Marketing kommunikatsiyalari tizimi - 1) marketing tizimining tashki muhit bilan o‘zaro aloqalari jarayonida sub’ektlar (junatuvchi va qabul kiluvchi), vositalar, kanallar, to‘g‘ri (xabar) va teskari (qabul kiluvchining taxriri) aloqalar majmui;
2) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakl va vositalari majmui.
Marketing konsepsiyasi - 1) bozor munosabati sharoitlarida faoliyat ko‘rsatayotgan firma, tashkilot yoki shaxsning ish yuritish, tadbirkorlikni tashkil etish falsafasi; 2) korxonaning yakuniy maqsadi - daromad olish va iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun foydalaniluvchi marketing faoliyatining asosiy vositalari, qoida va goyalari tizimi. Atrofdagi aniq xolatga, bozor munosabatlari rivojlanish darajasiga qarab an’anaviy, ishlab chiqarish, savdo. Tovar, ijtimoiy va servis konsepsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |