Hamrobuvi:Yolg'onmi? Mana! (Xolnisoning hovlisiga o'tadi va uning haydagani esiga tushib darrov qaytadi.) Hoy, Omon, ma o'qi! Mening ko'zim o'tmaydi. (Omonga devor osha birxatni beradi.) Pastrog'idan o'qi. Pastrog'idan... Omon (o'qiydi). "...ketayotgan kunim..."
Bilib oling. Kirishlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so‘zlovchi o‘zi qo‘llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo‘llaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Ulardan shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha so‘zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‘zlar o‘z ichida ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha — badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha — publitsistik uslubga xosdir. Shuning uchun har qaysi kirish so‘zini o‘z o‘rnida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi.
Mashq: O‘qing. Kirish so‘zlarni ajrating.
1. Тo‘g‘ri-da, harna ko‘ngli yozilgani! Qolaversa, kasal onasiga madad bo‘ladi. 2. Rais ham Ra’noxonning ahvolini sezdi, shekilli, haytovur yo‘q demadi. 3. Тo‘g‘ri, qora kunga asrab qo‘ygan bug‘doyimiz ham, jo‘xori ham ko‘p edi. 4. Kun botmasidan oxirgi egatdagi kartoshkani ham terib oldik, xayriyat. 5. Oyim ,chamamda, bu gapni dadamga aytmadi. 6. Qiziq, zakunchi kelib ketishi bilan oraga g‘ashlik tushdi. (O‘.Hoshimov) 7. Binobarin, yoshlarimizni hayot so‘qmoqlaridan eson-omon olib o‘tish har bir insonning muqaddas burchidir. 8. Afsuski, bugungi kunda mafkura, targ‘ibot va tashviqot kerak emas, degan noto‘g‘ri xulosa bilan yashayotgan odamlar ham uchrab turibdi. 9. Ma’lumki, oqko‘ngil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yutuqlariga xuddi o‘z baxti, o‘z yutug‘i kabi qarab quvonadi. 10. Albatta, baxillik qon yo jon bilan o‘tadigan fiziologik hodisa emas. 11. Darhaqiqat, mundog‘ o‘ylab qaralganda, bola hadeb o‘ksinaversa kuygunchakka, kuygunchaklik hasadga, hasad esa baxillikka, nihoyat, baxillik ziqnalikka aylanganini ko‘rish mumkin. (M. Ismoiliy)
KIRITMALARNING USLUBIY XOSSALARI
1-topshiriq. Quyidagi matndan qavs ichiga olingan qismning ohangi va ma’nosiga e’tibor bering. Gapning asosiy qismi bilan qanday ma’no munosabati borligini ayting. Biz (bu safar menga Maktuba ham hamroh bo‘ldi) qishloqqa ertasiga kechqurun bordik. (O. Yoqubov)
Bilib oling. Nutq jarayonida so‘zlovchi muayyan tushuncha yoki fikrga bog‘liq qo‘shimcha ma’lumot bergisi kelishi mumkin. Ana shu qo‘shimcha ma’lumot ifodalovchi qism gapning asosiy qismidan to‘xtam va pastroq ohang bilan talaffuz qilinadi. Masalan, Uni tanishsa kerak (Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi. (O‘. Umarbekov)
Bu gapda asosiy axborot uni tanishsa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi qismi orqali ifodalanadi. Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam kam qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi tanishsa kerak bo‘lagi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotni ifodalaydi.
Juda muhim. Bu qo‘shimcha ma’lumot ifodalovchi qism gapdan tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy ma’nosiga ziyon yetmaydi. Qo‘shimcha ma’lumot beruvchi qism gapning asosiy qismlaridan past ohang bilan ajralib turibdi.
Eslab qoling. Gapning asosiy mazmuniga qo‘shimcha axborot qo‘shuvchi va alohida ohang bilan ajralib turuvchi qismga kiritmalar deyiladi.
BILASIZ. Kiritmalar asosan, kitobiy uslubga xos. Kiritmalar fikrga qo‘shimcha ma’lumot berganligi uchun, asosan, gap o‘rtasida keladi va yozuvda doimo gapning boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi.
Mashq: Kiritmalarni aniqlang, tinish belgilarini qo’ying.
1. Ko‘zlari bo‘taloqning ko‘zlariday javdirab turgan bu yosh, hurkak malakni uning ismi ham jismiga monand — Qorako‘z begim edi! amirga Buxoro hokimi Alp Тegin in’om qilib yuborgan. 2. Mana bir oydan oshdi, G‘aznadan maxfiy elchi Abulvafo Sariq kelib, Ibn Sino hazratlarini topolmay noumid qaytib ketdi hamki, amir har on, har daqiqa G‘aznadan sovuq xabar kutib gunohkor bandangni o‘zing kechirgaysen, Xudovandi karim! betoqat bo‘ladi, kechalari mijja qoqmay chiqadi. 3. Sarpardaning chap tomonida, baland qilib to‘shalgan oq kigizlar ustida... boshiga qora telpak, egniga uzun qora jun chakmon kiygan bir odam... Yo rab! — bu odam Sulton Mahmud G‘aznaviy edi! uzala tushib yotardi! 4. Mirzajon aka bizda birovni o‘ta hurmat qilsang, yosh bo‘lsa ham aka deymiz, men ham u kishini aka degim keladi... muloyim kulimsirab qo‘ydi. 5. Shundan keyin Saltanatni o‘ninchi sinfni bitiruvchilar kechasida bu to‘yga odatdagiday hammamiz yig‘ilgan edik ko‘rdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |