Marketing terminlarining leksik-semantik guruhlari


Vositachilik vazifasini bajaruvchi shaxsga oid marketing terminlari



Download 116 Kb.
bet4/5
Sana30.12.2021
Hajmi116 Kb.
#191356
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alijonova Durdona maqola

Vositachilik vazifasini bajaruvchi shaxsga oid marketing terminlari: autsayder, broker, dallol, makler, komissioner, komprador, kulise (kulisachi).

Autsayder – birja a`zosi sanalmaydigan broker.

Broker – inglizcha termin bo`lib, xaridorlar va sotuvchilarni bir joyda yuzlashtiruvchi mustaqil vositachi, jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblanadi.

Makler – savdo-sotiq jarayonida mustaqil vositachi hisoblanadi. Aynan ushbu ma`no jihatidan broker termini, shuningdek, o`zbekcha dallol terminlari bilan sinonimdek ko`rinadi. Lekin brokermaklerdallol terminlari alohida-alohida faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxslarni nomlab keladi. Makler asosan, uy oldi-sotdisida ishtirok etuvchi mustaqil vositachi bo`lsa, dallol maxsus bozorda ikki tarafni kelishtiruvchi shaxs, broker esa “tovar, valyuta, savdo birjalarida oldi-sotdi bitimlari tuzilishida vositachilik qiladigan ayrim shax yoki firma”2. Gof-makler – birja a`zolari orasidan ma`lum bir muddatga saylanadigan fond yoki tovar birjasidagi katta makler.

Komprador – koloniyalarda yoki rivojlanayotgan davlatlarda ham tashqi, ham ichki bozorlarda savdo-sotiqni amalga oshiradigan savdo vositachisi.

Komissioner – mahsulotlar olinishi va sotilishini ularga nisbatan mulkdorlik huquqlarini olmasdan turib amalga oshiruvchi ulgurji vositachi.

Kulise – o`zbekcha muqobili o`zakka –chi affiksini qo`shish bilan hosil qilingan bo`lib, kulisachi deb ham yuritiladi. Asosan, u birjada savdo shartnomalarini tuzadigan rasmiy hisoblanmaydigan birja vositachisi. Shuningdek, ayrim adabiyotlarda norasmiy makler nomi bilan ham qo`llanadi.

Keltirilgan terminlar izohidan ko`rish mumkinki, yuqoridagi terminlar bir ma`no doirasida birlashsa-da, lekin sinonimik qatorni hosil qilmaydi, ular alohida-alohida leksemalardir.

Narsani ifodalovchi marketing terminlari: display, doket, katalog, kupon, kupyura, leybl – tovar etiketkasi, margo va boshqalar.

Display – inglizcha so`z bo`lib, “qayta ko`rsatish” degan ma`noni bildiradi. Bu – nominativ xususiyati, motivatsion jihatdan esa matn yoki grafik ko`rinishidagi ma`lumotlarni elektronnurli asbob ekraniga chiqarish uchun mo`ljallangan qurilma. Marketingda display ma`lum bir mahsulotning reklamasi uchun muhim hisoblanadi. Displaylar avtomobil gavjum qatnaydigan joylarga, markaziy hududlarga o`rnatilgan bo`ladi.

Yuk – sof o`zbekcha termin bo`lib, qo`llanilish doirasi chegaralanmagan, qadimda ham, hozirda uste`molda faol bo`lgan termin. Ma`nosi – tashilayotgan tovar.

Kupon – bosma reklama, broshyura yoki katalog sahifasidagi javoblar uchun bir shakl. Shuningdek, kupon qimmatli qog`ozlarning bir turi. Qirqib olinadigan talon sifatida egasi unda ko`rsatilgan muddat ichida biron narsa mahsulotyoki xizmat olish huquqini beradi.

Jarayonni ifodalovchi terminlar: Imitatsiya, inflyatsiya, indent, ipoteka, mangonizatsiya kabilar. Ushbu terminlar marketingga xos jarayonni nomlash uchun qo`llanadi.

Faoliyatni ifodalovchi terminlar: baqollik, bozorchilik, kambizm, baketing, bessa, lobbizm.

Marketing yo`nalishlarini ifodalovchi terminlar: alohida shaxslar marketing, loteral marketing, micromarketing, makromarketing, direct marketing, test marketing, siyosiy marketing, sanoat marketing, tashkilot marketingi kabilar.

Pul birligini ifodalovchi terminlar:

Vampum, dollar, yevro, yevrodollar, “kanada”, nayra, ngultrum, lari, lev.

1.

Lari

Gruziya Respublikasi pul birligi nomi

2.


Lev

Bolgariyada muomalada bo`lgan, 1880-yilda joriy etilgan pul birligi



3.

Lempira

Gondurasda muomalada bo`lgan pul birligi


Download 116 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish