vitaminning yetishmasligi.
Avitaminoz-organizmga vitaminlar umuman tushmasligi yoki organizm uni umuman o’zlashtira olmasligi.
Gipovitaminoz sabablari
Gipovitaminoz kelib chiqishining 2 xil sababi bor: endogen va ekzogen.
Ekzogen gipovitaminoz sabablari:
Vitaminga boy bo’lmagan oziq-ovqat iste’mol qilish
Ratsionda doimiy ravishda bir xil turdagi oziq-ovqatlarni iste’mol qilish.
Ichak mikroflorasining tarkibini o’zgarishi.
Uzoq vaqt antibiotik va sulfanilamid preparatlarini iste’mol qilish (disbakterioz).
Endogen gipovitaminoz sabablari:
Organizmning vitaminlarga bo’lgan ehtiyojining keskin ortib ketishi
O’smirlik, homiladorlik, laktatsiya, tireotoksikoz va boshqalar
Ichak mikroflorasining o’ta ko’payib ketishi natijasida u yerda vitaminlarning parchalanib ketishi
Ichak sekretor funksiyasi buzilishi sababli vitaminlarning ichakda so’rilishining va transportining buzilishi
Jigar kasalliklari, oshqozonosti bezi kasalliklaritufayli yog’lar hazmlanishining buzilishi, shu jumladan yog’da eruvchi vitaminlar so’rilishining buzilishi.
Suvda eruvchi vitaminlar
Metabolizmi: barcha suvda eriydigan vitaminlar oddiy diffuziya yo’li bilan ingichka ichakdan so’riladi. To’qimalarda koferment shaklida o’tib fermentlar tarkibiga kiradi.
Suvda eruvchi vitaminlar qatoriga B vitaminlar kompleksi, C, P vitaminlar kiradi. C vitamin yoki askorbin kislota ho’l meva va sabzavotlarda ayniqsa ko’p miqdorda uchraydi. U singa kasalligini davolaydigan yagona omildir. C vitaminga qon tomirlari devorining o’tkazuvchanligi va mo’rtligini kamaytiradigan P vitamini-rutin yoki flavonlar deb ataladigan omil yaqin turadi.
Tiamin, B1 vitamin – Antipolinevrit
Bu vitaminning organizmda yetishmasligi beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nervlarning yallig’lanishi) ga sabab bo’ladi. Bu kasallik falajlikka, yurak va qon tomirlari hamda oshqozon-ichak yo’li ishining buzilishiga olib keladi, suv almashinuvi ham o’zgarib, shish paydo bo’ladi.
Manbai: boshoqli o’simliklar kepagi, yirik tortilgan undan yopilgan non, achitqilar. Hayvon mahsulotlaridan jigar, buyrak, yurak vitaminga boy.
Metabolizmi: oddiy dffuziya yo’li bilan ichakdan qonga so’riladi. Jigarda tiaminfosfokinaza ishtirokida hosil bo’ladi. Tiaminning teng yarmi muskullarda, 40%i ichki organlrda, jigrda bo’ladi. Vitamin ingichka ichakdan qonga o’tadi, qon orqali jigarga boradi. U yerda TMF, TDF, TTF hosil bo’ladi va umumiy qon aylanish doirasiga o’tib organ va to’qimalarga boradi. TDF faol bo;lib apofermentlari bilan bog’lanadi. Bir qism zapas holda to’planadi. Kofermentlar parchalanganda yana erkin tiamin hosil bo’lib qon orqali siydik bilan chiqariladi.
Biokimyoviy funksiyasi: PDG (piruvatdegidrogenaza), 2-oksoglutarat kompleksi tarkibiga kiradi. Mitoxondriiyada piruvat va 2-oksoglutaratlarni oksidlanishi, uglevodlar va almashinuviga , u xususan, pirouzum (piruvat) kislota metabolizmiga aralashadi. B1 vitamin yetishmagan kaptar miyasida va polinevrit bilan kasallangan odamlarda pirouzum kislotaning oksidlanishi va kislorodning yutilishi jarayonlari pasayishi tasdiqlangan natijada miyada va boshqa to’qimalarda piruvat kislota to’planadi. Bu buzg’unlik B1 vitaminning bajaradigan funksiyasining modda almashinuvida yetishmasligi oqibatidir.
Biokimyoviy funksiyasi: PDG (piruvatdegidrogenaza), 2-oksoglutarat kompleksi tarkibiga kiradi. Mitoxondriiyada piruvat va 2-oksoglutaratlarni oksidlanishi, uglevodlar va almashinuviga , u xususan, pirouzum (piruvat) kislota metabolizmiga aralashadi. B1 vitamin yetishmagan kaptar miyasida va polinevrit bilan kasallangan odamlarda pirouzum kislotaning oksidlanishi va kislorodning yutilishi jarayonlari pasayishi tasdiqlangan natijada miyada va boshqa to’qimalarda piruvat kislota to’planadi. Bu buzg’unlik B1 vitaminning bajaradigan funksiyasining modda almashinuvida yetishmasligi oqibatidir.
Yetishmovchiligi: beri-beri kasalligi, nerv ustunlarining spetsifik shikastlanishi, yurak sohasining bezillab turishi va yurak isqarish ritmining tezlashishi, oyoqlarda, qorinda shish pydo bo’lishi, perisaltika va me’da sekretsiyasining susayishi, ich qotishi, talvasa tutishi, muskullarnin falajlanib, keyin atrofiyaga uchrashi bilan namoyon bo’ladi.
Ishlatilishi: erkin tiamin, TDF (kokarboksilaza), yurak va skelet muskullarui distrofiyasida qo’llanandi.
B2 vitamin, riboflavin
B2 vitamin, riboflavin – bo’y o’stiruvchi vitamin. Shu sababli ham B2 avitaminozining asosiy belgisi o’sishning to’xtashidir. Odam organizmida bu vitamin ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanib turadi. Shuning uchun odamlarda B2 avitaminozini hosil qilib bo’lmaydi.
Manbai: o’simlik mahsulotlari, achitqilar, dukkaklilar vitaminga boy manbadir. Sut, pishloq, tuxum, go’sht, jigar, buyrak, miyada u ko’p bo’ladi. Katta odamlarning kundalik ehtiyoji 2-3mg ga teng.
Metabolizmi: ovqat mahsulotlari tarkibida riboflavin oqsil bilan bog’langan. FMN va FAD ko’rinishida bo;ladi. Ovqat hazm qiluvchi farmantlar ta’sirida erkin riboflavin hosil bo’ladi va oddiy diffuziya yo’li bilan ingichka ichakda so’riladi. Ichakning shilliq qavati va bishqa to’qimalarda riboflavindan FMN va FAD hosil bo’ladi. Bu kofermentlar flavinli ferment tarkibidga kiradi. Flavoproteidlar yangilanishidan hosil bo’lgan riboflavin siydik bilan chiqariladi.
Biokimyoviy funksiyasi: B2 vitaminining ta’ir mexanizmi uning flavoproteidlar deb ataladigan fermentlar guruhining prostetik qismini tashkil qilishiga bog’liq. Elektron va protonlarni tashishda piruvat, suksinat, 2-oksoglutarat, alfa glitseral fosfat va yog’ kislotalarining mitoxondriyalarida oksidlanishida qatnashadi.
Yetishmovchiligi: FMN kamayishi kuzatiladi.
Yetishmovchiligi: FMN kamayishi kuzatiladi.
Belgilari: bo’yning o’sishdan to’xtashi, terining yallig’lnishi – dermatit, ko’z muguz pardasiningvaskulyarizatsiyalanishi (ko’z muguz pardasida qon tomirlarining o’sib ketishi), soch to’kilishi, til so’rg’ichlarining atrofiyalanishi (glossit), puls (tomitr urishi) ning siyraklashishi, lab chetlari yorilib quriydi, yuz terisi quriydi. Avitaminoz nerv sistemasida falajlanish va talvasa tutishi bilan xarakterlanadi.
Ishlatilishi: meditsinada riboflavin va unung kofermenti FMN ishlatiladi. FAD turli formada chiqariladi.
B3 Pantoten kislota (Pantotenat)
B3 Pantoten kislota (Pantotenat) – yetishmaganda hayvonlarda har xil patologik belgilar: jo’jalarning o’sishdan to’xtashi, dermatit, kalamush va boshqa hayvonlar juni hamda patining oqarishi, kalamushlarda buyrak usti bezi nekrozi va qon quyilishi, ishtaxaning yo’qolishi, nerv falajlari, ichki a’zolar kasalliklarining belgilari paydo bo’ladi.
Manbai: Drojji, jigar, tuxum, baliq, sut, go’sht va dukkakli o’simliklar. O’simliklarning yashil yaproqlarida ham pantotenat ko’p bo’ladi. Katta odamlarning kundalijk ehtiyoji – 10mg.
Metabolizmi: oddiy diffuziya orqali so’rilishi ingichka ichakda sodir bo’ladi. So’rilgan vitamin qondan to’qimalarga quyiladi. To’qimalarda pantotenat kofermentlari: 4-fosfoprotein , defosfo-KoA, KoA sintezi bo’ladi. Shu kofermentlarni sintezlovchi fermentlarning nabori sitoplazmada bo’ladi. Kofermentlarning katabolizmi ularning gidrolizlanishi orqali boradi. Asosiy parchalanish mahsuloti erkin pantotenat kislota 90% siydik bilan chiqariladi.
Biokimyoviy funksiyasi: Pantotenat kislota koenzim A (koferment A) ning tarkibiy qismi ekanligi ma’lum bo’lishi bilan uning juda ko’p muhim biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etishini belgilaydi. Koenzim A hujayra almashinuvida muhim ahamiyatga ega bo’lgan atsil (kislot qoldiqlari) ni ko’chirish reakiyalarining kofermentlaridir.
1)yog’larning oksidlanishi va faollanishida;
1)yog’larning oksidlanishi va faollanishida;
2)xolesterin, keton tanachalari, atsetil xolin, atsetil glyukozamin sintezida;
3)biogen aminlarni atsetillanishida;
yot moddalarning atsetillanishi reaksiyalarida (zararsizlanishida) va gippur kislotaning hosil bo’lishida;
5)piruvat va 2-oksoglutaratni oksidlanishida ishtirok etadi.
Yetishmovchiligi: kuzatilmagan.
Ishlatilishi: pantatenat kalsiy, pantatein KoA turli dorivor formalarida va parfyumeriyada ishlatiladi. Asosan, teri, soch, jigar shikastlanganda, yurak distofiyasida ishlatiladi.
PP vitamin, nikotin kislota, niasin - antipellargik
Manbai: go’sht mahsulotlari, jigar, sut, tuxum, kepaklar. Katta odamlarning kundalik ehtiyoji 15-25mg.
Yetishmovchiligi: pellagra: uchta D kasalligi (dermatit, diareya, demeniya).
Ishlatilishi: nikoton kislota va nikotinamid.
B6 vitamin, piridoksin - antidermatit
Manbai: bug’doy kepagi, pivo achitqisi, arpa, makkajo’xori, jigar va go’sht mahsulotlari. Katta odamlarning kundalik ehtiyoji: 2-3mg.
Yetishmovchiligi: bolalarda sudorga, katat odamlarda nerv sistemasi qo’zg’aluvchanligi.
Ishlatilishi: izoniazidlarni noj’ya ta’sirini oldini olish uchun va gipiviatminoz B6 da ishaltladigan dori formasi-PALF olingan.
B9 Folat kislota v uning hosilalari-antianemik
Manbai: achitqilar, gulkaram, loviya, ismaloq. Hayvon mahsulotalridan jigar, go’sht, tuxum sarig’i. katta odamlarning kundalik ehtiyoji 400mg. Homilador ayollarda 800mg.
Yetishmovchiligi: qon hosil bo’lishining buzilishi va kamqonlik belgilari. Megaloblastik anemiya.
Ishlatilishi: folat kislota preparatlari anemiyaning turli formalarida ishlatiladi.
B12 vitamin Kobalamin-antianemik
Manbai: mikroorganizmlar va hayvon mahsulotlari, jigar, tuxum, sut, buyrak. Sutkalik ehtiyoj yosh organizm uchun 0,001mg, katta odam uchun 2-5mg.
Yetishmasligi: xavfli kamqonlik (pernitsioz anemiya), yoki Adisson-Birmer anemiyasi.
Ishlatilishi: sianokobalomin (hozirda dezoksiadenozilkobalamin) megoblastik anemiyada, orqa miya va periferik nervlar zararlanganda ishlatiladi.
C vitamini, askorbin kislota-antisingali
Manbai: na’matak mevalari qora smorodina, sitrus o’simliklari, yangi sabzavotlar, kartoshka, pomidorlar.
Yetishmochiligi: singa kasalligi kelib chiqadi.
Ishlatilishi: askorbin kislotasi gipovitaminozda, regeneratsiya jarayonnlatrini stimullashda, kasallangan to’qimalarni tiklashda, nafas olish yo’llarini o’tkir yallig’lanishi kasalliklarid ishlatiladi.
Suvdа eruvchan vitaminsimon moddalar
Biotin bir qator karboksillash va dekarboksillash reaksiyalarida muhim rol o’ynaydi.
Katta odamalrning biotinga bo’lgan kundalik ehtiyoji 0,025mg. Ichakdagi mikrooorganizmlar faoliyati natijasiad hosil bo’ladi.
Yog'da eriydigan vitaminlar klassifikatsiyasi va ularning unumlari
Harflardagi ko’rinishi
|
Kimyoviy nomi
|
Kimyoviy formasi
|
|
|
Fiziologik nomlanishi
|
|
|
Biologik nofaol
|
Biologik faol
|
|
|
|
|
|
unumlari
|
kofermentlar
|
|
|
Yog’da eruvchan vitaminlar
|
|
|
|
|
A
|
Retinol
|
Retinilatsetat,retinilpalmitat
|
Retinol, retinal, retinol kislotasi
|
|
Antikseroftalmik
|
D
|
Kaltsiferollar
|
Ergokaltsiferol (D2), xolekaltsiferol (D3)
|
1,25-digidroksikaltsiferol
|
|
antiraxitik
|
E
|
Tokoferollar
|
|
Α,β,γ,δ-tokoferpllar, tokotrienollar va ularning efirlari
|
|
antistiril
|
K
|
Naftoxinollar
|
|
Filloxinon (K1), menaxinon (K2)
|
|
Antigemorogik
|
Vitaminsimon yog’da eruvchi moddalar
|
|
|
|
|
|
F
|
Essensial yog’simon kislotalar
|
|
Olienli, linolli, linoleinli, araxidonli
|
|
|
|
Ubixinon (koferment Q)
|
|
|
Ubixinon (KoQ), ubixinol (KoQ2)
|
|
Vitamin A Retinol - antikseoftalmik
Manbai: asosan hayvon mahsulotlari,jigar, baliq yog’i, jigari, tuxum sarig’I, sut, sabzi. Sutkalik miqdori 1.5mg.
Yetishmasligi: shapko’rlik, bo’y pastlik, giperkeratoz, teri qurishi, ko’z atrofini qurishi.
Ishlatilishi: ko’rish qobiliyatini yaxshilashda, bolalarda bo’y o’stirishda, bepushtlik profilaktikasida.
Manbai: baliq jigari, losos, yog’, sut va sut mahsulotlari, tuxum. Bolalarning kundalk ehtiyoji 12-25mkg.
Manbai: baliq jigari, losos, yog’, sut va sut mahsulotlari, tuxum. Bolalarning kundalk ehtiyoji 12-25mkg.
Yetishmovchiligi: bolalarda raxit kelib chiqadi.
Vitamin K Naftixinon - antigemorrogik
Manbai: sabzavot va ildiz mevalarida, karam, qizil sabzi, shpinat, jigar. Sutkalik miqdori 2mg, yosh organizm uchun 2 marta ko’p.
Yetishmasligi: qon uyulishi, shikastlanganda qon oqishini tezlashishi, ichak mikroflorasini buzilishi.
Ishlatilishi: qon ketgnda qonni quyultirish uchun ishlaitladi.
Vitamin E Tokoferol - antisteril
Manbai: o’simlik yog’lari, sut mahsulotlari.
Yetishmovchiligi: to’qima membranasi patologiyasi, jigar nekrozi, miyani yumshab qolishi.
Ishlatilishi: jigar kasalliklarida, homiladorlikda profilaktikada.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |