Elektr tarmoklarida kuchlanish nosinusoidalligini kamaytirish usullari.
Reja:
1. Elektr tarmoklarida kuchlanish nosinusoidalligini kamaytirish usullari;
2. YUqori garmonikalarinig filtrlari;
3. To‘g‘rilagichni ko‘p fazali ekvivalent ish tartibi.
Elektr tarmoklarida kuchlanish nosinusoidalligini kamaytirish usullari.
YUqori garmonikalar darajasini elektr ta’minoti tizimida chegaralashga elektr ta’minoti sxemasini ratsional tuzish, ko‘p fazali to‘g‘rilash sxemalarini qo‘llash va o‘zgartirgichlarni maxsus qonunlar asosida boshqarish, rezonans filtrlarni qo‘llash bilan erishiladi.
Nosinusoidallikni kamaytirishni eng oddiy usuli egri chiziqli yuklamani ko‘p cho‘lg‘amli transformatorni biror chulg‘ami ulangan seksiya shinasiga yoki reaktorga ulash. Egri chiziqli yuklama shinadagi ruxsat etilgan KNS qiymati faqat avtomatik tizimniishonchli ishlashi sharti va yuklamalarni o‘zi bilan aniqlanadi. Buning teskari ham bo‘lishi nosinusoidallikni ruxsat etilgan qiymatiga asosan, elektr ta’minoti tizimining tugunlari bo‘yicha egri chiziqli yuklamalarni tarqatish. Sxemalitadbirlarga shuningdek nochiziqli va boshqa yuklamalar ulangan umumiy nuqtada Q.T quvvatini oshirish. Quyida keltirilgan ifodaga asosan tarmoq Q.T quvvatini oshirish bilan yuqori garmonikalar darajasi elektr ta’minoti tizimi tarmoqlaridapasayadi.
Bu erda Xo‘zg=Uk(1+Kr/4) So‘zg/100Snom.t)-o‘zgartiruvchi qurilmaning induktiv qarshiligi;
Uk-transformatorning Q.T kuchlanishi%;
KR- transformator chulg‘amlarini bo‘linish koeffitsienti;
Snom.t - transformatorni nominal quvvati;
ϕ- o‘zgartirgichga berilgan o‘zgaruvchan kuchlanishni birinchi garmonikasi bilan birinchi garmonika toki orasidagi burilish burchagi 6 fazalito‘g‘rilash sxemalarida ishlatiladigan ikki chulg‘amli transformatorlar uchun Kr=0 va Xo‘zg= . 12 fazali sxemali o‘zgartirgichlarda ishlatiladigan uch chulg‘amli transformatorlar uchun Kr=UK(PK1-PK2)/UK,bu erda UK(PK1-PK2)- transformatorni ikkilamchi bo‘lingan chulg‘amlari orasidagi K.T kuchlanishi.
Bir nechta o‘zgartirgichlar parallel ishlaganida KNS (1) ifoda orqali aniqlanadi, bu erda So‘zg va Sq tegishli vaqtda ishlayotgan o‘zgartirgich va transformatorni quvvatlari yig‘indisi olinadi.
Asinxron ventilli kaskadli sxemali elektr yuritmaning kuchlanish egri chiziqg‘i shaklini buzish koeffitsientini quyidagi ifodadan baholash mumkin.
(2)
Bu erda So‘zg , Sq , ϕ parametrlari (1)- ifodadagi qiymtlarga ega; γ- ventilli o‘zgartirgichni kommutatsiya burchagi.
To‘g‘rilagich fazalar sonini kupaytirish. Fazalar sonini ko‘paytirish to‘g‘rilagich birlamchi tokini sinusoidaga yaqinlashtiradi va yuqori garmonikalar ancha pasayadi. Masalan, 6 fazali to‘g‘rilagichda ventil alregatida 5, 7, 11, 13, 17, 19, 23, 25 garmonikalar bo‘lsa 12 fazali sxemada faqat 11, 13, 23, 25 nchi garmonikalar bo‘ladi xolos. Xisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, bunda kuchlanish nosinusoidalligi 1,4 marta kamayadi. Fazalar sonining o‘sishi to‘g‘rilagichda yuqori garmonikalarni yo‘qotishning katta omillaridan biri hisoblanadi. Biroq bu qurilmalar o‘ta murakkablashib, qimmatlashadi va ishlash puxtaligi pasayadi. Hozirgi vaqtda 12 fazali to‘g‘rilagichlar keng qo‘llanilmoqda.
To‘g‘rilagichning ko‘p fazali ekvivalent ish rejimi. To‘g‘rilagich fazalar sonini ko‘paytirish, shuningdek, 6 fazali ventilli agregatlar guruhlari uchun ekvivalent ish rejimi hosil qilish yo‘li bilan ham amalga oshirish mumkin. Masalan, 12 fazali ekvivalent tartib xosil qilish uchun ikkita ko‘riksimon to‘g‘rilagichda transformator anodlar chulg‘amlari bittasining ulanish sxemasini uchburchak shakliga, boshqasini esa yulduz shakliga ulash kerak. Natijada transformatorlarning birlamchi chulg‘amlaridagi tartibdagi garmonikalar hosil bo‘lib, ta’minlovchi manbaga tartibdagi garmonikalar chiqadi xolos, qolgan tok garmonikalari transformatorlarning birlamchi chulg‘amlarida "o‘ralashib" qoladi.
To‘g‘rilashni fazalar sonini ko‘paytirishga o‘zgartirgich transformatorlarni kerakli ko‘p fazali o‘zgartirish tartibiga imkon beruvchi cho‘lg‘amlarini mahsus ulash, bunda har biri kam sonli fazali sxemaga ega. Ekvivalent ko‘p fazali tartib ko‘p hollarda birtransformatorni tizim cho‘lg‘amini yulduzga, ikkinchisini uchburchakga ulangan bir xil 6- fazali o‘zgartirgich asasida amalga oshiriladi.
Olti fazali o‘zgartirgich asosida 12 fazali to‘g‘rilash tartib sxemasi.
Ushbu holatda tarmoq tokida 5 inchi, 7inchi o‘zaro kompensatsiya qilingan garmonikalar bo‘lmaydi.
Ketma-ket va parallel ulangan bir yoki ikki ko‘priklio‘zgartirgichlarda tarmoq tokida bir nechta garmonikalarni yo‘qotadigan boshqarishni o‘ziga xos qoidalari qo‘llaniladi.
Ko‘priklari ketma-ket ulangan navbatma-navbat boshqariladigan ikki ko‘prikli to‘g‘rilanadigan sxema.
Bunday garmonikalarni pasaytirish sxemasi to‘g‘rilagichni boshqarish sxemasini murakkablashtiradi.
Garmonikalar darajasini ta’minlovchi tarmok imkoniyatlari orkali kamaytirish asosan elektr ta’minoti sxemasini ratsional sxema asosida bajarishga asoslanadi. Keng tarqalgan usullardan biri bu yuqori, ya’ni, 110-220 kV li kuchlanishga ega to‘g‘rilagich transformatorlarini qo‘llash va nochiziqli yuklamalarni alohida transformatorlardan ta’minlash yoki ularni uch chulg‘amli transformatorlarning alohida chulg‘amlaridan ta’minlashdir.
v) kondensator bo‘lmasida yuqori garmonika tufayli paydo bo‘luvchi quvvat yo‘qotishlari
Bunda Knev-e uchaskasida yuza effektini hisobga oluvchi koeffitsient;
Re- e uchaskasining qarshiligi.
SHuningdek, nochiziqiy yuklamalarga parallel ravishda sinxron va asinxron motorlarni ulash ham ko‘zlangan natijani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |