Ma’ruza 1: Beton to’ldiruvchilar texnologiyasi faniga kirish


Beton to’ldiruvchilarning rivojlanish bosqichlari



Download 33,54 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2022
Hajmi33,54 Kb.
#572204
1   2   3
Bog'liq
1- ma'ruza

Beton to’ldiruvchilarning rivojlanish bosqichlari.

Beton to’ldiruvchilarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo’llanmalar qo’yidagilar bo’lishi kerak: to’ldiruvchilar sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli to’ldiruvchilarni ko’plab ishlab chiqarishni tashkil etish, beton to’ldiruvchilarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng ko’lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish; to’ldiruvchilar hossalarini aniqlashda xomashyo mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo’llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo’llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko’lamda qo’llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor.


Beton to’ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish kun sayin o’sib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo’llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qo’llash.
Beton deb bog’lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to’ldiruvchilarning ma’lum proportsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialiga aytiladi.
TSement va to’ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi (avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). SHuning uchun to’ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish taqazo etiladi.
To’ldiruvchi sifatida asosan maxalliy tog’ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to’ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to’ldiruvchi betonning 85-90% ni, tsement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g’ovak sun’iy to’ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng ko’lamda qo’llanilmoqda. G’ovakli to’ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi.
Mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilgan sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar yoki g’ovak tog’ jinslarini maydalashda olinadigan yengil g’ovak to’ldiruvchilar keltiriladigan og’ir to’ldiruvchilarga nisbatan arzon hisoblanadi. Ularni betonda qo’llash yaxshi samara beradi.
SHu sababli g’ovak to’ldiruvchilarni qo’llashning iqtisodiy samadorligini boshqa yo’llarini ko’rib o’tamiz.
Agar g’ovak to’ldiruvchilar asosidagi yengil betonlar tashqi devorlarni qurishda ishlatilsa, u holda uning iqtisodiy samadorligi hisobi 1m2 devorning issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatlaridan kelib chiqib bajariladi. SHuni aytish mumkunki, to’ldiruvchi qanchalik yengil bo’lsa bunday to’ldiruvchili yengil betonning issiqlik o’tkazuvchanligi ham kichik bo’lib, u asosidagi devorning qalinligi yupqa va arzon bo’ladi.
G’ovak to’ldiruvchilarni konstruktsion betonlarda qo’llashda, ular asosida yuk ko’taruvchi konstruktsiyalar olishda samaradorlik hisobi bajariladi.
Konstruktsiyaning massasini kamaytirish orqali quyidagi iqtisodiy samadorlik yo’nalishlari ochiladi: transport harajatlari kamayadi; yig’ma konstruktsiyalarni montaj qilishda harajat kamayadi; kran vositalarida o’rnatiladigan yig’ma elementlar kattalashadi; pastki konstruktsiyalarga tushadigan yuk kamayadi; konstruktsiyaning yuk ko’tarish qobiliyati ortadi; egiluvchan konstruktsiyalarda kerakli yuk ko’tarish qobiliyatini saqlagan holda armatura sarfi iqtisod qilinadi va boshqa.
O’rtacha beton zichligining 10% kamayishi konstruktsiya tannarxini 3% arzonlashtiradi.
Yuqori mustahkamlikdagi yengil betonlarning zichligi 1700-1800 kg/m3 ular oddiy og’ir betonlarga nisbatan 25-30% yengil bo’ladi. Yuqori mustahkamlikdagi yengil betonlarni barcha turdagi g’ovak to’ldiruvchilar asosida olish mumkin.
Masalan, devor panellari ishlab chiqarishda keramzitni qo’llash yoki konstruktsion betonlarda agloporitni qo’llash yaxshi samara beradi.
Keramzit mustahkamligini oshirish uchun ko’pchish koeffitsientini kamaytirish kerak, faqat uning tannarxi o’zgaradi. Agar uyma zichligi 400 kg/m3 bo’lgan 1 m3 keramzit shag’alining tannarxini 100% deb qabul qilsak, u holda uyma zichlik 300 kg/m3 bo’lgan 1 m3 keramzit shag’alining tannarxi taxminan 20% ga kamayadi, agar uyma zichlik 500 kg/m3 bo’lgan 1 m3 keramzit shag’alining tannarxi taxminan 20% ga ortadi, uyma zichlik 700 kg/m3 bo’lgan 1 m3 keramzit shag’alining tannarxi ikki barobar ortadi.
Keramzit qanchalik og’ir bo’lsa, u shunchalik qimmatga tushadi. Buni shu bilan tushuntirish mumkunki, bir xil sarf xarajatda ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi ko’pchish koeffitsientidan ham kichik bo’lsa, u holda mahsulotning hajmi kamligi sababli 1m3 ga sarflangan harajat ham katta bo’ladi.
Keramzit va boshqa sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarni ko’pchitish orqali ishlab chiqarishda, boyitishda, xomashyoni qayta ishlash, qo’shimchalar kiritish kabi sarf xarajatlarni oqlaydi, qachonki bu barcha ishlar ko’pchish koeffitsientini oshirsa.
Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarning tannarxini korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish orqali kamaytirish mumkin.
G’ovak to’ldiruvchilarni tashishdagi qiyinchiliklarni mahalliy sharoitdan (temir-yo’l yoki avtotransport, tariflar va boshqa) kelib chiqib o’rganish kerak bo’ladi. Ko’pincha uzoq masofadan tayyor mahsulot emas, balki xomashyoni keltirish samarali hisoblanadi. Bu asosan o’ta yengil g’ovak to’ldiruvchilar uchun taaluqlidir. Masalan, 1m3 perlit yoki vermikulit tog’ jinslarini ko’pchitishda 10 yoki 20 m3 to’ldiruvchi chiqadi, shu sababli xomashyoni ishlatish joyiga olib kelish va ko’pchitish arzonga tushadi.
Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish takomillashgani bilan bir qatorda keramzit shag’alini ishlab chiqarishni rivojlantirishga bir tomonlama yondashilmoqda. Ya’ni konditsion gilli xomashyolar taqchil bo’lib, yuqorida keltirilgani kabi yaxshi ko’pchiydigan xomashyoni qo’llash keramzit olishda harajatlarni oqlaydi.
Keramzit olishda katta yoqilg’i sarfi kuzatiladi, yoqilg’ining aylanma pechlarda ishlatish koeffitsienti esa 30% dan ortmaydi. Aylanma pechdan chiqadigan issiqlikni xom granulalarni quritishda ishlatish ham ko’pincha bu muammoni yechmaydi. Keramzit va boshqa g’ovak to’ldiruvchilarni olishda sanoat chiqindilari kam ishlatiladi.
SHu sababli sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar ishlab chiqarish strukturasini sanoat chiqindilari, ayniqsa yoqilg’i tarkibli xomashyolardan olinadigan agloporit, shlakli pemza va boshqa to’ldiruvchilar ishlab chiqarish orqali yaxshilash mumkin.



Download 33,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish