Ma’ruza 16 O`qishni o`rgatish Reja


O`qish turlarini o`rgatish



Download 108 Kb.
bet5/6
Sana20.03.2022
Hajmi108 Kb.
#503262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma’ruza 16 - Oqishni orgatish

O`qish turlarini o`rgatish. Axborot olish niyatida o`qish – 1) amaliy maqsad, 2) ta’limiy vositadir. O`qish tom ma’nosi bilan ma’naviy ozuqa olish yo`lidagi harakat tarzidir. Chet tilda o`qish turlari esa ushbu amaliy maqsadga erishish yo`lidagi g‘oyat murakkab va ayni chog‘da muhim metodik masaladir. O`qish jarayonida bajariladigan vazifalar bilan bog‘liq aqliy operatsiyalar majmualari xilma-xil bo`lib, ularni metodika fanida o`qish turlari deyiladi. O`qish turlari va turchalari miqdori 50 taga boradi (ona tilida 45taga yetadi).
Ilmiy manbalarda o`qish turlarini aniqlashning bir nechta tartibi mavjud: 1) idrok xususiyati va tushunish jarayoniga ko`ra— analitik/sintetik o`qish; 2) ko`zlanadigan maqsaddan kelib chiqib — tanishuv/o`rganuv/kuzatuv o`qish; 3) oldindan ko`rilgan hozirlik munosabati bilan — tayyorlangan/tayyorlanmagan o`qish; 4) til tajribasi nuqtai nazaridan — tarjimali/tarjimasiz o`qish; 5) yordamchi vositalar ishlatish zaruriyati tufayli — lug‘at bilan/lug‘atsiz o`qish; 6) ishlash joyiga qarab — sinfda/uyda o`qish; 7) ishni tashkil etish tarziga binoan — yolg‘iz/xor bilan o`qish; 8) ovoz ishtiroki jihatidan — ichda/ovoz chiqarib o`qish va hkz.


Analitik yoki sintetik o`qish deganda, tafakkur shakllari (analiz, sintez) hisobga olinadigan, maxsus tahlil talab joylari mavjud yoki yo`q matnni idrok etish va anglash nazarda tutiladi. Sintetik o`qishda matnni yaxlitligicha idrok etib tushunidadi. Sintetik o`qish intensiv, kursor o`qish nomi bilan ham ataladi. Analitik o`qishda o`quvchi e’tibori til hodisalariga ham qaratiladi. Analitik o`qishni ekstensiv va diskursiv o`qish, deb ham yuritiladi.

Gapirish bobida ta’kidlanganidek, o`qishni o`rgatish jarayoni ham tayyorlangan va tayyorlanmagan bo`lishi mumkin. Tayyorgarlik sharti sifatida talaffuz va o`qish texnikasini egallaganlik, urg‘u va til uslubidan xabardorlik va leksik-grammatik materialni bilish nazarda tutiladi. O`qish mexanizmi ishlab chiqilganligi, tovush-harf munosabatining ma’lumligi va o`qish tezligi shakllanganligi ikkinchi shart sanaladi. Nihoyat, uchinchi masala, tayyorlanganlik o`quvchining umumiy bilim saviyasi, yosh xususiyati va yirik kontekstni egallash qobiliyati bilan belgilanadi. Ushbu shart-sharoitlar tayyorlangan/tayyorlanmagan o`qishni farqlashga sabab bo`ladi.


Ko`pchilik hollarda analitik/sintetik va tarjimali/tarjimasiz o`qishning farqiga borishmaydi. Analitik o`qishda o`quvchi e’tibori til shakliga qaratiladi, biroq matnni tushunish tarjimasiz bo`ladi. Sintetik o`qishda ham, yangi so`zlar uchrashidan qat’i nazar tarjimasiz va lug‘atsiz o`qiladi. Umuman tarjimasiz o`qish vositasida matndan axborot olishga erishiladi. Tarjima qilish yangi leksik birlikning lug‘at yordamida ma’nosini ochishdagina maqbuldir, oqibatda bu yerda ham mazmun o`rganiladi Matndan olingan parchaning tahlili uchun ham tarjimadan foydalaniladi. Shuningdek, o`quvchilarga ikki tillik (chet til — ona tili) lug‘at bilan ishlashni o`rgatish niyatida


kichik hajmdagi matnni yozma tarjima qildirish ma’qul topiladi. Lug‘atdan foydalanib o`qish odatda uyga vazifa qilinadi.


Yolg‘iz/xor bilan va ovoz chiqarib/ichda o`qish turlari, odatdagicha, axborot olishga mo`ljallanadi va, ikkinchi tomondan, o`qish texnikasini shakllantirishda xor bilan o`qish va ovoz chiqarib o`qish alohida ahamiyatga molikdir, ya’ni ulardan ta’lim vositasi sifatida ham foydalaniladi.

O`qishdan kutiladigan maqsadni hisobga olib, tanishuv/o`rganuv/kuzatuv o`qish turlari farq qilinadi. O`qishni o`rgatish metodikasida g‘oyat ko`p sonli atamalar qo`llangan. Shular orasida «tanishuv/o`rganuv/kuzatuv» o`qish nomlari hozirga kelib amaliyotda va nazariyada barqarorlashdi. Maktab sharoitida XX asrning 70—80-yillari mobaynida ushbu o`qish turlari keng joriy etildi va ijobiy samaralar bermoqda. Ularni amalda qo`llanish borasida qisqacha to`xtalamiz.




Tanishuv o`qish. Ba’zida uni «mazmunni yuzaki tushunish maqsadidagi o`qish» deb ham yuritishadi. Ushbu o`qish turida matnni to`liq va aniq tushunish kutilmaydi, balki u yoki bu masala yuzasidan nimalar bayon etilganligi o`quvchini qiziqtiradi, chunonchi: «yangi—tanish», «qiziq—qiziqarli emas», «tushunarli—tushunmadim» kabi xulosalar chiqariladi. Demak, o`qilganning umumiy yo`nalishdagi mazmunini o`rganish maqsadida «tanishuv o`qish» o`tkaziladi. Asosiy axborotni aniq o`zlashtirish va ikkinchi darajali xabarni esa umuman bilish, oqibatda matn mazmunining 70 %dan kam bo`lmagan qismini egallab olish kutiladi.

Matnlar hajmi kattagina (bir sahifadan kam emas) va tili oson bo`lishi tavsiya qilinadi. Birinchi bosqichda sinfda bajariladigan o`qish, bir oz malaka paydo bo`lishi bilanoq uyga beriladi, sinfda esa tushunganlik tekshiriladi. Tekshirishda matnning ikir-chikirigacha e’tibor berilsa, unda o`qishning boshqa (o`rganuv) turiga o`tib ketiladi.





Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish