Nazorat savollari: Kuchlanish va reaktiv quvvatni boshqarish qanday bajariladi?
Liniya va transformatorlarda orqali reaktiv oqimi qanday kamaytiriladi?
Tizimli boshqaruvtartibi qanday bo‘ladi?
CHastota va aktiv quvvatni boshqarish qanday amalga oshiriladi?
MA’RUZA 10 CHastota o‘zgarishining elektr tarmog‘i va iste’molchilar ishlariga ta’siri. Reja: 1. CHastota o‘zgarishining elektr tarmog‘i va iste’molchilar ishlariga ta’siri.
2. Aktiv quvvat balansini buzilish sabablari.
3. Energiya tizimda quvvat etishmasligi.
CHastota o‘zgarishining elektr tarmog‘i va iste’molchilar
ishlariga ta’siri Elektr stansiya ishlab chiqarayotgan elektr energiya (yoki energiya tizimdan kelayotgan energiya) bilan iste’molchi qabul qilayotgan energiya oralaridagi muvozanat buzilsa, ta’minlovchi tarmoqda tok chastotasini og‘ishi hosil bo‘ladi. CHastotaning tebranishini asosiy sabablari bu iste’molchi tarkibida keskin o‘zgaruvchi, katta quvvatga ega bo‘lgan yuklamani mavjud bo‘lishi (masalan, prokat stanlari asosiy elektr yuritmalarining tiristorli o‘zgartgichlari). Bunday iste’molchilarning aktiv quvvatlari 0,1 soniyada noldan to maksimal qiymatgacha o‘zgaradi va bu holat chastota tebranishini katta qiymatlarda o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi.
Sanoat korxonalari tarmoqlariga chastotani og‘ishi salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ushbu holatda quvvat isrofi va kuchlanishni yo‘qotilishi kattalashadi. Ushbu holatda yuqori garmonikalarni pasaytirish uchun himoya reaktorlari bilan o‘rnatilgan kuch filtrlarirezonans holatini yuzaga keltirishi mumkin. SHuningdek chastotani qandaydir qiymatida reaktorzanjirida- kondensatorda υ chastotada kuchlanish rezonansi bo‘lishi mumkin. CHastotani yanada pasayishidan zanjir hamma yuqori garmonikalar manbai uchun sig‘im harakteriga ega bo‘ladi. Bu esa kondensator batareyalarini tok bo‘yicha o‘ta yuklanishdan ishdan chiqarishiga va tarmoqda yuqori garmonikalarni qayta taqsimlanishiga olib keladi.
CHastotani pasayishiga iste’molchilar ichida eng sezgiri, elektr stansiyalarning hususiy ehtiyoj iste’molchilaridir. CHastotani pasayishi issiqlik elektr stansiyalarining hususiy mexanizmlarini ishlashdagi samaradorligini, va shu tufayli agregatlarning quvvatini, va keyinchalik aktiv quvvat etishmasligi va chastotani pasayishiga (katta miqdorda) olib keladi. Bir qator mexanizmlarga chastotani ta’sir darajasi is’temol qilinayotgan aktiv quvvat orqali quyidagi ifodadan aniqlanadi:
R=αƒn,
Bu erda α- mexanizmni turiga qarab proporsionallik koeffitsienti;
ƒ- tarmoq chastotasi;
n-qiymati 0dan 4 gacha qabul qilingan daraja ko‘rsatgichi (n= 1 metal qirqadigan dastgohlar, porshenli nasoslar va kompressorlar uchun; n=2÷4 markazdan qochuvchi nasoslar va ta’minlovchi nasoslarni ishlash xarakteriga qarab).
CHastotaning kichik bir darajada o‘zgarishi ham elektr tarmog‘i va iste’molchilar ishiga ta’sir ko‘rsatadi. CHastotaning nominal qiymatdan pasayishi elektr tarmog‘idagi quvvat va kuchlanishning isroflarining ko‘payishiga, natijada chiqariluvchi mahsulotning kamayishiga olib keladi. CHastotani pasayishi kamayishining elektr iste’molchilari qabul qilayotgan quvvatlariga ta’siri har xil kechadi:
-elektr yoritgichlar, qarshilik pechlari, yoyli pechlar qabul qilayotgan quvvatlari chastota o‘zgarishi bilan deyarli o‘zgarmaydi;
-o‘zgarmas qarshilik momentiga ega mexanizmlar (metal qirqgich stanoklar, porshenli nasoslar, kompressorlar va b.) qabul qiladigan quvvat chastotaga mutanosib ravishda o‘zgaradi;
-tarmoqda hosil bo‘luvchi quvvat isroflari chastota kvadratiga mutanosib holda o‘zgaradi;
-ventilyatorli qarshilik momentiga ega mexanizmlar (markazdan qochuvchi ventilyatorlar, nasoslar va tutun suruvchilar) qabul qiladigan quvvat o‘zgarishi chastotaning uchinchi darajasiga mutanosibdir;
-markazdan qochuvchi juda katta qarshilikli statik bosimga ega tarmoqqa ishlovchi nasosolar (masalan, ta’minlovchi qozon qurilmasidagi nasoslar) qabul qiladigan quvvat miqdori chastotaning uchinchi darajadan yuqori bo‘lgan qiymatiga mutanosib o‘zgaradi.
CHastotaning o‘zgarishi televidenie va hisoblash texnikasida qo‘llanuvchi ulchov asboblari ishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Bir qator cho‘g‘lanish lampalari, qarshilik pechlariga chastotani o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatmaydi.
Elektr tizimida chastotani nominal qiymatdaushlab turishga katta ahamiyat beriladi, chunki katta og‘ishda stansiya uskunalarini ishdan chiqishi, texnologik jarayonini buzilishi, sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish yuzaga keladi.ΣRG>ΣRu dan chastotani o‘sishini generator quvvatini pasaytirib yoki bir qismini o‘chirib erishish mumkin. ΣRI>ΣRG xolatda chastotani pasayishini zahira quvvatni ulab yoki avtomatik chastotaviy yuksizlantirish (ACHYU) orqali amalga oshiriladi.
Hamma tartibda ham yuklamani o‘sishini qoplaydigan ma’lum bir zahira quvvati bo‘lishi kerak.
Energetika tizimidagi zarur quvvati quydagi zahiralardan tashkil topadi: yuklama, ta’mirlash, avariyali va halq xo‘jaligi yuklamani zahirasi balansdagi doimiy maksimaldan oshgan kutilmagan yuklamani o‘zgarishini qoplashga ishlatiladi.
Ta’mirlash zahirasi zarur bo‘lgan stansiya uskunalarini rejada ko‘rsatilgan doimiy va kapital ta’mirlash ta’minlashga ishlatiladi. Avariya zahirasi avariya sababli ishdan chiqqan uskunalarni almashtirishda ishlatiladi. Xalq xo‘jalik zahirasi rejalashtirilgan darajadan oshishi mumkin bo‘lgani qoplashga ishlatiladi.
Tizimni elektr stansiyalarida energiya zahiralaribo‘lishi kerak. IES da zahira yoqilg‘isi GES larda suv zahirasi. Agar stansiya zahirasi imkon bermasa, tizim chastotasi nominal qiymatga etmasi ACHYU qurilmasi tez ishga tushadi, kam javobgar iste’molchilarni o‘chirib, quvvat balansini tiklaydi.
Energiya tizimda quvvat etishmagan holda uning yuklamasini pasaytirish avtomatik chastotaviy yuksizlantirish (ACHYU) yordamida yoki energiya tizim xodimi tomonidan dastakka ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ma’lum bir iste’molchilarni tarmoqdan uzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu ish ta’minlovchi liniya (transformatorlar) liniyasida maxsus grafik - avariya grafigi (AG) bo‘yicha bajariladi. ACHYU qurilmalari energiya tizimda avariya holati ro‘y berganda quvvatga ehtiyoj kattaligida tizim yuklamasini pasaytiradi. ACHR qiymati yuklamaning kamida 50 % iga teng bo‘lishi kerak bo‘lib, qaysi yuklamalar qaysi hajmda va qaysi vaqtda, qaysi pog‘onada har xil chastotali avtomatlar yordamida o‘chirilishi ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Energiya tizim yukini dastaki ravishda xizmatchi tomonidan kamaytirilishi quvvat etishmagan hollarda amalga oshiriladi. AG bo‘yicha tizim yuklamasi 15 % gacha navbatma-navbat o‘chirilishi rejalangan bo‘ladi.
CHastota bo‘yicha yuklamani kamaytirish chastota bo‘yicha avtomatik ravishda qayta ulash bilan xamkorlikda bajarili-shi kerak. Bunda uzilgan iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.