Mahsulot sifatini bildiruvchi terminlar: marketing sohasining obyekti mahsulot hisoblanadi. Shunday ekan, unga bog`liq terminlar ham talaygina: bayroqdor brend, bond, ideal mahsulot, brak, global mahsulot, gomogen mahsulot, zaif mahsulot, pakotil tovarlar. Yuqorida keltirilgan terminlar marketingning eng unumdor terminlari hisoblanadi.
Brend termini bilan tanishamiz. Dunyoning eng qimmat brend nomlari: Apple, Google va Coca-Cola kabilar. Brend nima? Brend – inglizcha brand: tamg`a, belgi kabi ma`nolarini bildiradi. U logotip emas, brend kompaniya strategiyasi, xodimlari, narx siyosati, raqobatchilardan farqlanishi, iste`molchilar uchun yaratilgan oxirgi nom. Demak, brend mahsulotning bozorga kirishida muhim hisoblanar ekan.
Marketing metodologiyasiga oid terminlar ushbu sohaning rivoji va o`rganilishida muhimdir: SWOT, STEP, armrestling, sempling.
SWOT – inglizcha abbreviatura bo`lib, quyidagi qismlardan tarkib togan: streingths – kuchli, weakness – kuchsiz, opportunities – imkoniyatlar, threates – xatarlar. Ushbu metod filologiya sohasida ham keng qo`llaniladi. Marketing sohasida esa korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va xatarlari aniqlanib marketing strategiyalari ishlab chiqiladi.
STEP – korxonaning tashqi makromuhitini tashkil qilishda qo`llaniladi. Social – ijtimoiy, technological – texnologik, economical – iqtisodiy, political – siyosiy so`zlarining bosh harflaridan shakllangan.3
Sempling – inglizcha termin hisoblanib, tovar bilan tanishtirish va uni tatib ko`rish imkoniyati havola etish maqsadida sotib oluvchiga proba namunalarini tarqatish vositasida mahsulot o`tkazish va sotishni rag`batlantirish metodi. Aynan marketingga xos termin.
Hujjat turini ifodalovchi hamda huquqiy terminlar: akt, ordonans, kontrakt.
Bozor turlarini ifodalovchi terminlar:
geogrefik joylashishiga ko`ra: mahalliy bozor, milliy yoki ichki bozor, mintaqaviy bozor;
faoliyat ko`rsatish darjasiga ko`ra: asosiy bozor, qo`shimcha bozor, samarasiz bozor, salohiyatli bozor, sust bozor;
mahsulot sotish turiga qarab: ulgurji va chakana bozor kabilar. Shuningdek, biryoqlama bozor, spot bozor, qimmatli qog`ozlar bozori, virtual bozor, valyuta bozori ikkilamchi bozor va boshqalar.
Ta`lim marketingi terminlari: ta`lim xizmati, bakalavriat, magistratura, kadrlar tayyorlash, ish beruvchi, iste`molchi, malakaviy sifat, bitiruvchilar ma`lumotlar banki, davlat granti, to`lov-kontrakt kabilar. Ta`lim tizimida marketing qanday ish olib boradi? Bunda talaba yoki magistrantni iste`molchilarga qanday holatda, qancha miqdorda va qanday saviyada yetkazish chora-tadbirlarini ko`radi.
Demak, marketing terminologiyasi o`zbek tilshunosligida leksik-semantik jihatdan tadqiq etilmagan, chunki soha va uning terminologiyasi yetarlicha tadqiq etilmagan. Ushbu maqolada esa qisman ana shu masalalarni yoritib berishga harakat qildik.
Tel: +998999761036
Do'stlaringiz bilan baham: |