Ma’ruza 1 Elektr energiya sifatini ko‘rsatuvchi asosiy kattaliklar. Reja



Download 0,59 Mb.
bet15/18
Sana01.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#722095
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Сифат Маъруза 1

Nazorat savollari:
1. ZAU qaysi sharoitda qo‘llaniladi?
2. ACHYUning qaysi usullarini bilasiz?
MA’RUZA 12
YUqori garmonikalarning iste’molchi elektr jihozlari ishlariga ta’siri.
Reja:

  1. Nosinusoidallik tartibini elektr uskunalarining ishlashiga ta’siri.

  2. Elektr iste’molchilari energetika ko‘rsatgichlariga yuqori garmonikalarining ta’siri.

  3. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti.

Korxonalarni elektr ta’minotida yuqori garmonikalarning bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, zero bunda elektr yuritkich, transformatorlar va elektr tarmoqlarida qo‘shimcha quvvat isroflari bo‘lishi, kondensatorlar yordamida reaktiv quvvatlarni kompensatsiyalash qiyinlashuvi, elektr yuritkich va apparatlar izolyasiyalarining yomonlashuvi, avtomatika, telemexanika va aloqa vositalari ishlash darajasining pasayishi kuzatiladi.


Asinxron yuritkichlarni nosinusoidal kuchlanish bilan ta’minlanganda ularning quvvat koeffitsientlari va valdagi aylantiruvchi momentlari qiymatlari bir oz pasayadi.
Kuchlanish shaklining buzilishi elektr yuritkich va transformatorlarda izolyasiyaning ionizatsiya jarayonlarini paydo qiladi. Bu esa hajmiy zaryadlar paydo bo‘lishiga va keyinchalik ularni neytrallashuviga olib keladi. Zaryadlar neytrallashuvi energiya tarqalishiga, natijada o‘rab turuvchi dielektrikda elektr, mexanik va kimyoviy ta’sirlar bo‘la boshlaydi. Oqibatda izolyasiyada mahalliy defektlar paydo bo‘ladi va rivojlana boshlaydi, bu esa elektr puxtaligiga putur etkazib, dielektrik isroflarning ko‘payishiga va ishlash muddatining keskin pasayishiga sababchi bo‘ladi.
YUqori garmonikalarning ta’siri kodensatorlar batareyasida sezilarli tus oladi. Nosinusoidal kuchlanishda ishlayotgan kondensatorlar bo‘rtib shishishi va portlashi natijasida tezda ishdan chiqishi mumkin. YUqori garmonikali toklar bilan ishlayotgan kondensatorlar o‘ta yuklanib ishlaydi. Undan tashqari qaysidir bir chastotada rezonans tartibi paydo bo‘ladi va u ham kondensatorishlash muddatini kamaytiradi.
Tuzilgan GOST bo‘yicha kondensator batareyalari uzoq vaqt yuqori garmonikali toklar bilan 30 % dan ortiq yuklanmasligi zarur. Biroq bu holda uzoq foydalanish davrida kondensatorning ishlash muddati qisqaradi.
Elektr tarmog‘i kuchlanishining nosinusoidalligi kabellar izolyasiyalarining "qarishiga" olib keladi. Kabellarning sinusoidal va sinusoidal bo‘lmagan kuchlanishlarda ishlashi tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, hatto yuqori garmonikalar ni tashkil qilganda ham siljish toki (tok utechki) 2,5 yildan so‘ng o‘rtacha hisobda 36 % ga, 3,5 yildan so‘ng esa 43 % ga ortadi.
YUori garmonikali toklar elektr o‘lchov asboblarining o‘lchov aniqliklariga ham ta’sir etadi. Aktiv va induktiv energiyalarni o‘lchovchi induksion schetchiklar sinusoidal bo‘lmagan kuchlanishda 10 % gacha borib etadigan noaniqlik bilan ulchov ishlarini olib boradi.
YUqori garmonikalarning borligi ba’zi bir holatlarda kuch kabellarini ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha qo‘llashlikni amalga oshira olmaydi. YUqori garmonikalar telemexanikali qurilmalar ishini yomonlashtirib, hatto kuch zanjirlarini qo‘llashni mutlaqo ishlatish mumkin emasligiga olib keladi.
Nosinusoidallik ventilli o‘zgartgichlarning normal ishlashiga salbiy ko‘rinishda ta’sir etib, to‘g‘rilangan kuchlanish sifatini kamaytirib yuboradi.
Tarmoq kuchlanishida yuqori garmonikalarning bo‘lishi ularning er bilan tutashish toklari tartibida katta bo‘lishini, bu esa yoyni o‘chirish apparatlarini ishlash samaradorligini kamaytiradi. Tokni yuqori garmonikalari hisobiga kabellar tomirlarini tutashi hisobiga birinchi teshilgan joydagi bir fazali qisqa tutashuv ikki fazaliga aylanishi mumkin. SHunday qilib ta’minlovchi tarmoq kuchlanish egri chizig‘idagi yuqori garmonikalar kabel tarmoqlarini ishlash muddatni kamayishiga, avariya holatlarini ko‘payishiga, zarur ta’mirlashlar sonini ko‘payishiga ya’ni ularni ishlatish harajatlarini ortishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nosinusoidallik koeffitsienti 5-10% ga teng bo‘lganida kabellarda amartizatsiyaga ajratishlar va doimiy ta’mirlash xarajatlari 15-20% ga, KNS=10-25% da- 30% ga ortadi.
YUqori garmonikalar releli himoya qurilmalarini teskari ketma-ketlik toklari filtrlari ishlatishda noto‘g‘ri ishlab ketishini yuzaga keltiridi.
Kuchlanish egri chizig‘ini nosinusoidalligi ventilli o‘zgartirgichlarni ishlatishda salbiy ta’sir ko‘rsatadi, to‘g‘rilangan tokni sifati yomonlashadi.
Tok va kuchlanishni yuqori garmonikalari kondensatorbatareyalarini ishlashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat korxonalari ishlashi amalyotda shuni ko‘rsatadiki, kondensator batareyalari nosinusoidal tartibda ishlashida shishishi yoki portlashi mumkin. Kondensatorlarni ishdan chiqarishiga sabab ularni yuqori garmonika toklari bilan uta yuklanishi, elektr ta’minoti tizimida garmonikani biror chastotasida rezonans holatini yuzaga kelishidir. Kondensatorlarini nominal qiymatdan tok bo‘yicha 30% gacha, kuchlanishda 10% gacha o‘ta yuklanishga ruxsat etiladi. Rezonans holatini paydo bo‘lishidan tok bo‘yicha o‘ta yuklanish 400-500% ga etishi mumkin, chunki rezonans chastota toklari birinchi garmonikaga nisbatan katta miqdorga kattadir.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tizimida yuqori garmonikalar darajasini elektr ta’minoti tugunida nosinusoidallik koeffitsientini aniqlash uchun hisoblanadi.
Bunda elektr ta’minoti elementlarini yuqori garmonika toklari bilan yuklash tadqiqot qilinadi, iqtisodiy zarar hisoblanadi, shuningdek yuqori garmonikalarni kamaytirish uchun vositalar va uskunalarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi, uskunalar parametrlarini tanlash hisoblanadi.
YUqori garmonikalarni hisoblash uchun elektr ta’minoti tizimini almashtiruv sxemasi tuziladi, bunda ventilli o‘zgartirgichlar yuksiz quvvatli tok manbai sifatida ko‘rsatiladi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish