Ma’ruza №2: Axborot infratuzilmasini fizik ximoyasini ta’minlash. Sodda shifrlash algoritmlari. Ma’lumotlarni shifrlash va arxivlash vositalari



Download 366,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana11.11.2022
Hajmi366,08 Kb.
#864388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-Ma`ruza

Fizik xavfsizlik
– tashkilot axborot xavfsizligi dasturining muhim qismlaridan 
biri bo’lib, oldingi davrlarda insonlar fizik xavfsizlikni ta’minlashda kalit, qo’riqchi, 
to’siq, eshik va shunga o’xshash vositalaridan foydalanganlar. Hozirgi kunda, fizik 
xavfsizlikning shakli keskin o’zgarib bormoqda va tashkilotlardan ishchi kuchlari, 
aktivlar va ko’chmas mulklar himoyasining nazorati talab etilmoqda. Mazkur 
aktivlarning fizik xavfsizligini ta’minlash tashkilot uchun muhim vazifalardan biri 
bo’lib, fizik xavfsizlikni loyihalashda binoning arxitekturasiga, jixozlanishiga, 
ishchi kuchlariga, tabiiy hodisalarga, quvvat manbaiga, haroratni nazoratlashga va 
boshqalarga e’tibor beriladi. Fizik xavfsizlikning vazifasi dasturiy ta’minot va 
qurilmalarni o’z ichiga olgan tashkilot binosini va aktivlarini o’g’irlikdan, 
bosqinchilikdan, tabiy ofatlardan, iqlim o’zgarishlaridan, muhit o’zgarishlaridan va 
inson tahdidlaridan himoyalashdir. Tashkilotni mos ko’p sathli himoyalash choralari 
turli fizik tahdidlardan himoyalaydi. Xavfsizlikning birinchi sathi tashkilot 
binolariga tashqaridan kirishni va tashqi transport vositalarining harakatini 
nazoratlaydi. Mazkur himoya sathi tashqaridan keluvchini yoki buzg’unchini 
tashkilot binosiga ruxsatsiz kirishini oldini oladi va tashkilotga dastlabki sathda 
bo’lishi mumkin bo’lgan xavflarni kamaytiradi. Himoyaning keyingi sathi 


transportlarni, insonlarni va boshqa tashkilot aktivlarini ichki va tashqi xavflardan 
himoyalaydi. Ushbu sathda uzluksiz elektr quvvati bilan ta’minlash, tashkilot asosiy 
binolarini mashinalar to’xtash joylaridan ajratish, to’g’ri ventilyasiya tizimiga ega 
yaxshi jixozlangan suv quvur tizimini mos joyga o’rnatish, ogohlantirish tizimlari 
va h. ushbu bosqichda amalga oshiriladi. Keyingi sath fizik himoyaning eng muhim 
qismi bo’lib, tashqaridan va ichkaridan (xodimlar) kiruvchilar nazoratlanadi. Agar 
buzg’unchi fizik aktivga hujumni amalga oshirsa, u tashkilotning maxfiy axborotini 
qo’lga kiritishi mumkin. 
Fizik himoya tarmoq, ilova yoki ma’lumotlar bazasi xavfsizligi sohalariga 
o’xshash funksiyalarni bajarmay fizik xavfsizlik OSI modelining fizik sathida 
himoyani ta’minlaydi. Fizik sath quyidagilarni o’z ichiga oladi: - barcha kabel va 
tarmoq tizimlari; - tizim va kabellarni fizik nazoratlash; - tizim va kabellarning elektr 
ta’minoti; - tizimni madadlash muhiti. Fizik xavfsizlikka ta’sir qiluvchi omillar. 
Fizik xavfsizlikning buzilishiga ta’sir qiluvchi omillarni ikki guruhga ajratish 
mumkin: tabiiy/ muhit tahdidlari va inson tomonidan (sun’iy) amalga oshiriluvchi 
tahdidlar. Tabiiy tahdidlar. Toshqinlar odatda kuchli yomg’ir va muzlarning erishi 
natijasida yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr ta’minotiga va 
server xonalariga zarar yetishi mumkin. Odatda tashkilotlarda server xonalari 
binolar yerto’lasida joylashganligi sababli, toshqin yanada ko’proq zarar yetkazishi 
mumkin. Yong’inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari sababli 
yuzaga keladi. Yong’in natijasida tashkilotning kompyuter xonalari va ishchi 
binolari hamda qurilmalar, kabellar va boshqa muhim tashkil etuvchilarga to’liq 
yoki qisman zarar yetkazilishi mumkin. 
Zilzila yer qobig’ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli energiya natijasida 
to’satdan yuzaga keladi. U tashkiloning fizik infratuzilmasiga ta’sir etib, tashkilot 
ichidagi xavfsiz muhitda saqlangan kompyuter va boshqa qurilmalarga va 
hujjatlarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning 
o’zgarishi natijasida yuzaga kelib, barcha tashqi faoliyatning to’xtatilishaga olib 
keladi. Chaqmoq va momaqaldiroq natijasida elektr quvvati o’zgarib, ish faoliyatiga 
ta’sir qiladi va tashkilotdagi qurilmalarning xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan 
tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq natijasida kabellarda va boshqa ulanish 
tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga kelishi mumkin. 
Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo’ladigan salbiy ta’sirlarning aksariyat 
qismi insonlar tomonidan bilmay yoki atayin qilingan xato natijasida yuzaga keladi. 
Fizik xavfsizlik tizimiga insonlar tomonidan bo’ladigan quyidagi tahdidlar mavjud: 

Download 366,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish