Ma’ruza -6 Bosh suyaksizlar kenja tipi. Reja



Download 0,52 Mb.
bet5/8
Sana10.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#653122
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Maruza matni

Ayirish sistemasi: Lantsetnikning ayirish sistemasi umurtqalilardan farq qiladi. Uning ayirish organlari nefridiylardan iborat bo’lib, ularning soni yuz juftgacha boradi. Ular xalqumning ustiga o’rnashgan, har ikki jabra yorig’iga bittadan nefridiy to’g’ri keladi. Nefridiylar to’g’ri burchak shaklida bukilgan kalta naylardan iborat. Ular bir qancha teshiklar (Nefrostoma) orqali gavda bo’shlig’iga va bitta umumiy teshik orqali jabra oldi bo’shlig’iga ochiladi. Lekin bu teshiklar (Nefrostomalar) tutash bo’lib ichi kanalli uzun hujayralar bilan qoplangan, bu kanalda tebranuvchi tukchalar bor, ular solenotsitlar singari tuzilgan, umuman lantsetnikning ayirish sistemasi xalqali chuvalchanglarnikiga o’xshash.
Urchish organlari: Sigment bo’lib joylashgan bir talay (26 juftga yaqin) jinsiy bezlardan iborat. Lantsetnik ayrim jinsli hayvon bo’lsada, uning erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari shaklan bir-biriga o’xshaydi va devori qalin pufakchalardan iborat bo’ladi. Jinsiy bezlarning alohida yo’llari yo’q, shunga ko’ra, yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy devori bilan gavda devori yorilishidan hosil bo’lgan yoriqlardan jabra oldi bo’shlig’iga tushadi, u yerdan suv oqimi bilan birga atriopor orqali tashqariga chiqariladi.
Embrionning rivojlanishi: Ona gavdasidan tashqarida urug’langan tuxum to’la va deyarli bir tekis bo’linadi, natijada sharsimon tipik blastula hosil bo’ladi. Keyinchalik blastulaning vegatativ qutbidagi katta hujayralar ichkariga botib kiradi va shu tariqa gastrula hosil bo’ladi. So’ngra gastrula bo’yiga cho’ziladi, gastropor kichrayadi va ektoderma ichkariga botib kiradi va keyinchalik nerv plastinkasi qo’shilib nerv nayini hosil qiladi.
Lichinkasi: Lantsetnikning lichinkalik davri 3 oy davom etadi. Lichinka dastlab suv betida hayot kechiradi va gavdasidagi kipriklar yordamida
suzib yuradi. Keyinchalik suvning tagiga tushadi. Lichinkaning og’zi rivojlanishning ilk stadiyalarida assimetrik bo’lib, chap tomonga joylashadi. Jabra yoriqlari ham assimetrik bo’lib o’sadi. To’la o’sib yetilgan lichinka asosan og’iz oldi varonkasining yo’qligi, jabra yoriqlarining ustida uzunasiga ketgan bittadan metaplevral burma hosil bo’ladi. Bu burmalar borgan sari o’sib, pastga osilib tushadi va nihoyat, hayvonning qorin tomonidan bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Metaplevral burmalarning eng oxirgi uchi teshik-atriopor bo’lib qoladi. Shu tariqa atrial bo’shliq hosil bo’lib, lantsetnikning jabra yoriqlari shu bo’shliqqa ochiladi. Atrial bo’shliq dastlab tor yoriqdan iborat bo’ladi, lekin lantsetnik voyaga yetganda bu bo’shliq ancha kengayadi.
Sistematikasi, tarqalishi va biologiyasi: Bosh skeletsizlar Atlantika va Tinch okeanlarining barcha dengizlarida tarqalgan, lantsetniklar boshqa 19 tur bilan birlashib O’rta dengiz va qora dengizdan hamda Atlantika okeani sohillarida keng tarqalgan brachiostomidae oilasini tashkil etadi. Amphioxidae deb ataladigan ikkinchi bir oila Hind okeani va Tinch okeanining ekvator zonasidagi chuqur suv ostida yashaydigan bosh skeletsizlarning bir qancha turi kiradi. Bosh skeletsizlarning barcha uch urug’i: Amphioxides, Assymetron va Heteropleura faqat lichinkalari emas, balki voyaga yetgan hayvonlarning ham assimmetrik ravishda tuzilganligi bilan harakterlanadi. Bu sistematik xususiyatlar lantsetnikning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar bilan birga hozirgi bosh skeletsizlarning kelib chiqishi haqidagi masalani hal qilishda katta ahamiyatga ega.
Bosh skeletsizlar kenja tipining vakillari mo’’tadil va iliq suvli Atlantika, Hind va Tinch okeanining barcha dengizlarida tarqalgan. Ular Qora va Yapon dengizlarida ham uchraydi. Lantsetniklar +17 S -30 S li va sho’rligi 20-30% bo’lgan suvlarda ko’proq uchraydi. Masalan: Qora dengizda ular may oyining oxiridan avgust boshigacha ko’payadi. Tuxumining diametri 0.1 mm gacha boradi. Lantsetnik tarkibida 80% gacha oqsil 2 % yog’ bor. Shuning uchun ham uni Osiyoning janubiy-sharqiy qirg’oqlarida yashovchi aholi oziq- ovqat mahsuloti sifatida ov qilishadi.1



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish