Ma’ruza 1: Beton to’ldiruvchilar texnologiyasi faniga kirish



Download 33,54 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2022
Hajmi33,54 Kb.
#572204
  1   2   3
Bog'liq
1- ma'ruza


Ma’ruza 1: Beton to’ldiruvchilar texnologiyasi faniga kirish.

Reja:




    1. Beton to’ldiruvchilar texnologiyasining mohiyati.Fanning mazmuni va vazifalari.

    2. O’zbekiston Respublikasida to’ldiruvchilarni tutgan o’rni.

    3. Beton to’ldiruvchilarning rivojlanish bosqichlari.

Tayanch iboralar:sanoat chiqindi, energetika, resurs, xom ashyo, chang, ikkilamchi mahsulot, keramika, oxak, avtoklav materiallari


1.1. Beton to’ldiruvchilar texnologiyasining mohiyati. Fanning mazmuni va vazifalari


“Beton to’ldiruvchilar texnologiyasi” fanining asosiy maqsadi -. beton to’ldiruvchilari texnologiyasi fani mazmuniga yirik va mayda to’ldiruvchilar, beton to’ldiruvchilarning turlari, sun’iy g’ovakli to’ldiruvchilar bo’limlari kiritilgan.
Fanning vazifasi – uni o’rganuvchilarga: O’zbekiston Respublikasida beton to’ldiruvchilar texnologiyasi faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari; talabalarga beton to’ldiruvchilari texnologiyasi; beton to’ldiruvchilari sinflanishi va ularning tarkibi; beton to’ldiruvchilarini ishlab chiqarish usullari; beton to’ldiruvchilar xossalari,beton to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish texnologiyasi,beton to’ldiruvchilar asosida yengil betonlar tayyorlash bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o’rgatishdan iborat.

Beton to’ldiruvchilari texnologiyasi kursi ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq. Mamlakatimiz olimlari va injenerlari tomonidan beton to’ldiruvchilar texnologiyasini rivojlantirish, tabiiy va sun’iy to’ldiruvchilar, beton va temirbeton buyumlarini ishlab chiqarishda to’ldiruvchilarning o’rni, bu masalalarni hal qilishda beton to’ldiruvchilar olish, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va malakali kadrlar tayyorlashda muhim rolь o’ynaydi.




    1. O’zbekiston Respublikasida to’ldiruvchilarni tutgan o’rni.

Mustaqillik yillari davomida qo’llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O’zbekiston aholisi hayotida faravonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. SHu bilan birga rivojlanib kelayotgan Respublika jaxon hamjamiyati tomonidan tan olindi va o’z mavqeiga ega bo’ldi.
Demak, faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy intellektual va boshqa resurslarni import o’rnini bosuvchi va eksportga chiqarish mumkin bo’lgan qo’l ostimizdagi o’z zaminimiz xomashyosini qayta ishlash, ishlab chiqarish sohasini yaratishda ahamiyati kattadir.
Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O’zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda.
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bo’lgan shart-sharoitlar, huquqiy me’yorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va o’z investitsiyalari, kreditlarini ajratishmoqda. Ular kattagina miqdordagi investitsiya va kreditlarni ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi.
Respublika xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli o’rin egallaydi. Bu esa o’z xomashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish materiallari va uy joy konstruktsiyalariga bo’lgan yuqori ehtiyoj va malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi.
Respublikamizda temir-beton konstruktsiyalarini g’ovak to’ldiruvchilar asosidagi yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Toshkent arxitektura qurilish instituti professori L.M.Botvina va uning shogirdlari tomonidan Respublika xom-ashyo bazasi asosida sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar (keramporit, barxan qumlari asosida olinadigan yengil to’ldiruvchilar, kamporit, karboporit va boshqalar)ni ishlab chiqarishtexnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish va ulardan samarali beton va konstruktsiyalarini olish dolzarb vazifadir. Bular ma’lum miqdorda binolarni yengillashtirish masalalarini hal qiladi. Konstruktsiyalarini yengillashtirish armatura va tsement miqdorini tejashga, konstruktsiyalarni ko’ndalang kesimini kamayishiga va ularning oralig’ini uzaytirishga olib keladi.


    1. Download 33,54 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish