Nazorat savollari.
CHastotani o‘zgarishi elektr tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Quvvat balansini buzilishi deganda nima tushuniladi?
MA’RUZA 11.
ZAUni qo‘llash. ACHYUni sxemali echimlari
Reja:
ZAU ni qo‘llash.
ACHYU ni sxemali echimlari.
CHastota qiymati pasayishi.
Zaxirani avtomatik ulash (ZAU) sanoat korxonalarini avtomatlashtirishni asosiy ko‘rinishi hisoblanadi.
U kirishda, seksiyadagi o‘chirgichlarda va kuch transformatorlarida ko‘zda tutiladi va tezda va hatosiz ta’minotni tiklashgaimkon beradi.CHunki bunda harakatlar qo‘l bilan bajarilmagani uchun hato qilish imkoni bo‘lmaydi.
Zaxirani avtomatik ulash qoidaga asosan barcha javobgar iste’molchilarda ko‘zda tutiladi.
I. Kotegoriyali iste’molchilarni ta’minlaydigan podstansiyalarda ZAU majburiy hisoblanadi. ZAU ni asosiy sxemasi seksiyadagi o‘chirgichlarni ulash hisoblanadi.
Zaxirani avtomatik ulash (ZAU) qurilmasi elektr iste’molchilarida elektr ta’minotida quvvat kamomati sezilganda qo‘llanadi. Iste’molchi tomonidan ACHYU uzgan yuklamani ZAU orqali zaxiralab ishda qoldirish ACHYU samarali ishlashiga putur etkazadi, oqibatda energiya tizimda avariya rivojini kuchaytiradi.
a) bitta ta’minlovchi markazli elektr ta’minoti;
b) ta’minlovchi markaz va taqsimlovchi tarmoq orqali
TM - ta’minlovchi markaz;
IN - iste’molchi podstansiya; MYU - muhim yuklamalar;
Iste’molchilar tarmog‘ida ZAU ni to‘g‘ri ishlatish ZAU ni ratsional ravishda joylashtirish va ZAU ishini ACHYU ishi bilan muvofiqlashtirish orqali ta’minlanadi.
Quyidagi rasmda eng sodda sxemaga ega elektr ta’minoti ZAU va ACHYU larni tanlash va joylashtirish tamoyillari ko‘rsatilgan.
Birini rasmda ZAU ni bir tomonlama xarakatli yo‘nalishda muhim yuklamalarni zaxiralashda (liniya 1 da) qo‘llash maqsadga muvofiqdir. ACHYU ni liniya 2, 3 larda ham qo‘llash mumkin.
ZAU ni bunday joylashtirish natijasida liniya 1 da avariya ro‘y berganda, liniya 2, 3 larda yuklamalar kamaytirilganda va ACHYU ishlaganda muxim yuklamalarni zaxirash ta’minlanadi.
Ikkinchi holat (b) - liniya 2 ning o‘tkazuvchanlik qobiliyati tegishli yuklamani tegishli tarmoqda zaxiralash imkonini bersa, hamda liniya taqsimlovchi punkti ACHYU ga qo‘yilmagan bo‘lsa ZAU ikki tomonlama xarakatlanuvchi bo‘lishi mumkin.
ZAU ni ishga tushirish shinann ayrim seksiyasi kuchlanishni nazorat qiladigan minimal kuchlanish relesi, yoki ta’minot uzilgandan so‘ng 0,2-0,1 sekundda chastotani pasayishdan ZAU harakatini ta’minlaydigan ushbu rele va chastota pasayishi relesi bilan birgalikda amalga oshiriladi. ZAU ni harakat vaqti iste’molchidan ta’minlash manbaiga qarab kamayishi kerak va yig‘ma shinadan zahiralangan qurilma ketgan liniyani himoya vaqti bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
ZAU ni samarali harakati, zahira ma’minlash manbaini etarlicha quvvatga ega bo‘lishi yoki tok bo‘yicha engillashtirish bo‘lsa, ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |