Mineral to‘ldiruvchilar. Xozirgi kunda mineral to‘ldirgichlarni ishlatish kengaymoqda. Keyingi vaqtlarda adabiyotlarda sintetik to‘ldirgichlar kuchaytirgichlar to‘g'risida yozilayapti ya’ni: kalsiy, magniy, rux, alyuminiy silikatlari, kalloid kremniy kislota va x.k. Vulkanizatni fizikaviy xususiyatlarini yaxshilanish tomoniga o‘zgartirsalar xam asosiy maqsad rezina maxsulotni tannarxini arzonlashtirish edi. Xamda tabiiy kauchuk asosida rangli rezina olish uchun qo‘llaniladi.
Rezinaning mexanik xususiyatlarini yaxshilovchi, to‘ldirgichlar- aktiv yoki kuchaytiruvchi deb ataladi. Ularni asosiy ko‘rsatkichlari — dispersligi, ya’ni zarrachalarning o‘lchami va nisbiy yuzasidir (udelnaya poverxnost).
Aniq bir darajagacha aktiv to‘ldirgichning kauchukdagi miqdori oshirilishi vulkanizatlarning mustaxkamlik xossalari yaxshilanadi. Lekin oshirish davom ettirilsa, cho‘zilishga chidamlilik, titilishga oshirilishga chidamlilik kamayadi. Aynan shu paytda qattiq va (modul) mustaxkamlik ortishi davom etadi. SHunday qilib elastomerlarni kuchaytirishga to‘ldirish optimumi mavjud - ya’ni maksimal mustaxkamlik ko‘rsatkichlari olinadigan to‘ldirgich miqdori.
Texnik uglerod. (Qurum, saja) Keng tarqalgan kuchaytiruvchi to‘ldiruvchilarga texnik uglerod kiradi (uglerodnaya saja - qurum, qorakuya).
Texnik uglerodni rezina qorishmasiga kiritilsa uning mustaxkamligi oshadi, ishqalanishga qarshiligi ko‘payadi.
Texnik uglerod — bu juda mayda poroshok xolatidagi moddadir. U ugleroddan tuzilgan va uglevodorodlarni yoqish usuli bilan olinadi. Texnik uglerodni quyidagi markalari mavjud:
DG- 100, PM - 50, PM - 75, PM - 50, PM-100, PGM – 33.
Qurum yengil bo‘lib, zichligi 1,80-1,90g/gm3, tor dispersli zarrachalar o‘lchami 28-240 mmk kuchaytirgich xisoblanadi.
Rezina aralashmalari plastifikatorlari. Polimerlarni modifi-katsiyalashda (xossalarini) asosiy usullardan biri bu plastifikatsiya usulidir. Bu jarayonning ma’nosi polimer xossasini uning quyi molekulali birikmalar — plastifikatorlar qo‘shilishi yordamida o‘zgartirishdir. Buning natijasida sistemaning qovushqoqligi, molekulani egiluvchanligi o‘zgaradi va qayta ishlashda, ekspluatatsiya qilishda elastik va plastikligini oshishiga olib keladi.
Rezina tayyorlashda plastifikatorlar ikki podgruppaga bo‘linadi: haqiqiy plastifikatorlar - bular kauchuklar bilan mos keladigan (sovmeshayushiesya) va bir-biri bilan aralashganda qovushqoqlik kamayish, shishalanish temperaturasi pasayishi va elastik xossasi yaxshilanishi hamda sovuqqa bardoshligi oshishini kuzatish mumkin.
Qayta ishlash jarayonini osonlashtiruvchi, oquvchanlik temperaturasini pasaytiruvchi, rezina qorishmasini qovushqoqligini kamaytiruvchi, lekin sovuqqa bardoshligiga ta’sir ko‘rsatadigan moddalarni yumshatuvchi (myagchiteli) deb ataladi.
YUmshatgichlar rezina qorishmada ingredientlarni bir tekisroq taqsimlanishini ta’minlaydi, aralashtirishda qizishni kamaytiradi shu bilan vaqtidan oldin vulqonlanishni oldini oladi, elektr quvvatini xarajatini kamaytiradi rezina qorishmalari tayyorlashda va unga ishlov berishda, cho‘kishni kamaytiradi, kalandrlashda, va shpritslashda formalashni yaxshilaydi, xamda (formalarda) qoliplarda vulqonlanishda, vulkonlanish boshlanishida rezina qorishmalari yumshoqlanish xaroratini pasaytiradi. YUmshatgichlar rezina qorishma komponentlari bilan reaksiyaga kirishish oqibatida vulqonlanishga tasir ko‘rsatadilar, vulkanizatlarning eskirishi va fizik-mexanik xossalariga xam. YUmshatgichlarni qo‘llash (ishlatish) rezina va rezina qorishmalarni xossalarini o‘zgartirishning eng qulay usuli.
Ko‘p miqdorda aromatik uglevodorodga ega moylar, ko‘p miqdorda parafin uglevodorodlariga ega moylarga nisbatan SK(M)S va SKD kauchuklari bilan mos keladi.
Odatda qo‘llaniladigan yumshatgichlarning ko‘p qismi polisulfid kauchuklari bilan mos kelmaydi. YUmshatgich sifatida xilma – xil organik moddalar qo‘llaniladi. Ularni quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin.
1. Neftdan olinadigan moddalar; 2. Tosh ko‘mirga qayta ishlov berishdagi moddalar; 3. O‘simlik moddalar; 4. Moyli kislotalar; 5. Sintetik yumshatgichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |