Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida “O‘zsanoatqurilishmateriallari”uyushmasi
Oxirgi yillarda qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Jumladan, 2019 yilda sohani jadal va kompleks rivojlantirish bo‘yicha 2ta qaror imzolangan. Xususan:
2019 yil 20 fevralda “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4198-sonli, va 2019 yil 23 mayda “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qarorlardir.
Soha rivojlanishining ayrim ko‘rsatkichlari.
2016 yilda respublikamiz bo‘yicha 6,8trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, yuqoridagi isohotlarni amalgaoshirilishi natijasida 2020 yilda 22 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki 2016 yilga nisbatan dinamika 3,2baravarni tashkil etdi. Xususan:
sement – 12,5 mln tonna yoki 145 foiz (8,6 mln tn);
qurilish oynasi – 20,2 mln kv m yoki 159 foiz (12,7 mln kv m);
keramik plitka – 17,3 mln kv m yoki 1,8 baravar (9,6 mln kv m);
gipsokarton – 61 mln kv m yoki 2,1 baravarni (29,4 mln kv m) tashkil etdi.
Bulardan tashqari bundan 3-4 yil oldin ishlab chiqarilmagan oboy (gulqog‘oz), gazobeton kabi yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Jumladan, o‘tgan yilda 2 mln o‘ram oboy, 1 mln kub metrdan ortiq gazoblok ishlab chiqarildi.
2020 yilda qurilish materiallari sanoati sohasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan qilingan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari hamda 2021 yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar .
Uyushma tomonidan Hukumat ko‘magida, tegishli vazirlik, tijorat banklari va hokimliklar bilan birgalikda sohada bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan,o‘tgan yilda qurilish materiallari sohasida 22 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 109 foiz o‘sishga erishildi. Jumladan, ushbu davrda 20,2 mlnkv metr qurilish oynasi, 12,5 mln tonna sement, 20,8 mln kv metr keramik plitka, 2 mln o‘ram oboy (gulqog‘oz), 1 mln kub metr gazoblok kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.
O‘tgan 2020 yilda 257 million dollarlik eksport amalga oshirilib, reja 128 foizga bajarildi. Bunda, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan (139,8 mln.dollar) 1,8 baravarni tashkil etdi. Eksport geografiyasi an’anaviy Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan tashqari, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Rossiya, Turkiya va Xitoy davlatlari hisobiga yanada kengaytirildi.
Jumladan, 2020 yilda 32,2 mln dollar sement, 20,6 mln dollar alyumin va PVX profillar, 16,5 mln dollar keramik plitka, 13,1 mln dollar quruq qurilish aralashmalari, 8,4 mln dollar ohak, 7,6 mln dollar gipsokarton, 3,8 mln dollar oboy kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.
Umumiy olib qaraganda, oxirgi 3 yilda eksport qo‘rsatkichlari
2018 yilda 80,4 mlndollardan 257 mlndollarga yoki 3,2 barobarga oshirildi. Agarda 2018 yilda qurilish materiallari faqatgina ananaviy bozorlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistonga eksport qilingan bo‘lsa, hozirda mahsulotlarimiz Afg‘oniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Litva bozorlarida ham o‘z o‘rnini egallamoqda.
Asosiy qurilish materiallarining importi o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga kamayib 467,6 mln dollarni tashkil etdi. SHundan, Uyushma korxonalarining importi 331 mln.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga kamayishiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |