Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta'minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketing – bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami faollashtirish uslublarini, tovarlami ishlabchiqarish hamda realizatsiyaqilish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini bozorda vujudga keladigan o'zgarishlarga tezda moslashish, iste'molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatdosh yangitovarlami vujudga keltirish vaulami ishlab chiqarishni tashkil etish, konyunkturani o'rganish vabashorat qilish hamda ta'sirchan rekiamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o'zoldiga maqsad qilibqo'ygan. Marketingfanixo'jalik yurituvchisubyektlamibozorda iqtisodiy maqsadlarga erishishquroli(ya’ni foydaoladiganbozorlarhissasigaerishish) sifatida qarashga alohida e'tibor beradi.
Ushbu fan raqobatni, iste'molchi xulq-atvorini, tovami sifati, uning raqobatbardoshligi, ragЪatlantirishni, rekiamani va bozomi chuqur o’rganadi.
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo'nalishi, balki ayrim firma, kompaniya va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir. Amerika va boshqa barcha xorijiy davlatlar adabiyotlarida keltirilgan marketing ta’rifida, uning konsepsiyasi bosh tamoyili — iste'molchiga, ya’ni "ayrim shaxslar va tashkilotlar ehtiyojini qondirishga” qaratilgandir. Qisqacha aytganda, marketingning ijtimoiy asosini insonlar ehtiyojini qondirishdan iborat desa bo’ladi.
Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo'yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar uchun marketing kursi, bozor faoliyatini metodologik asoslarini, korxonalaming bozordagi harakati va holatini, faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste'molchilami o'rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini o'rganadigan fandir.
Marketing fani keng qirradagi oily ma'lumotli iqtisodchilarni shakllantiradigan asosiy mutaxassislik fanlardan biri hisoblanadi. Marketingning boshvazifasitalabalaiga marketingni asosiyuslublarini hamda tamoyillarini o’rgatishdan iboratdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida so’nggi yillarda iqtisodiy islohotlaming eng muhim ustuvor masalasi etib bozor islohotlarini chuqurlashtirishvaiqtisodiyotni yanadaerkinlashtirishdan iborat deb belgilangan
Do'stlaringiz bilan baham: |