Ma’ruza №1 Mavzu: Kirish. Yer osti kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlar. Dars maqsadi



Download 311,5 Kb.
bet4/11
Sana13.01.2022
Hajmi311,5 Kb.
#354848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yer osti kon lahimlari haqida umumiy ma’lumotlar

Lahim zaboyi (qazish joyi) – deb tog‘ jinslari massivining yemirilish (parchalanish) joyiga aytiladi. Bevosita uni o‘tkazish ishlari olib boriladigan lahimning zaboyga yondosh qismi zaboy oldi bo‘shlig‘i deyiladi. Bir nechta (ko‘pincha 2 ta, ayrim holda 3 ta) lahimlarning qo‘shilish joyi kon lahimlari tutashmasi deyiladi.

Vertikal lahimlar.

Vertikal lahimlar – Vertikal lahimlarga stvol, shurf, ge­zenk, to‘siq stvol, quduq kiradi.

Stvol (tana, o‘zak) – ochiq yuzaga chiqishga ega bo‘lgan vyertikal kon lahimi.

Stvol og‘zi – yer usti bilan stvol tutashmasi. Tashuvchi gorizontdan past darajasidan o‘tgan stvol qismi zumpf deyiladi. U ko‘tarma (transportli) jihozni joylashtirish uchun, suvni to‘plash va tortib chiqarish va birqancha boshqa maqsadlar uchun belgilangan. SHuni aytish lozimki, shaxtada doimo bir xil nomdagi lahimlar bir nechta bo‘ladi.

Bir xil turdagi lahimlar o‘rtasidagi farq uning tor, ya’ni chegaralangan vazifasiga ko‘ra lahim nomlanishida ko‘rsatish yo‘li bilan belgilanadi. Masalan, foydali qazilmani yuqoriga ko‘tarishni amalga oshiruvchi stvol asosiy stvol deyiladi, kishilarni ko‘tarish- tushirishni, matyeriallarni va jihozlarni tushirishni, jinslarni ko‘tarishni amalga oshiruvchi stvol yordamchi stvol deyiladi. Stvol shamollatuvchi, suv qaytaruvchi, to‘lg‘azma, yog‘och tushiruvchi va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Shurf – (sayoz quduq) – geolog- qidiruv va foydalanish ishlari uchun xizmat qiluvchi, yuqoridan o‘tkaziladigan, vertikal (ayrim hollarda qiya) uncha chuqur bo‘lmagan kon lahimi. Harakatdagi shaxtalarda shurflardan shamollatish uchun, shaxtaga jihozlarni tushirish uchun va yuqoriga chiquvchi zahira chiqish yo‘li sifatida foydalaniladi.

Gezenk – ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan va o‘z og‘irligi ta’siri ostida ko‘mir (jinslarni) tushirish uchun, kishilar harakatlanishi uchun hamda shamollatish va boshqa vazifalar uchun xizmat qiladigan vertikal kon lahimi.

To‘siq stvol – ochiq yuzaga bevosita chiqishga ega bo‘lmagan va shaxta gorizontlari o‘rtasida ko‘mir (jinslarni) ko‘tarish uchun, kishilarni, jihozlar va matyeriallarni ko‘tarish-tushirish uchun xizmat qiladigan vertikal kon lahimi.

Quduq – yer yuzasidagi yoki yer osti lahimlaridagi qidiruv yoki foydalanish maqsadida o‘tkaziladigan vertikal, gorizontal (ayrim hollarda qiya) kon lahimidir. Harakatdagi shaxtalarda quduqlar zahiralarni aniqlash, quritish, shamollatish, elektr ta’minoti, yog‘och matyeriallarni tushirish uchun xizmat qiladi.


Download 311,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish