Komponentlarni sinflanishi. Rezina sanoatida ko‘llaniladigan ingredientlar yil sayin ortib bormoqda. Ularni ta’sir doirasi hamda rezina aralashmasi va vulkanizat hossasiga ta’sir etishga ko‘ra bir necha guruhga bulinadi.
1. Vulkanlovchi agent yoki vulkanlovchi modda.
2. Vulkanlash tezlatgichi.
3. Aktivatorlar.
4. Eskirishga qarshi qo‘shimcha protivostaritel.
5. Faol to‘ldiruvchilar, kuchaytirgichlar.
6. To‘ldirgichlar (nofaol).
7. YUmshatgich plastifikatorlar.
8. Bo‘yovchi qo‘shimchalar.
9. Maxsus maqsaddagi qo‘shimchalar.
Vulkanlash agentlar, tezlatkichlari va faollashtirgichlari. Vulkanlovchi moddalar (vulkanlovchi agent) vulkanizatning tarmoqlashgan setkali strukturasi hosil bo‘lishda ishtirok etadigan kimyoviy faol moddalardir. Hozirgi tabiiy va kupgina sintetik kauchuklarni vulkanlash uchun oltingugurt qo‘llanilmoqda. Ayrim hollarda selin bilan birga ishlatiladi.
Bundan tashqari metallar oksidi (rux, magniy, kaliy, qo‘rg’shin) organik birikmalar (di-va trinetrobenzol, dilzobirikmalar, xinonlar va ularning turdoshlari), ayrim polisulfidli birikmalar, perekislar va malsinimidlar kirishi mumkin.
Oltingugurt S - turli allatrop shaklda namoyon bo‘ladi. Sariq kristalli rombik tizimga ega bo‘lgan a - shaklli yoki rombik oltingugurt eng turg'un shakli hisoblanadi. Rombik Oltingugurt S kauchukda yaxshi eruvchan bo‘lib, suyuqlanish harorati 112,8 0C, zichligi 2,07 g/sm3. Oltingugurt S molikulasi halqa shakldagi sakkizta atomdan iborat.
Vulkanlash tezlatgichlari - vulkanlash jarayonini tezlatish va rezinani fizik-mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida, rezina aralashmalarga qo‘shiladi. Tabiiy kauchukni oltingugurt bilan tezlatgichsiz vulkanlashga 3-4 soat kerak; tezlatgich ishtirokida esa jarayon bir necha minut davom etishi mumkin.
Tezlatkichlarning texnologik xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Faolligi yani zarur fizik-mexanik va texnik kursatkichga erishish uchun vulkanlash vaqtini qisqartirish.
2. Tezlatkich tasirining kritik harorati va rezina aralashmalarni oldindan vulkanlashiga tasiri.
3. Vulkanlash platasiga tasiri: fizik-mexanik ko‘rsatkichlar kattali-giga tasiri.
Faolligi jihatdan tezlatkichlar: ultira tezlatkichlar, yuqori, o‘rta va qiyin tezlatkichlarga bo‘linadi.
Tabiiy kauchukni ultira faol tezlatkich bilan vulkanlash 140-150 o C da 5-10 min.
YUqori faol tezlatkichlar tiozol aloteks komta bilan 10-30 minut.
O‘rta faol tezlatkichlar guanidinlar bilan 30-60 min. davom etish mumkun.
Tezlatkich tasirining kritik harorati - tezlatkich bu haroratdan keyin o‘z faolligini namoyon qiladi. Eng kichik kritik harorat o‘ramda 105o C dan, eng yuqori kritik haroratga al’teks ega 126oC.
Tezlatkichlar ta’sirining kritik haroratlari 105oCdan 126oC gacha.
Tezlatkichlarni vulkanizatsiya platosiga ta’siri kauchukni turiga, rezina aralashmadagi miqdoriga, to‘ldiruvchilar miqdori va boshqa faktorlarga bog'liq.
Tiuram (tetrametiltiuramsulfid) formulasi qo‘yidagicha.
Ditiokarbamat (simat) ruhning dimetilditiokarbamat formulasi qo‘yidagicha.
KaptakCHing (merkaptobenztiozol) formulasi qo‘yidagi
AltakCHing (dibenztiozolildisulfid) formulasi qo‘yidagi
Sulfenamid (dibenztiozolilsulfendietilamid) formulasi quyidagi
Guanidin (Difenilguanidin (DFG) formulasi quyidagi
Tezlatkichlar ta’sir mexanizmi shundan iboratki. 1) Harorat ta’sirida S bilan ta’sirlashadi, uni yanada faol shaklga o‘tkazadi yoki tez parchalanadigan oraliq polisulfid birikmalar hosil qiladi.
2) Kauchuk bilan ta’sirlashib, polimer radikallar hosil qilish yo‘li bilan uning faolligini oshiradi.
Vulkanlash faollashtirgichlari. Ayrim metal oksidlari qo‘rg'oshin, rux, magniy, kalsiy va shu kabilar ishtirokida vulkanlash tezlatkichlari yanada o‘zlarining faolligini namoyon qiladi. SHuning uchun ham bu moddalarni vulkanlash faollashtirgichlari (aktivatorlar) deyiladi.
Faollashtirgichlar vulkanizatlarda ko‘ndalang bog'lar hosil qilish bilan strukturasini yaratadi va cho‘zilishdagi mustahkamligi va yirtilishga qarshiligini oshiradi. Ko‘pincha faollashtirgich sifatida rux oksidi kauchukka nisbatan 5 % miqdorda qo‘shiladi.
Ctearin, olein, palmitin yog' kislotalari ishtirokida metall oksidlari o‘z samarasini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |