55
Bozorda tovarlarni joylashtirish kontseptsiyasi nisbatan yangi nazariyalardan hisoblanadi.
Birinchi marta bu kontseptsiya 1979y.da El Rais va Djek Trautning “Joylashtirish: tasavvuringiz
uchun kurash” kitobida ko„rib chiqilgan.
Tovarni bozorda joylashtirish - bu tovar uchun bozorda o„ziga xos qulay o„rin yaratish,
firma tovarining raqiblar tovarlaridan farq qiluvchi xususiyatlarining tasvirini xaridor
xotirasida,tasavvurida qoldirish.
Agar ishlab chiqaruvchilarning barchasi bir xil xususiyatli tovarlar ishlab chiqaraversalar,
bir xil tovar yetkazish uslublarini qo„llayversalar, o„xshash servis xizmati ko„rsatsalar unda
iste`molchilar uchun barcha tovarlar bir xil bo‟lib kurinadi. Bunday vaziyatda xar bir ishlab
chikaruvchi raqibidan farklanishga intiladi va tovari uchun brend-neym, brend-imidj yaratishga
xarakat qiladi.
Tovarni bozorda joylashtirish tovarning o„xshash tovarlar ichidan ajratib ko„rsatuvchi
xususiyatlariga urg‟u berishdan boshlanadi. Bundan kelib chikib, joylashtirishning maksadi -
xaridorlarga tovar tanlovida yordamlashish va uning tanlovini o„xshash tovarlar ichida
engillashtirishdan iborat.
Bozorda tovarni joylashtirish jarayonini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
bozorni segmentlash mezonlariga asosan segmentlarga ajratish;
segment sig‟imini va uning istiqbollarini aniqlash;
raqobatchilar tovarlarining bozordagi o„rnini o„rganish;
o„z tovarlarining bozorda joylashtirish kontseptsiyasini ishlab chiqish va qo„shimcha sifat
ko„rsatkichlarini kiritish;
bozorda joylashtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash.
Bozordagi raqiblar tovarlarining joylashuvini o„rgangan firma 2 yo„lni tanlashi mumkin:
Birinchi yo„l - bozordagi biror raqobatchi yonida joylashish va bozor ulushi uchun kurash
boshlash. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
1)
firma raqibidan o„zib, uning tovaridan yaxshiroq tovarni bozorga chiqarishi mumkin,
2)
bozor ikki raqobatchini sig‟dirish darajasida katta,
3)
firma raqiblariga nisbatan ko„proq resurslarga ega.
Ikkinchi yo„l - ayni segment uchun hali bozorda mavjud bo„lmagan tovarni ishlab chiqish. Buning
uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
1)
tovar-yangilikni yaratish uchun etarlicha imkoniyat bo„lishi kerak,
2)
yangi tovarni sotib olishga rozi bo„lgan iste`molchilar etarli bo„lishi zarur.
Bozordagi raqobatchilarni o„rgangan firma marketing majmuini ishlab chiqish bilan
shug‟ullanishga o„tishi mumkin.
Xo„sh, qanday
Do'stlaringiz bilan baham: