Algoritm – ularni bajarish ko‘zda tutilgan natijaga olib keladigan, bir ma’noda tushuniladigan harakatlar yakuniy ketma-ketligi.
Shunday qilib, marketing tadqiqotining mohiyati bozor vaziyati va uning rivojlanishi, jumladan, kelgusi davrlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar xaqidagi ma’lumotlar to‘planishi, aks ettirilishi va tahlil qilinishidan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich mos keluvchi rahbar struktura tomondan qo‘yiladigan loyihalashtirish va tadqiqot o‘tkazish, shuningdek, tadqiqotchilik uslubiyatlari ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlarni aniqlashtirishdan iborat. Bu qatorga sifat va atributiv tahlil usullari ham kiradi. Tadqiqot strukturasi va ketma-ketligi ishlab chiqiladi. Mazkur bosqich marketing tadqiqoti umumiy modeli bilan bog‘laydi va marketing tadqiqoti metodologiyasini detallashtirish hisoblanadi. Tadqiqot loyihasi muammoli vaziyatni baholash uchun dastlabki tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Muayyan farazlar, tavsifiy va sabab tadqiqotlari ko‘rib chiqiladi, shundan keyin yakuniy tadqiqot o‘tkaziladi.
Marketing tadqiqotining usluiy kompleksida turli baholash va shkalalash usullari, shuningdek, statistik va ekonometrik usullar murakkablashib ketadi va bir- biri bilan bog‘liqlikda amal qiladi. Dasturlash va logistika usullari alohida o‘rin egallaydi. Boshqaruv faoliyatining o‘ziga xosliklari marketing-menejment, marketing matritsalarining imkoniyatlari keng qo‘llaniladigan qator uslubiyatlardan foydalanishga imkon beradi. Marketing tadqiqotida yechimini talab qilayotgan muammoni tadqiqotlar tilida ifodalangan tadqiq etishni talab qiluvchi muammoga aylantirish zarurati vujudga keladi.
Uchinchi bosqich marketing axborot tizimi va axborot bankini shakllantirish jarayonlari bilan ifodalaydi. G.A.Cherchillning fikriga ko‘ra, u marketing qarorlari tayyorlash va qabul qilish uchun muntazam, reja asosida axborot to‘plash, tahlil qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan usullar va jarayonlar yig‘indisini ifodalaydi. Mazkur bosqich axborot to‘plash va saqlash uslubiyatlarini, statistik va marketing kuzatuvi usullarini, so‘rovnoma uslubiyatini, yoppasiga va tanlab kuzatish usullarini, taqqoslash va jadval materiallari ishlab chiqish usullarini o‘z ichiga oladi. Marketing axborot tizimining rivojlanishi marketing tadbirlariga asos qilib olinadigan, mos
keluvchi dasturiy va apparat ta’minotiga ega qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Axborot banki ekspert tizimini, ya’ni ular oldiga qo‘yilgan muammoni yechish maqsadiga ega bo‘lgan marketing axboroti bo‘yicha mutaxassislar faoliyatining kompyuterlashtirilgan modelini qamrab oladi. Mazkur bosqichga, shuningdek, qaror qabul qilish tizimiga kiradigan dialog yoki til tizimini yaratish va undan foydalanish ham kiritiladi. U ma’lumotlar to‘plami bilan ishlashga imkon beradi va muayyan axborot ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi.
Eng murakkab va muhim hisoblangan to‘rtinchi bosqich hisob-kitob uslubiyatlari va modellar bankini shakllantirish hisoblanadi. modellar bankiga regressiya tenglamalari tuzish uchun foydalaniladigan barcha formulalar, dispersiya ko‘rsatkichlari, indikativ ko‘rsatkichlar qatori va h.k. kiradi. Bu qatorga, shuningdek, ma’lumotlarni tahlil qilishning barcha usul va shakllari, ko‘rsatkichlar tizimini qurish, materiallarni guruhlash va bir tizimga keltirish, statistik va ekonometrik modellar tuzish, marketing sxemalari yaratish, o‘zaro aloqalar, tendensiyalar va qonuniyatlarni aniqlash, bashorat tuzish usullari ham kiradi.
Beshinchi bosqichni yakuniy bosqich sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ushbu bosqichda umumiy xulosalar chiqariladi, o‘tkazilgan tadqiqotning qisqacha mazmuni keltiriladi. Bu yerda marketing tadqiqotining samaradorligi va mahsuldorligini baholash zarur. Natijalarni ifodalash, grafik, diagramma va sxemalar tuzish muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, marketing tadqiqoti dasturi va strukturasida tadqiqotning deyarli barcha asosiy jihatlari: tadqiqot konsepsiyasini ishlab chiqish, axborot bankini shakllantirish, marketing axborot tizimini yaratish marketinga ko‘zda tutilgan va ishga tushirilgan. To‘plangan materiallarni tahlil qilish, vaziyatli va boshqa modellar tuzish, bozor jarayonlarini bashorat qilish tadqiqotning eng muhim qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |