Tozalash chuqurchasi – foydali qazilmani yalpi qazib olish bo‘yicha qilinadigan kon ishlari.
Konni ochishda foydali qazilma yoki tog‘ jinsini ko‘tarish, bog‘lash va tashish, matyeriallar va jihozlarni tushirish, kishilarni joylashtirish, lahimni shamollatish, quritish, suv qaytishining oldini olish, kabellarni va quvurlarni joylashtirish va shu kabi ishlar uchun xizmat qiluvchi yer osti kon lahimi ishlari o‘tkaziladi. Ochish lahimlari kapital qurilishga ajratilgan mablag‘ hisobidan, ko‘pincha maxsus shaxta quruvchi tashkilotlar kuchi bilan o‘tkaziladi.
Kon ishlari – kon lahimlarini o‘tkazish, mustahkamlash va ushlab turish bo‘yicha kompleks ishlar(jarayonlar).
Halq xo‘jaligidagi ahamiyatiga ko‘ra, lahimlar foydali qazilmalarni qidirishda va aniqlashda foydalaniladigan qidiruv lahimlari va konlardan foydalanish uchun ekspluatatsion (ishlatilish) lahimlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |