tashabbuskorlik, ya’ni ijodiy yondashuvni amalga oshirish, tashabbus ko‘rsatish, yangi, noan’anaviy tadqiqot yo‘llarini izlab topish: marketing tadqiqotlariga to‘g‘ri kelmayd;
samaradorlik, ya’ni qo‘yilgan maqsadlarga erishish, natijalarni xarajatlar bilan taqqoslash.
Agarda marketing ko‘p hollarda intuitiv yondashuvdan muvaffaqiyat bilan foydalaniladigan bo‘lsa, marketing tadqiqoti ilmiy asoslangan faoliyat usullariga tayanadi. Marketing tadqiqoti fan sohasi sifatida o‘z predmeti va usuliga ega. Marketing tadqiqotining predmeti deb korxonaning bozordagi faoliyatini o‘rganishni, shuningdek, u bilan bog‘liq bo‘lgan bozor jarayonlari va hodisalarining har qanday baho va tahlilini hisoblash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |