3.8. Insonning id – ruhiy holatining kuchli tomoni
K. Alderferning ehtiyojlar nazariyasi eng keng tarqalgan mazmundor motivatsiya nazariyalaridan biridir. Ushbu nazariyalar ehtiyojlarning tuzilishini, ularning mazmunini, faoliyatga odamning motivatsiyasining bog‘liqligini izohlaydi.
Alderferning ERG nazariyasi
Alderfer Maslouning shaxsiy ehtiyojlarni iyerarxiya ko‘rinishida joylashtirish mumkinligi borasidagi fikriga qo‘shiladi. Biroq, u tomonidan taklif etilayotgan
iyerarxiya ehtiyojlarning uchta toifasini o‘z ichiga oladi hamda ERG nazariyasi deb nomlanadi:
E (existence) – mavjud bo‘lish ehtiyoji;
R (relatedness) – bog‘liqlik ehtiyoji;
G (growth) – o‘sish ehtiyoji.
Do'stlaringiz bilan baham: |